Betob bo’lib , botib g’amga Malakali tibbiy xizmat
Yotib qolsk nogahon Ko’rsatadi shifokor
Shifokorlar tez yordamga Elga xizmat – oily himmat
Yetib kelar shu zamon Degan ko’hna naql bor.
17- bola:Maktab bu- qutlug’ dargoh,ta’lim tarbiya maskani. Davlatimiz tomonidan yosh avlodning bilim olishi uchun maktablarda barcha sharoitlar yaratilgan. Faqat endi biz mehnat qilishimiz,darslarni yaxshi o’zlashtirishimiz kerak.
18- bola:41-modda.Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Ona maktab quchog’ida Intilamiz maqsad sari
Bepul ta’lim olamiz. Hali dovrug` solamiz
Yurtboshimiz ardog’da Istiqlolning farzandlari
Komil inson bo’lamiz. baxtli bolamiz
“ Maktabim ” qo’shig’ ijro etiladi.
19- bola: 47-modda. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlarni bajaradilar.
20- bola: Vatan mustaqilligini mustahkamlashda har bir shaxs o’z hissasini qo’shishni oily burch deb hisoblaydi.Bu ishga o’quvchilar ham o’z bilimi, yaxshi xulqi, odobi bilan hissasini qo’shadi.
1- bola:Respublikamiz Konstitutsiyasining
52-moddasida:Vatanni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir, deb belgilab qo’yilgan.Vatanni himoya qilish bu o’z onasini, oilasini, uyini, xalqini himoya qilish demakdir.
Tabarruk ona tuproq Ulg`ayib eng oldingi
Bag’ishlaydi kuch bizga Saflardan joy olamiz
Shu Vatanni asramoq- Mardona qasamyodga
Eng muqaddas burch bizga Mangu sodiq qolamiz
o’g’il bolalar ijrosida raqs.
2- bola: Bizni o’rab turgan olam-borliq juda ham ajoyib, sirli tuzilgan. Barchamiz tabiat qo’ynida yashaymiz. Chunki bizni o’rab turgan barcha narsalar tabiatniki. Ona tabiatni ko’z qorachig’iday asrashimiz lozim.
3- bola: 50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar.
4-: bola Oila ota-onadan boshlanadi.Ota-onalarimiz bizga bor mehrlarini berib, g’amxo’rlik qilmoqdalar.Biz hali voyaga yetmaganmiz,lekin ota-onaning oldida har farzandning juda ko’plab burchlari mavjud. Eng asosiysi, farzandlar o’z ota-onasiga mehribon bo’lishi kerak.
Ko’zlarida mehr bor, so’zlarida sehr bor,
Beshik ustida bedor-mehribon onaizor.
Oq yuvib, oq taragan, yo’limizga qaragan,
Ko’nglimizga qaragan-mehribon onaizor.
Ota- oila suyanchi, tog’dek ulug’ tayanchi,
Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor.
Sog’-salomat yursinlar, kamolimiz ko’rsinlar,
Ertaga ham bo’lsinlar baxtimizdan baxtiyor.
5- bola: 66-modda.Voyaga yetgan, mehnatga g’amxo’rlik qilishga majburdirlar.
Jonajon onajon! Bor bo`ling doim siz
Mehribon otajon! Ulg`ayib albatta
Siz hayot berdingiz, Bir umr xizmatta
Bol, novvot berdingiz. Bo`lamiz begumon
Quyoshim, oyimsiz, Otajon, onajon!
Boshlovchi : Aziz bolajonlar! Biz sizning baxtli, saodatli bo’lib voyaga yetishishingizni istaymiz.Chunki Siz O’zbekiston deb atalmish hur o’lkada yashab ulg’aymoqdasiz. Vatanimizning munosib farzandlari bo’lish uchun yaxshi o’qishingiz, ko’p narsalarni bilishga harakat qilishingiz kerak. Mustaqil O’zbekistonimizning kelajagi siz barkamol avlod qo’lida.
Do'stlaringiz bilan baham: |