1. “Qonun hukmron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi”. Ushbu jumlalar muallifini aniqlang.
A) I.A.Karimov
B) SH.M.Mirziyoev
C) A.Temur
D) Farobiy
2. “Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim”. Yuqoridagi fikrlar Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asaridan olingan?
A) Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz
B) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir
C) Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir
D) “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”
3. Quyidagilardan bir-biriga mos javobni belgilang
1) Fuqarolik jamiyati fanining predmeti
2) Fuqarolik jamiyati fanining predmeti
3) Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti
a) fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.
b) bu mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning dunyo e’tirof etgan umumbashariy tamoyillariga asoslanadi.
c) bu jamiyat hamda jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalari. Rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-c, 2-b, 3-a
D) 1-a, 2-b, 3-c
4. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?
A) jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish
B) fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish
C) nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish
D) ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar bermaslik
5. Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etgan. U qachon va qaerda qabul qilingan?
A) Angliya, 1689 yil
B) AQSH, 1791 yil
C) Fransiya, 1789 yil
D) A va B
6. “O‘rta asr SHarq mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya qachon va qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan?
A) 2012 yilda Xorazmda
B) 2013 yilda Buxoroda
C) 2014 yilda Samarqandda
D) 2015 yilda Toshkentda
7. “Davlat arbobining aforizmlari” asari muallifini ko‘rsating.
A) Beruniy
B) Ibn Sino
C) Farobiy
D) Aristotel
8. Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. SHuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar. Ushbu qarashlar kimga tegishli?
A) Beruniy
B) Ibn Sino
C) Farobiy
D) Aristotel
9. Jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish axloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. Yuqoridagi fikrlar muallifini aniqlang.
A) Beruniy
B) Ibn Sino
C) Farobiy
D) Aristotel
10. Ideal davlat qurish jamiyat aholisining ma’naviy axloqiy ravnaqi bilan bog‘liq. Ma’naviy axloqiy qadriyatlarning yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi. YUqoridagi fikrlar muallifini toping.
A) A.Temur
B) Farobiy
C) Ibn Sino
D) Beruniy
11. Quyidagilardan qaysi birining fikricha, ijtimoiy munosabatlar bu - odamlar o‘rtasidagi tafovut va tengliksizlik natijasidir. Iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ko‘ra tengliksizlik – inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi.
A) Beruniy
B) Ibn Sino
C) Farobiy
D) Aristotel
12. U o‘zining qarashlarida davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda shu darajalarga muvofiq sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, «SHohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug‘iladilar va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega bo‘ladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va yumshoq bir ko‘ngil ato etadi, qolaversa yaxshi ish yuritish o‘quvi bilan ham siylaydi» deb ta’kidlagan. Gap kim haqida bormoqda?
A) Beruniy
B) Ibn Sino
C) Farobiy
D) YUsuf Xos Hojib
13. U amaldorlarni axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va insofni oyoq osti qiladigan kishilarni davlat ishlariga aralashtirmaslikni, davlatni boshqarishda kengash bilan olib borish, faoliyatlarni muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va sifatlari to‘g‘risidagi qarashlari bilan ahamiyatlidir. Gap qaysi mutafakkir qarashlari haqida bormoqda?
A) Beruniy
B) Ibn Sino
C) Farobiy
D) Nizomulmulk
14. Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan?
A) Buyuk Britaniyada
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) AQSHda
15. Qaerda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan?
A) Osiyoda
B) AQSHda
C) G‘arbiy Evropada
D) YAponiyada
16.. Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga xos ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan.
A) Buyuk Britaniyada
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) AQSHda
17. Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib boraveradi. YA’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. SHu sababdan qaysi davlatlarda mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi?
A) AQSH, Buyukbritaniya, Germaniyada
B) AQSH, Germaniya, Avstraliyada
C) Germaniya, Buyukbritaniya, Avstraliyada
D) AQSH, Buyukbritaniya, Avstraliyada
18. Quyidagi qaysi davlatning ijtimoiy siyosiy hayotida davlatning roli jamiyat hayotini barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. SHu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi?
A) Buyuk Britaniyada
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) AQSHda
19. Quyidagi qaysi davlatlarda shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga ko‘ra davlat kuchli bo‘lsagina, shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi. Ya’ni, davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik shaxs erkinligidan ham ustun qo‘yiladi?
A) Germaniya, Fransiya, Yaponiya
B) AQSH, Buyukbritaniya, Germaniya
C) AQSH, Germaniya, Avstraliya
D) YAponiya, Buyukbritaniya, Germaniya
20. Quyidagi qaysi davlatda fuqarolik jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning muhim maqsadli ob’ekti sifatida e’tibor qaratiladi?
A) Buyuk Britaniyada
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) AQSHda
21. ... muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishida fuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o‘zaro aloqada bo‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.
A) Buyuk Britaniyada
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) AQSHda
22. Quyidagi qaysi davlatda fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida baholanadi. SHuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy mexanizmlar asosida tartibga solinadi
A) YAponiyada
B) Fransiyada
C) Germaniyada
D) AQSHda
23. Qachon Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mitaning kichik bo‘limi (Fuqarolik faolligi bo‘yicha kichik qo‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish tavsiyalarini bajarishga ko‘maklashish hamda o‘z yo‘nalishidagi qonun loyihalari va tashabbuslarini muhokama qilish kiradi.
A) 2000 yilning mayida
B) 2001 yilning mayida
C) 2002 yilning mayida
D) 2003 yilning mayida
24 . ... bir tarafdan jamiyatda shaxsning oliy darajada mustaqilligini, ikkinchi tarafdan esa kishilarning jamiyat hayotidagi ishtirokida namoyon bo‘ladigan yuqori darajadagi birdamlikni nazarda tutuvchi qarashlar majmuini ifoda etadi. Nuqtalar o‘rniga mos javobni belgilang.
A) Fuqaroviylik
B) Vatanparvarlik
C) Siyosiylashish
D) Milliylik
25. Quyidagilardan fuqaroviylikni ifoda etuvchi muhim jihatlar qatorini ko‘rsating.
1) fuqaroning o‘z haq-huquqlarini tushunishi va uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi
2) boshqa fuqarolarning haq-huquqlarini hurmat qilish
3) fuqaroning o‘z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarligi
4) davlat va jamiyat oldida o‘zining huquqiy va axloqiy mas’uliyatini anglash
5) fuqarolarning tengligi
6) yuksak ma’naviy-axloqiy mezonlarga asoslangan holda ijtimoiy voqelikka nisbatan ob’ektiv va tanqidiy yondashuv
7) hokimiyat bilan, boshqa fuqarolar va jamoat birlashmalari bilan ijobiy muloqot yuritish qobiliyati
8) bir mamlakat, jamiyat va davlatga, shuningdek unga tegishli huquqiy, madaniy va til makoniga mansublikda ifodalangan fuqaroviy o‘zlikni anglash
A) 1,2,3,5,6,7,8
B) 1,2,3,4,5,7,8
C) 1,2,3,5,6,7,8
D) 1,2,3,4,5,6,7,8
26. Fuqaroviylikni faollik nuqtai nazaridan shartli ravishda qanday darajalarga ham ajratish mumkin?
1) fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar
2) fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar
3) faol fuqaro
A) 1,3
B) 1,2
C) 2,3
D) 1,2,3
27. Agar fuqaro mas’uliyatli, ongli va vijdonli bo‘lsa u dastlabki pog‘onada bo‘lsa faollik nuqtai nazaridan qanday darajaga kiritish mumkin?
A) fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar
B) fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar
C) faol fuqaro
D) barcha javoblar to‘g‘ri
28. Agar fuqaroda atrofda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan ma’lum bir munosabati shakllangan bo‘lsa uni faollik nuqtai nazaridan qanday darajaga kiritish mumkin?
A) fuqaroviy pozitsiyasiga ega bo‘lgan shaxslar
B) fuqaroviy xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar
C) faol fuqaro
D) barcha javoblar to‘g‘ri
29. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qaysi moddasida “Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas” deb belgilab qo’yilgan.
A) 25-moddada
B) 26-moddada
C) 27-moddada
D) 28-moddada
30. Qonun Qonunchilik palatasi qo’mitalari tomonidan tayyorlangandan so’ng uning yalpi majlisida muhokama etilib, tasdiqlangandan so’ng o’n kundan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. Senat ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kun ichida yuboriladi. Prezident ushbu qonunni necha kun ichida imzolashi va e’lon qilishi mumkin.
A) 39 kun
B) 49 kun
C) 59 kun
D) 45 kun
31.. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi qanday nomlangan?
A) Davlat suvereniteti.
V) Konstitutsiya va qonunning ustunligi.
S) Xalq hokimiyatchiligi.
D) Tashqi siyosat.
32. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 15-moddasining birinchi qismiga muvofiq:
A) O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi so‘zsiz tan olinadi.
V) O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi tan olinadi.
S) O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
D) A va V
33. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq:
A) Birorta ham qonun Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
V) Birorta ham qonun osti hujjatlari Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
S) Birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
D) Birorta ham qonun yoki bo‘yruq Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.
34. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 15-bandiga muvofiq:
A) Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
V) Konstitutsiyani buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Bosh vazir o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
S) Qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini viloyat hokimi o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
D) Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan hokimlarni Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
35. O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1993 yil 2 avgustda
V) 1993 yil 2 sentyabrda
S) 1993 yil 2 dekabrda.
D) 1993 yil 2 mayda.
36. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 2002 yil 12 avgustda
V) 2002 yil 12 dekabrda.
S) 2002 yil 12 sentyabrda
D) 2002 yil 12 noyabrda.
37.Saylov kodeksi qachon qabul qilingan?
A) 2019 yil 25.06
B) 2019 yil 25.07
S) 2019 yil 25.08
D) 2019 yil 25.010.
38. Saylov kodeksi nechta moddadan iborat?
A) 103
B) 106
S)128
D) 104
39. Oldindan ovoz berish saylovga qancha muddat qolganda boshlanadi?
A)8 B) 7 S)3 D) 10
40. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nechta deputat bor?
A) 135 B) 120 S) 250 D) 150
41. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi qaysi
davlat tan olinadi?
A) Shumer B) Akkad
C) Ossuriya D) Xett
42. Korrupsiya so‘zining ma’nosi keltirilgan javobni belgilang.
A) buzmoq
B) sotilmoq
C) suiste’mol qilmoq
D) aldamoq
43.Mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va
huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq
qoidalariga zid ravishda foydalanishi jinoyatchilikning qaysi turiga kiradi?
A) firibgarlik B) korrupsiya
C) tovlamachilik D) sudxo‘rlik
44.Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata
ishlatiladi. Gap qaysi atama haqida bormoqda?
A) senzura B) ambitsiya
C) korrupsiya D) plyuralizm
45.Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining qaysi asarida korrupsiyaning
O‘zbekistonning o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi
mumkinligini bayon qilgan edi?
A) “Ona yurtimiz baxtu saodati yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”
B) “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”
C) “YUksak ma’naviyat engilmas kuch”
D) “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari”
46. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning qaysi asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning “O‘zbek modeli” va uning nazariy masalalari yoritilgan?
A) “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”, “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”
B) “Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz”, “YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi”
C) Istiqlol yo‘li: Muammolar va rejalar, “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, “O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”
D) “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”
47. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” – qisman … modeliga o‘xshab ketadi. Nuqtalar o’rniga mos javobni belgilang.
A) Xitoy B) Yapon C) SHved
Do'stlaringiz bilan baham: |