Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish


Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo’nalishi” bo’yicha amalga oshilayotgan ishlar



Download 23,11 Kb.
bet4/4
Sana31.12.2021
Hajmi23,11 Kb.
#252935
1   2   3   4
Ijtimoiy sohani rivojlantirish yo’nalishi” bo’yicha amalga oshilayotgan ishlar

Prezident qarori bilan 2021-2022-yillarda Toshkent viloyatining Parkent tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Qarorga koʻra, Angren shahrining “Nurobod” qoʻrgʻoni, shuningdek Oʻrtachirchiq tumanidagi “Baxt”, “Tosh DAU”, “A.Navoiy” va “Oʻrtasaroy” hududlarining 2-uchastkalari Parkent tumaniga oʻtkaziladi. Tumanda sanoat, qishloq xoʻjaligi, xizmatlar, servis va savdo sohalari, boʻsh turgan bino va inshootlardan samarali foydalanish boʻyicha 527 ta loyihalarning amalga oshirilishi va bu orqali 13 ming 192 ta yangi ish oʻrinlarining yaratilishi belgilangan.

Shuningdek, qaror bilan tumandagi investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan “bir soʻm” boshlangʻich qiymatda “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida auksion savdolariga chiqariladigan davlat mulki obyektlari (15 ta) roʻyxati tasdiqlandi.

Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan, xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlari va turmush darajasini oshirilmoqda;

Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini hamda har chorakda bajarilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga va Respublika ishchi guruhiga axborot kiritib borilishini ta’minlanmoqda;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga — tumanda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash tadbirlarini hamda Dastur doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga — ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetidan zarur mablag‘larni o‘z vaqtida ajratish va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish yuzasidan;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, investorlar hamda investitsiyalarni, ayniqsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish hamda tumanning eksport salohiyatini oshirish yuzasidan;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga — tumanda qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni o‘zlashtirish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qayta ishlash sohasini rivojlantirish yuzasidan;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev zimmasiga — tumandagi ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilgan, Parkent tumanida ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmatlar sifati hamda qamrovini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar ko'rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ikki oy muddatda Parkent tumanida Qurama tog‘ tizmasining (“Sanam” mahallasi) “Ovjazsoy” archazor hududi, Ugom-Chotqol tog‘ tizmasining (“Ko‘ksaroy” mahallasi) “Ertoshsoy” soyi bo‘yi hududi va Parkent daryosi bo‘yidagi (“Alisher” mahallasi) “Aqcha” hududida eko, agro, gastronomik va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish hamda yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” yo’nalishi bo’yicha amalga oshilayotgan ishlar

Parkent tumanida OAV vositalaridan biri hisoblangan tuman matbuot korxonasi mashxur bo’lib, “Parkent hayoti” gazetasi mustaqillik yillaridan beri har hafta o’quvchi qo’liga yetib bormoqda. Ushbu gazetada tumanda va O’zbekistonda sodir bo’layotgan yangiliklar, qonun loyihalari, e’lonlar va turli tanlovlar e’lon qilib boriladi. Gazetada maqola chiqarmoqchi bo’lgan havasmand ijodkorlarga qo’l haqi ham to’lanadi. Gazetaning asosiy o’quvchilar ziyoliylarni tashkil qilib, gazeta har hafta minglab adadda chop etiladi.

Tumanimizda IIB, prokrotura hodimlari, uchastka nazoratchilari doimo xalqning farovonligini ta’minlash maqsadida xizmat qiladilar. Parkent tumanida harbiy qo’riqlov, chegara qo’shinlarining ham xizmatlari katta. Ular uzluksiz xizmat qiladilar.

Parkent tumanida 31 ga yaqin millat va elat vakillari istiqomad qiladilar. Ularning aksar qismi o’z mahallalariga ega. Tumanda eng ko’p istiqomad qiluvchi millatlar o’zbek, rus, qozoq, qirg’iz, tojik, uyg’ur, tatar, koreys millatlaridir. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek tojik, qozoq, qirgʻiz, rus, tatar, ukrain va boshqa millat vakillari yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 24 kishi. Shahar aholisi 34,7 ming kishi, qishloq aholisi 43,4 ming (2002). Tumanda 4 ta qoʻshma korxona, 165 xususiy firma, ak-siyadorlik, masʼuliyati cheklangan jamiyat va kichik korxonalar mavjud. Parkent tumanida 6 shirkat, 3 yordamchi, 1 ja-moa, 526 fermer xoʻjaliklari bor. Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik yetakchi oʻrinda, bogʻdorchilik, chorvachilik, polizchilik bilan ham shugʻullaniladi. Jami ekin maydoni 26,04 ming ga. Shundan 12,5 ming ga yerga boshokli don, 249 ga maydonga poliz ekinlari ekiladi. 1625 ga pichanzor va 66,8 ming ga yer yaylov. Ugom-Chatqol milliy tabiat bogʻiga qarashli Oqangaron oʻrmon xoʻjaligi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 25,7 ming qoramol, 98,7 ming qoʻy va echki, 154,8 ming parranda boqila-di (2003). Parkent tumanida 53 umumiy taʼlim maktabi (18,2 ming oʻquvchi), qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyot kasb-qunar kolleji (245 oʻquvchi), 8 klub, musiqa maktabi, 28 kutubxona (333 ming kitob), 42 sport maydoncha-si, 3 yodgorlik monumenti mavjud. Ekologik jihatdan havosi toza bo’lgan Parkent tumanida asosan bog’dorchililik, dehqonchilik, chorvachilik, yilqichilik, pillachilik, savdo-sotiq, hunarmandchilik kabi mashg’ulotlar bilan band bo’ladilar. Parkent tumanida istiqomad qiluvchi millatlar asosan musulmon diniga va xristianlik diniga e’tiqod qiladilar. Har qanday din vakillari ahil va tinch hayot kechiradilar. “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali 2021-yil 14-may kuni boshlandi. Festival doirasida "Zakovat" intelektual o'yinlari ham bo'lib o'tib, unga tuman va shahar jamoalariga hokimlar sardorlik qilishdi. Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash bo'limi hamda "Mahalla” xayriya jamoat fondi hamkorligida 2021-yil 9-may Xotira va qadrlash kuni, muborak Ramazon hayiti munosabati bilan uzoq yillar tuman ravnaqiga munosib hissasini qo'shib kelgan faxriylar holidan xabar olindi. Hokimiyat, mahalla, xalq ta'limi tizimida ko'p yillar samarali faoliyat ko'rsatgan, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari Abdulla Qodirov, Jo'raqul Otaqulov, Ergash Xudoyberdiev, Toxir Omonov,Nazira Shomatova, Mashkura Qurbonova, Axrorxon Usmonov, Shoraxmat Shomatov, Xomit Isaev, Jo'ra Qurbonovlar xonadoniga tashrif uyushtirildi.

XULOSA 

Prezident tomonidan Harakatlar strategiyasida belgilangan ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid chora-tadbirlar aholi bandligini kafolatlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining muhtoj qatlamiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini yaxshilash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi. Natijada ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Yurtdoshlarimiz yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan islohotlarga befarq emasliklarini namoyon qildi. Natijada har jihatdan pishiq va puxta ishlangan hujjat qabul qilindi. Bu mamlakatimizni yanada rivojlantirishda va aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Harakatlar strategiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va demokratlashtirish, davlat xizmati tizimini takomillashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlash va ularning kasb malakasini oshirishga alohida e'tibor qaratayotgani o‘z ifodasini topgan. 

Harakatlar strategiyasida aholi, ayniqsa, ayollar, yoshlar bandligini ta’minlash, shu maqsadda tadbirkorlik, oilaviy biznes hamda hunarmandchilikni rivojlantirish, ayollar va qizlarning salomatligini mustahkamlash, ular orasida jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirish, shuningdek, keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, urush va mehnat fronti qatnashchilari, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb chora-tadbirlar ham qamrab olingan. O‘z navbatida, biz, xalq vakillari Strategiyada ko‘zda tutilgan maqsad hamda vazifalarni aholi keng qatlamiga etkazishimiz, uning mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirishimiz zarur. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan.  Qishloq joylarda arzon uy-joylar, suv va gaz ta'minoti quvurlari, bugungi talablarga mos zamonaviy yo‘llar qurish rejalashtirilgan. Aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash nazarda tutilmoqda.  Bu islohotlarning barchasi odamlarning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga, ertangi kunga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, ushbu vazifalarning izchil ijrosi mamlakatimizning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiyasi, eng muhimi milliy g‘oyamizda ilgari surilgan “Inson manfaatlari barcha narsadan ustun” degan hayotiy tamoyilning ro‘yobini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Parkent tumanida olib borilayotgan ushbu “Harakatlar strategiyasi”ning ijobiy tomonlari haqida so’z yuritish kerak bo’lganda hokimiyat tizimining barcha sohalarni tizimlashtirilgan holda tashkillashtirishi, ularni ijobiy tomonlama hal qilishini aytib o’tish kerak. Aholining turmush tarzini yaxshilash asosiy boshqaruv shakli hisoblanadi.

Parkent tumani innavatsion tumanlar ro'yxatidan joy oldi va shuni aytib o'tishim kerakki hozirda tumanimda judayam jadal tarzda qurilish ishlari olib borilmoqda. Aynan men yashaydigan Nurobod shaharchasi Parkent tumani markazi qilib olindi va bu haqida tegishli qarorlar qabul qilindi. Tumanimda amalga oshirilayotgan islohotlar tarkibiga kiritilgan, lekin hali butunlay erishilmagan rejalar : tumanni yuqori darajada yo’l loyihalarini ishlab chiqish, yerlarni asfaltlashtirish, aholining ma’lum qismini arzon-uyjoylar bilan ta’minlashda sifatli uy joylarni qurish va ularni taqdim etish, aholining bandlik darajasini oshirish. Ushbu rejalar hozirda amalga oshirilmoqda.



Tumanimizda so’nggi 5 yillikdagi o’zgarishlar aholining avvalgi holatidan ancha sezilarli tarzda ijobiy tomonga o’zgardi. Hozirda bir fuqaro sifatida ko’z o’ngimda Parkent tumanida judayam katta qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda nega deganda Parkent tumani innavatsion tumanlar ro’yxatiga kirgan. yuqorida aytib o'tganimdek aynan men yashaydigan joy Parkent tumani markaziga aylantirilmoqda. Bu say harakatlarga tegishli qarorlar bilan tanishib chiqdim va shuni aytishim mumkinki, tumanimizga aloqador bo'gan tegishli farmon va qarorlar amalga oshirish jarayonlari o'z faoliyatini davom ettirmoqda. Bu esa Harakatlar strategiyasi to'g'ri mexanizm asosida ishlayotganligiga dalil bo'la oladi.
Download 23,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish