Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-xuquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar sud xokimiyatining fuqarolarning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat kildi. Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta‘minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xuquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan normativ-xuquqiy baza yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi ‘Sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi PF 4850-son Farmoni sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish sohasida davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur Farmon bilan sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiklanib, sudlarni yanada ixtisoslashtirish, shu jumladan ilgor xorijiy tajribani o’rganish asosida fuqarolik, jinoyat ishlari bo’yicha sudlar va xo’jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko’rib chiqish yo’li bilan ma‘muriy sudlarni tashkil etish bo’yicha zarur vazifalar belgilandi.
Sudyalarning vakolat muddati nisbatan qisqa ekanligi amaliyotda sudyalarning mustaqilligiga zarar yetkazish extimolini kuchaytiradi. Shunday xolatlar bo’ladiki, sudyaning o’z xizmat vazifalarini bajarishga printsipial yondashuvi sub‘ektiv baxolanishi uning nomzodini keyingi muddatga ko’rsatilmay qolishiga sabab bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ‘O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi to’g’risida’gi Farmoni bilan tasdiqlangan ‘Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili’ Davlat dasturining 2.1-bandida boshqa masalalar qatori sudyalarning mustaqilligi va beg’arazligi printsipining so’zsiz amal qilishini ta‘minlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Xususan, ‘Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili’ Davlat dasturining 2.1-yo’nalishida sudya lavozimida bo’lishning ilk marotaba 5 yillik, keyin 10 yillik muddatini va shundan so’ng muddatsiz davrini belgilash nazarda tutilgan.
Davlat dasturida nazarda tutilganidek, sudya lavozimida bo’lishning eng yuqori yoshini belgilash sud tizimida katta xayotiy va kasbiy tajribaga ega bo’lgan sudyalarni saqlab qolish va ularning saloxiyatidan yosh sudyalarni tarbiyalash hamda kasbga o’rgatish jarayonida keng foydalanish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yanada ko’tarish va sud xokimiyati mustaqilligini ta‘minlashga xizmat kiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo’yicha Oliy malaka komissiyasi negizida sud xokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish bu kengash faoliyatida sudyalarning faol ishtirok etishi, sudyalarning xuquqlari na qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha choralar ko’rish, sud xokimiyati mustaqilligini ta‘minlash manfaatlariga xizmat kiladi. Bu, o’z navbatida, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish borasidagi sud raislari vakolatlarining bekor qilinishiga olib kelib, natijada sudyaning sud raislari tazyiqisiz ishlarni xal qilishi va muayyan ishlarni mazmunan ko’rib chiqishda chinakam mustaqil bo’lishiga olib keladi.
Qisqacha aytganda Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi sudyalarning mustaqilligi na beg’arazligini ta‘minlash barobarida fuqarolarning xuquq va erkinliklari hamda ularning va yuridik shaxslarning qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi, odil sudlovni amalga oshirishdan ko’zlangan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini kengaytiradi.
‘Xabeas korpus’ institutini qo„llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish. ‘Xabeas korpus akt’ yuridik qoidasi dastlab XV asrda Buyuk Britaniyada paydo bo’lgan bo’lib, keyinchalik o’z taraqqiyoti jarayonida Angliya Parlamenti tomonidan 1679 yil 26 mayda qabul qilingan qonunda mustahkamlab qo’yilgan. Shuni aytish kerakki, ‘Xabeas korpus’ instituti inson xuquqi bilan bog’liq qator xalqaro xuquqiy xujjatlarda ham o’z aksini topgan. Xususan, 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasining 8-moddasida ‘xar bir inson unga Konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy xuquqlari buzilgan xollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu xuquqlarning samarali tiklanishi xuquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo’yilgan.
‘Xabeas korpus’ institutining O’zbekiston Respublikasi jinoyatlarni ko’rib chiqish protsessiga bosqichma-bosqich joriy qilinishi sudga qadar ish yuritishda fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan xuquq va erkinliklari daxlsizligini, ulardan sud qarorisiz maxrum qilishga yoki ularni cheklab qo’yishga xech kim xaqli emasligini mustaxkamlovchi konstitutsiyaviy printsipni to’liq amalga oshirish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi ‘Sud-xuquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarniig xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan tasdiklangan kompleks chora-tadbirlar dasturida ‘Xabeas korpus’ institutini qo’llash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish maqsadida pochta-telegraf junatmalarini xatlab qo’yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqini sudlarga o’tkazish nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida ‘xech kim qonunda nazarda tutilgan xollardan va tartibdan tashqari birovning yozishmalari sirini oshkor qilishi mumkin emas’. Pochta-telegraf junatmalarini xatlab qo’yish protsessual majburlov chorasini qo’llashning sud tartibi o’rnatilishi fuqarolarning ko’rsatilgan konstitutsiyaviy xuquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirib, sudga qadar ish yuritish bosqichida qonunda nazarda tutilmagan asoslar bo’yicha fuqarolarning yozishmalari siri oshkor qilinishining oldini oladi. Xatlab qo’yilishi mumkin bo’lgan pochta-telegraf junatmalariga barcha turdagi xatlar, telegrammalar, radiogrammalar, banderollar, posilkalar, pochta konteynerlari kiradi.
Murdani eksgumatsiya qilish eng nozik xarakatlardan biri bo’lib, u murdani ko’zdan kechirish, tanib olish, tekshirish yoki ekspertizaga namunalar olish uchun murdani qabrdan chikarib olish zarur bo’lgan taqdirda o’tkaziladi. Bu xarakatni o’tkazishda ba‘zan marxumning yaqinlari rozi bo’lmasligi, eksgumatsiya ularning roziligisiz o’tkazilgan-da ularga sezilarli manaviy zarar yetkazilib, turli nizoli xolatlar vujudga kelishi mumkin. Bu tergov xarakatini sudning ruxsati bilan o’tkazish tartibi belgilanishi eksgumatsiya faqat zarur xollardagina o’tkazilishini ta‘minlash bilan bir qatorda marxumning yaqinlari xuquqlarini himoya kiladi va turli nizolarning oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |