Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari reja


Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash



Download 29,44 Kb.
bet5/11
Sana04.08.2021
Hajmi29,44 Kb.
#138127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH VA SUD HUQUQ TIZIMINI YANADA ISLOH

2.Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash

Fuqarolarning murojaatlarini o„z vaqtida xal qilish, murojaatlarini ko„rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo„lish xolatlariga yo„l qo„yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek buzilgan xuquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko„rish. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning xar tomonlama va jadal rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatning modernizatsiya qilish hamda xayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish borasida salmoqli say-xarakatlar olib borilmoqda.

Ushbu xarakatlarning muxim yo’nalishi sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017 yil yurtimizda ‘Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e‘lon kilindi va ushbu yilning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan xolda davlat organlarining fuqarolar bilan o’zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko’rib chiqish zarurligi ta‘kidlab o’tildi.

Shu o’rinda aytish joizki, 2016 yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab Bosh vazir, keyinchalik O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Mazkur qabulxonaga kilingan murojaatlar va ularning tezkor, sifatli xal etilishi jamiyatimizda shu paytgacha uchrab turgan murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo’lish xolatlariga keskin chek qo’yildi, desak, xech ham mubolag’a bo’lmaydi. Chunki, qisqa davr ichida mamlakatimiz xududining eng olis joylaridan tortib, poytaxtimiz Toshkent shaxrigacha turli-tuman masalalarda yig’ilib qolgan muammolar tezkorlik bilan xal etilmoqda. Fikrimizni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami 509122 ga murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlardan 436408 tasi ko’rib chiqilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan ‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risidagi farmoni ana shunday masalalarni xal etishning zamonaviy usullarini xayotimizga tatbiq etishni nazarda tutishi bilan ahamiyatli.

Shu maqsadda farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxrida, shuningdek xar bir tuman va shaharda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo’yildi.

Ta‘kidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini xal etish imkonini beradi, davlat xokimiyati va boshqaruvi, xo’jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi xokimliklar bilan fuqarolar o’rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratishga asos bo’ladi. Fuqarolarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to’laqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi. Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko’tariladi. Murojaatlarni e‘tiborsiz koldirish, ularning ‘yo’qolib qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi idoralarga qaytarib yuborish va boshqa shu kabi’ xolatlarning oldi olinadi.

Joylarda, tuman va shaharlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilishi fuqarolarning O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, Prezident devoniga, Xukumatga, davlat boshqaruvi organlariga, sud, xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy davlat xokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo’jalik boshqaruvi organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy hukuklarining suzsiz amalga oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda muxim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevralidagi



‘O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida’gi PF-4947- son Farmoni bilan tasdiqlangan ‘2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasini ‘Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili’da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatlariga katta etibor qaratilgan bo’lib, ushbu masala bo’yicha quyidagi vazifalar belgilangan:

Birinchidan, aholi bilan ochiq muloqot yo’lga qo’yishning yangi, samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish maqsadida 2017 yilning II choragidayoq ‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida’gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga qator o’zgartish va qo’shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Ikkinchidan, 2017 yilning I choragida barcha xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat organlari raxbarlarining virtual qabulxonalarini tashkil etish nazarda tutilgan. Xozirda ularning aksariyati virtual qabulxonalar tashkil etib, allaqachon o’z faoliyatini boshlab yuborgan.

Uchinchidan, xar bir davlat va xo’jalik boshqaruvi organida hamda maxalliy davlat xokimiyati organlarida murojaatlar bilan ishlash bo’yicha aloxida bo’lim tashkil etish va davlat organlari va muassasalarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutadigan Vazirlar Maxkamasi qarori loyixasini ishlab chiqish belgilangan.

To‘rtinchidan, murojaatlarning kelib tushish manzili, quyi tizimlarga yuborilganligi, ularning mazmuni, turi va ko’tarilgan masalalar klassifikatsiyasi hamda takroriy va anonim murojaatlar xisobi, ko’rib chiqish natijasi, belgilangan tartib va muddatlarga rioya qilinishi, intizomiy, ma‘muriy va jinoiy javobgarlik masalalari bo’yicha taxlillar olib borish maqsadida ‘Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari masul ijrochilar va sohalar bo’yicha taqsimlanishi hamda tizimlashtirilishini nazarda tutuvchi murojaatlarning yagona klassifikatori’ni ishlab chiqish va tasdiqlash, murojaatlarni ro’yxatga olish tizimi bo’yicha yagona elektron dasturni tatbiq etish ko’zda tutilgan.

Beshinchidan, aholiga xuquqiy masalalar bo’yicha tushuntirish ishlari olib borishni faollashtirish, xuquqiy maslaxatlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida keng targ’ib qilish maqsadida davlat organlari va jamoat tashkilotlari veb-saytlari orqali o’z soha faoliyatining yo’nalishlari bo’yicha ―Onlayn maslaxat‖ ruknini tashkil etish belgilangan.

Oltinchidan, fuqarolarning murojaatlari eng ko’p tushadigan sohalar, ulardagi to’siqlar, fuqarolarni o’ylantiradigan boshqa extiyojlarni aniqlash va bu boradagi muammolarni bartaraf etish maqsadida xar bir davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarida murojaatlar bilan ishlash axvolini xar chorakda umumlashtirish, davlat xo’jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati bo’yicha aholining fikrini o’rganish, ijtimoiy so’rov o’tkazish, shu jumladan, Internet tarmog’i orqali aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish tartibini kiritish nazar tutilgan.

Yuqoridagi chora-tadbirlar fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida xal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo’lish xolatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta‘minlash, shuningdek, buzilgan xuquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish uchun zarur tashkiliy va xuquqiy asoslarning yaratilishi mamlakatimizda fuqarolarning xuquq-erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytiradi, axolining adolat qaror topishiga bo’lgan ishonchini mustahkamlaydi, amaldagi qonunchilikka xurmatni oshishiga xizmat qiladi.




Download 29,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish