Qon tomirlar fiziologiyasi


ARTERIAL TOMIRLARDA QON BOSIMI



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana11.01.2022
Hajmi0,71 Mb.
#340804
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
2-Lekciya 3f3d04177a1a3ffb2fe598821bd96e03

ARTERIAL TOMIRLARDA QON BOSIMI 

Sistolik,  diastolik,  puls  va  o’rtacha  bosim. 

Arteriyalarning  asosiy 

vazifasi  qonning  kapillyarlardagi  uzluksiz  xarakatini  taminlash  uchun  doimiy 

bosimni hosil  qilishdan iborat. 

Arteriyalardagi  bosim  (R)  yurak  qisqarishi    natijasida  arteriyalarga 

chiqadigan  Qon  hajmiga  (Q)  va  mayda  arteriyalar,  arteriolalar  hamda 

kapillyarlarda  qon      oqimi  uchratadigan  qarshilikka  (R)  bog‘liq    .  Bu  bog‘lanish 

oddiy tenglama R= Q- R bilan ifodalanadi. 

Arteriyalardagi qon   bosimi doim bir xilda turmay, o‘rtacha bir miqdordan 

ko‘tarilib  -tushib turadi. Qonli usulda qayd qilingan    bosimning egri chizig‘ida 

bu o‘zgarishlar uchxil to‘lqin shaklida kuzatiladi. 

Birinchi tartibdagi tulqinlar hammadan  ko‘p    bo‘lib, yurak qisqarishiga 

bog‘liq      bo‘ladi  (38-rasm).  Xar  bir  sistola  vaqtida  ma‘lum    miqdordagi  qon 

arteriyalarga  chiqib,  ularning  elastik  cho‘zilishini  oshiradi.  Qorinchalar  sistolasi 

vaqtida  aorta  va  o‘pka    artsriyasiga  keladigan  qonning  miqdori      ketadigan  qon 

miqdoridan  ko‘p    bo‘ladi, shuning uchun ularda qon   bosimi ko‘tariladi. Diastola 

vaqtida  qorinchalardan  arterial  tizimga  qon      chiqishi      to‘xtaydi,  yirik 

arteriyalardan  qon      oqib  ketishda  davom  etadi,  arteriyalarning  cho‘z  ilishi 

kamayadi  va  qon      bosimi  pasayadi.  Sistola  natijasida  arteriyalarda  bosimining 



ko‘tarilishi  sistolik  bosimni  ifodalaydi.  Diastola  vaqtida  bosimning  pasayishi  esa 

eng  kam  yoki  diastolik  bosimni  ifodalaydi.  Sistolik  bosim  bilan  diastolik  bosim 

orasidagi  farq,  yani  bosimning                  o‘zgarish  amplitudasi  p u l s bosimi,,  .deb 

ataladi. 

Puls—-bosimi  yurakka  yaqin

 

arteriyalarda  eng  yuqori.  Yurakdan 

o‘zoqlashgan  sari  puls  bosimi  pasaya  boradi,  yani  sistolik  va  diastolik  bosimlar 

orasidagi  farq  sekin-asta  kamayadi.  Arteriola  va  kapillyarlarda  qon  bosimining 

puls  to‘lqinlari  yo‘q  ularda  bosim  turg‘un  bo‘ladi,  sistola  va  diastola  vaqtida 

o‘zgarmaydi. 

Sistolik, diastolik va puls bosimidan tashqari,o‘rtacha bosim ham  tafovut 

qilinadi. O‘rtacha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim o‘rasidagi miqdor 

bo‘lib, qonning uzluksiz xarakat energiyasini ifodalaydi. Markaziy, yirik arteriyada 

o‘rtacha bosim diastolik bosim va puls bosimining yarmi yig‘indisiga teng:  

Periferik 

arteriyalarda 

o‘rtacha 

bosim 


diastolik 

bosim 


va puls bosimining  uchdan biri yig‘indisiga teng: 

 

Rur=ro+~~Ch—size\2.

sh odamning ko‘tariluvchi aortasida sistolik bosim 

simob  ustunining  120  mm  ga  teng,  diastolik  bosim  esa  —80  mm.  Bunda  puls 

bosimi 40 mm s. u., o‘rtacha bosim esa 80 mm+^^=100 mm s. u. ga teng bo‘ladi.  

Aortaning ko‘krak qafasidagi va qorin bo‘shlig‘idagi soxalarida bosim sal 

kamayadi.  Arteriyalarning  oxirgi  tarmodlarida  va  arteriolalarda  esa  qon  bosimi 

keskin pasayadi va arteriolalarning oxirida 30—35 mm s. u. ni tashkil qiladi.  

 Qon  bosimining  egri  chizigida  puls  to‘lqinlaridan  tashqari,  nafas 

xarakatlariga bog‘liq   ikkinchi tartibdagi to‘lqinlar ham  kuzatiladi; shuning uchun 

ularni  nafas  to‘lqinlari  deyishadi:  nafas  olganda  qon  bosimi  pasayadi,  nafas 

chiqarganda esa ko‘tariladi.. 

 Qon  bosimining  egri  chizig‘ida  bazi  uchinchi  tartibdagi  to‘lqinlarni  kuzatish 

mumkin.  Ularning  kelib  chiqishi  tomirlarni  xarakatga,  keltiruvchi  markaz 

tonusining  o‘zgarishiga bog‘liq  . 




Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish