Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyatining muhim omili reja: "Qonun ustuvorligi" tushunchasi 2



Download 23,17 Kb.
bet2/2
Sana22.07.2022
Hajmi23,17 Kb.
#838205
1   2
Bog'liq
Qonun ustuvorligi

"Qonun ustuvorligi – huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat‘iyan hukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo'ysunish majburiyatidan xalos bo'lishi mumkin emas. Qonun oldida hamma barobardir. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq va normalarni buzganligi uchun javobgar bo'ladi" - deb ta‘kidlagan edi I.Karimov.
Qonun ustuvorligi – fuqarolik jamiyat barpo etishning asoslaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. Chunki, qonun ustuvorligi ta‘minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, urf-odati, an‘anasi, qadriyatlari, diniy e‘tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy hayotida barqarorlik ta‘minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun oyoq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik, zo'ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana shuning uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo'nalishini tashkil qiladi.
Ammo u oson ish emas. Chunki, demokratik jamiyatga o'tish jarayonida iqtisodiy sohada vujudga keladigan muammolar oddiy insonlardan tortib, to mansabdor shaxslargacha qonunni chetlab o'z iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-ma‘rifiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan harakatlar qilish jarayonini vujudga keltiradi. Bu salbiy jarayonlarning oldi olinmasa juda noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi tamoyilining ahamiyati juda muhimdir. Chunki Birinchi Prezidentmiz I.A.Karimov aytganlaridek, «huquqiy davlatning quroli ham, ko'zi ham, o'zi ham, qalqoni ham - qonundir».
Demokratik jamiyatda qonun ustuvorligi avvalambor demokratiyaga xos bo'lgan xususiyatlarni amalga oshirishni ta‘minlaydi, ya‘ni boshqacha qilib aytganda, qonun belgilagan har bir narsa majburiy yoki ta‘qiqlov xarakteriga ega va ushbu qoida jamiyatda istiqomat qiluvchi barcha shaxslarga taalluqlidir. Ya‘ni bu yerdan shunday tushuncha vujudga keladi, barcha qonun oldida barobardir.
Qonun ustuvorligining ahamiyati haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, xalqning manfaatlari, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, davlat ishini tashkil etish va shunga o'xshash boshqa masalalarda muhim ahamiyatga ega.
Qonun ustuvorligiga erishish uchun avvalambor ularni qabul qilish jarayonida puxta va mukammal qilib, jamiyatda kelajakda uzoq vaqt o'z foydasini bera oladigan darajada ishlab chiqish lozim. Bundan tashqari qonunlarni qabul qilish jarayonida shuni e‘tiborga olish lozimki, ya‘ni jamiyat, xalq ushbu qonunga ehtiyoj sezayaptimi yoki yo'qmi. Aynan shu masala ham qabul qilinadigan qonunning hayotda qay darajada jamiyatga naf keltirishi yo keltirmasligini belgilab beradi.
Qonun ustuvor bo'lgan jamiyatda noroziliklar ham bo'lmaydi, chunki barcha soha vakillari qonun asosida faoliyat yuritar ekan norozilik va tushunmovchilikning o'zi bo'lmaydi. Qonunlarning ustuvorligi jamiyatdagi barcha fuqarolar uchun shu jumladan, davlat xizmatida ishlovchi shaxslar uchun, shuningdek jamiyatdagi barcha sohalarga taalluqli bo'lganligi uning yanada mukammal tus olishigi olib keladi. Qonun ustuvorligi haqida so'z yuritganda uning ustuvorligini ta‘minlovchi davlat organlari haqida ham unutmasligimiz lozim. Chunki qonun qabul qilinishining o'zi bu uning jamiyatda o'z-o'zidan ustuvor xususiyatga ega degani emas, buning uchun davlat organlarining bu borada xizmatlari va mehnatlari talab etiladi. Qolaversa, qonunlarga itoat qilishda, uning ijrosini ta‘minlashga mas‘ul bo'lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga ―etalon‖ bo'lishlari lozim bo'ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan har bir kichik hatti-harakat nafaqat umumiy taraqqiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga ishonchining barbod bo'lishiga olib keladi. Shu ma‘noda ham qonun ustuvorligini ta‘minlashda fuqaroga qaraganda uning ijrosi uchun mas‘ul bo'lganlar ko'proq yetakchilik qilishlari talab etiladi. Qonunlarning har qanday shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoxud ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo'lishini real ta‘minlash orqaligina demokratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish mumkin bo'ladi. Uning amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos keladi.
Qonun ustuvorligini ta‘minlashning asosiy omillarini quyidagicha e‘tirof etish mumkin:
- qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil qonunlar yaratilishining garovidir;
- qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta, yuridik texnika nuqtai-nazaridan benuqson bo'lishiga erishish; - qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda ―qonunda ta‘qiqlanmagan hamma narsaga ruxsat beriladi‖ (fuqarolar uchun). ―Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi‖ (mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat‘iy amal qilinishiga erishish;
- qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo'ljallangan strategiyasini hamda qonun ustuvorligini ta‘minlash konsepsiyasini yaratish;
- qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e‘tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar (ta‘sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o'rganish;
- aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.
Qonun ustuvorligini ta‘minlash demokratik jamiyatni shakllantirishning asosiy vazifasi bo'lib hisoblanadi. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, avvalo qonunlar fuqarolarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki bilan ishlab chiqiladi, ularning xohish va irodasini o'zida aks ettiradi. Ammo ko'pgina qabul qilingan qonunlar real hayotga joriy qilinmasdan qog'ozda qolib ketadi. Bularning sababi:
Birinchidan, qonunni qabul qilish davridagi jamiyat taraqqiyoti darajasi bilan uni amalga oshirish imkoniyati o'rtasidagi nomutanosiblikning mavjudligidir;
Ikkinchidan, qonunlarni yaratishdagi mahorat va salohiyatning (professionalizm) yetishmasligidir;
Uchinchidan, fuqarolarning ham qonunlardan to'la foydalanishga salohiyati yetarli darajada bo'lmasligi. Ammo, nima bo'lganda ham qabul qilingan qonunlarga amal qilish hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Chunki, u nafaqat, huquqlar tizimi bilan, shuningdek mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-ma‘rifiy hayoti bilan bog'liqdir. Ularni o'zida ifodalagan qonunlarning ―ishonmasligi‖ yoki poymol qilinishi mavjud ekan, jamiyat hayotida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lmaydi.
Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uyg'un holatda amalga oshishining asosiy mexanizmi qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan amaldorlarga barobarligi, ularning qonunlarga so'zsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu tamoyilni shakllantirish O'zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda.
Qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning oyoq osti qilinishi, ulardan g'arazli maqsadlarda foydalanish qonunlarni obro'sizlantiradi, davlat va jamiyatning ma‘naviy asoslariga putur yetkazadi, xalqning noroziligiga, haqqoniy e‘tirozlariga sabab bo'ladi. Ayniqsa, fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya etilishi yoki rioya etilmasligi fuqaro – davlat munosabatlarining butun bir tizimdagi ijtimoiy adolat qoidalarining holatini belgilab beradi.
Shu o'rinda mahalliy hokimiyat vakillari to'g'risida alohida to'xtalib o'tish zarur. Zero, islohotlarni amalga oshirishda, joylarda adolat qoidalarini o'rnatishda ularning o'rni katta bo'lishi zarur. Buning o'rniga mahalliy hokimiyat vakillari, hatto hokimlar tomonidan inson huquqlarini buzish holatlari, afsuski sodir etilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi quyidagi uch holatda o'zining to'liq ifodasini topadi:
Birinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar adolat prinsipiga, inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy jihatdan asoslangan bo'lishi kerak.
Ikkinchidan, barcha qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar talabi barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat‘iy bajarilishi shart1.
Uchinchidan, barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo'lishi shart. Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo'lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.
2. Huquqiy demokratiyaga asoslangan jamiyatda qonun ustuvorligi prinsipini ta‘minlovchi asosiy shartlardan biri hokimiyatlar bo'linishi tamoyilining real joriy etilganligidir. Bu tamoyilga ko'ra qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bo'g'inlari o'zlarining Konstitutsiyada va qonunda belgilangan vakolatlari doirasida faoliyat yuritadilar. Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi davlat tuzilmalarining samarali ishlashi, suiste‘mollarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklari amalda ta‘minlanishi, umuman, demokratiya va qonun ustuvorligining muhim garovi hisoblanadi.
Davlat hokimiyatining taqsimlanish tamoyili, ya‘ni davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'linishi demokratik huquqiy davlatga xosdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyatning taqsimlanishi Asosiy qonun darajasida mustahkamlangan. Xususan, Konstitutsiyaning 11-moddasida: ―O'zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi-hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo'linishi tamoyiliga asoslanadi‖, deb belgilab qo'yilgan. Mazkur tamoyil davlat idoralari faoliyatining samarali bo'lishiga shart-sharoit yaratadi, ayni paytda, hokimiyatning suiste‘mol qilinishiga chek qo'yadi.
O'zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi oliy organi Oliy Majlis deb ataladi. Oliy Majlis oliy vakillik organi bo'lib qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Mustaqillik qo'lga kiritilgan dastlabki paytlardanoq O'zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarur edi. ―Bosqichma-bosqichlilik‖ tamoyiliga amal qilgan islohotchi-davlat ushbu jarayonni quyidagi bosqichlarda o'tkazdi: O'zSSR Oliy Sovetidan – mustaqil O'zbekistonning Oliy Sovetiga, undan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va yarimprofessional bir palatali parlamentdan – ikki palatali professional parlamentga.
Oliy Majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda ko'ppartiyaviylik va muqobillik asosida o'tdi. 250 ta deputatlik mandati uchun 634 nafar nomzod kurash olib bordi.
Parlament faoliyatini kuchaytirishga, shu jumladan, qonunchilik jarayonini to'la professionallashtirishga, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning sifatini oshirishga bo'lgan ehtiyoj – ikki palatali parlament tizimiga o'tishning asosiy sabablaridan biri bo'ldi. Dastlab bir palatali parlament – Oliy Majlis tashkil etilgan bo'lsa, keyinchalik davlat boshqaruvi sohasi modernizatsiyalashuvining mantiqiy davomi o'laroq Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (oliy palata)dan tarkib topgan ikki palatali parlament tashkil topdi. Ikki palatali parlamentga birinchi saylovlar 2004 yil 26 dekabrda o'tkazildi.
Bundan tashqari, taqsimlangan vakilliklarga ham ehtiyoj tug'ildi, ya‘ni quyi palatani partiyalar va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan shakllantirish (120 nafar), yuqori palatani joylardagi hokimiyat organlari vakillari (Qoraqalpog'iston, Toshkent shahri va viloyatlardagi deputatlarning mahalliy kengashlaridan 6 kishidan) va mamlakat Prezidenti tayinlaydigan 16 nafar senator bilan to'ldiriladigan bo'ldi (jami 100 nafar senator).
2008 yilda saylov qonunchiligiga kiritilgan o'zgartirishlarga binoan Qonunchilik palatasi deputatlari o'rinlarining soni 120 tadan 150 taga oshirildi. Shundan 15 tasi O'zbekiston Ekologik harakatidan va 135 tasi siyosiy partiyalardan saylanishi belgilab qo'yildi.
O'zbekiston Respublikasining ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to'g'risida‖gi Qonuniga binoan xalq deputatlari Kengashlariga ―saylov kuni yigirma bir yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan‖1 fuqarolar saylanish huquqiga egadirlar. Oliy Majlis umumdavlat ahamiyatiga ega oliy qarorlar qabul qiluvchi organ bo'lgani uchun ham Konstitutsiyada (77-modda) uning har ikkala palatasi – Qonunchilik palatasiga deputat va Senatga a‘zo bo'lib saylanish huquqini 25 yoshga to'lgan fuqarolarga berilishi mustahkamlandi.
Qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo'nalishi hisoblanadi. Birgina 1995-2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o'zgartish va qo'shimcha kiritdi, 130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi.
Hukumat bu – davlat boshqaruvining oliy organi bo'lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta‘minlaydi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi.
Turli mamlakatlarda hukumat turli nomlar bilan ataladi. O'zbekiston Respublikasida hukumat ―Vazirlar Mahkamasi‖ deb nomlangan bo'lib, ―O'zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to'g'risida‖gi Qonunga binoan u O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
2003 yil 29 - avgustda O'zbekiston Respublikasining ―O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida‖gi yangi tahrirdagi qonuni qabul qilindi.
Konstitutsiyaning 98-moddasi hamda yangi tahrirdagi qonunning 15- moddasiga ko'ra, Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarari ishlashi uchun shaxsan javobgar bo'ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, boshqacha qilib aytganda Vazirlar Mahkamasi Raisi funksiyalarining barchasini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan respublikada ijro etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to'g'risidagi konstitutsiyaviy qoida hukumat maqomi, uning alohida huquqlarini, tarkibini, qonun chiqaruvchi organlar, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o'zaro munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Hukumat Prezident, Oliy Majlis va sudlar bilan bir qatorda hokimiyatni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo'lish asosida davlat hokimiyatini amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o'zi tashkil etadigan xo'jalik boshqaruvi tuzilmalariga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan ishlashini ta‘minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o'z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O'zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatini hisobga olish prinsipiga asoslanadi. Respublikada yashovchi barcha millatlar manfaatlarini hisobga olish uchun o'z faoliyatini oshkoralik, insonparvarlik va qonuniylik asosida olib boradi.
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo'yilgan o'z tarkibiga ega. Unga ko'ra, Vazirlar mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, O'zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo'mitalarining raislari, davlat va xo'jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar.
Sud hokimiyati hokimiyatning uchinchi tarmog'i bo'lib, uning asosiy vazifasi odil sudlovni ta‘minlash va amalga oshirishdir. O'zbekiston Respublikasida sud hokimiyatiga rahbarlikni O'zbekiston Oliy sudi amalga oshiradi. Respublikamizda sud tarmog'i quyidagilardan tashkil topgan: jinoyat ishlari bo'yicha sud, fuqarolik ishlari bo'yicha sud, iqtisodiy sud va ma‘muriy sudlar. Respublikada sud organlarining faoliyati ―Sudlar to'g'risida‖gi Qonun asosida amalga oshiriladi.
Sudlar tomonidan davlat organlari huquqiy hujjatlarining Konstitusiyaga va qonunlarga mosligini nazorat qilinishi – sud organlarining vakolatlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar tomonidan chiqarilgan normativ– huquqiy hujjatlarning konstitusiyaviyligini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudiga yuklatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 109 – moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi qonunlarning va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat qarorlarining, davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga mosligini aniqlaydi.
Konstitusiyaning ushbu moddasida ko'rsatilgan normativ – huquqiy hujjatlarning Konstitusiyaga yoki qonunlarga mosligini umumiy yurisdiksiya yoki xo'jalik sudlari nazorat qilishga haqli emaslar. Ularning Konstitusiyaga mosligini aniqlash Konstitusiyaviy sudning mutlaq vakolatiga kiradi.
O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12 – moddasi «Davlat organining yoki fuqarolarning o'zini – o'zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish», deb nomlangan bo'lib, uning birinchi qismiga muvofiq «Davlat organlarining yoki fuqarolarning o'zini – o'zi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq bo'lmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxslarning fuqarolik hujjatlarini va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlarini bo'zadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin».
Sud huquqiy hujjatni haqiqiy emas, deb qaror chiqargan taqdirda, bu qaror hamma davlat organlari va boshqalar uchun ham majburiydir. Chunki Konstitusiyaning 114 – moddasida «Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir», deb mustahkamlab quyilgan.
Sud qaroriga ko'ra haqiqiy emas deb e‘lon qilingan huquqiy hujjat– yuridik kuchga ega emas.
Agarda biron–bir hujjatnining qonuniyligi to'g'risida sud qarori mavjud bo'lsa, o'sha hujjat yuzasidan fuqarolar yoki tashkilotlar sudga yana shikoyat qilishlari mumkin emas.
3.Qonunning ustuvorligi har qanday davlat va jamiyat hayotining muqaddas tamoyillaridan biridir. Qonunga og„ishmay itoat etilgan jamiyatdagina demokratiya qaror topadi va yanada mustahkamlanadi. Qolaversa, barcha demokratik institutlar, inson huquqi va erkinliklari qonun vositasi bilan joriy etiladi. Qonunda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o'zining ifodasini topadi. Qonunga itoatkorlik – bu yuksak madaniyatlilik, ma‘naviyatlilik, ma‘rifatlilik belgisidir. Qonunga itoatkorlikni insonning unga ko'r-ko'rona bo'ysunishi ma‘nosida tushunmaslik lozim. Qonunning maqsad va vazifalarini, ma‘nosi-yu, insonparvarlik ahamiyatini ongli ravishda tushunib olish, unga ixtiyoriy rioya qilishga va uning asosida faoliyat yuritishga yordam beradi.
Qonunlarga qat‘iy rioya etilishi jinoyatchilikning oldini olishning, qonun buzilishiga yo'l qo'ymaslikning zarur shartlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Qonunning kuchi, obro'si, ta‘siri, amaliy ahamiyati hayotda uning halol, haqiqiy, odilona tatbiq etilishidadir. Agar qonun ijrochilari burchlari va mas‘uliyatlariga xolisona odilona yondashib, to'g'ri yo'ldan toymay Vatan, davlat manfaati va taqdirini o'zlari uchun oliy maqsad deb hisoblab qonunlarni turmushga adolatli qo'llasalar, bundan davlat va jamiyat ham, xalq ham naf ko'radi.
"Qonun – ijrosi bilan kuchli" degan iboraga urg'u beradigan bo'lsak, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro etishda halollik va adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy maqsad, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi buyuk insoniy burch, yuksak mas‘uliyat bo'lmog'i lozim.
Demokratik huquqiy davlatni shakllantirish jamiyatda qonunning hukmronligini qaror toptirishni taqozo etadi. Chinakam huquqiy davlat barpo etmoq uchun mamlakatda adolatli, insonparvar demokratik qonunlar tantana qilmog'i lozim. Qonunning oliyligi davlat va jamiyat hayotining muqaddas prinsiplaridan biridir. Ijtimoiy siyosiy turmushda qonun muqaddas sanalib, uning yuksak nufuzga ega bo'lishining boisi shuki, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari o'zining ifodasini topadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, mamlakatda bozor munosabatlariga o'tishning O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan e‘lon qilingan besh prinsipi orasida qonunning hamma narsadan ustun bo'lishi va qonunga itoatkorlik prinsipi alohida o'rin tutadi. ―Chinakam demokratik jamiyatda Prezident ham, oddiy fuqaro ham qonunga rioya etadi. Boshqa iloji yo'q"
4. Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo'nalishlaridan biri bu - qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir.
Biz mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab islohotlarning mazkur yo'nalishiga alohida e‘tibor qaratganimiz bejiz emas. Ana shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko'lami, miqyosi va samaradorligi keyingi o'n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga ko'tarilganini ko'p-ko'p misollarda ko'rish mumkin.
Avvalo, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda bo'lgani kabi qatag'on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‘nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko'lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish, sudyalarning vakolatini to'xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan intizomiy ish yurituvni qo'zg'atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo'ldi.
Bundan tashqari, sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash, xususan, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan shug'ullanish vazifasi maxsus organ — O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo'yicha oliy malaka komissiyasiga yuklatilganini qayd etish lozim.

5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши. – Т.: Шарқ, 2003
2. Жалилов A. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти асослари. – Т. Baktria press, 2015.
3. Фуқаролик жамияти: 2016. Ziyonet.uz.
4. O'tamurodov A. va boshqalar. Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar lug'ati. T.: Turon-zamin-ziyo. 2017. 23 b.t.
INTERNET SAYTLARI
1. www.president.uz
2. www.ziyonet.uz
3. www.yoshlarittofoqi.uz
Download 23,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish