Qomusimiz – baxtimiz!
I.Kirish:Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarda Konstitutsiya haqida tushuncha hosil qilish.O`quvchilarni og`zaki nutqini, fikrlash qobilyatini rivojlantirish.O`quvchilarni o`z haq-huquqini bilishga undash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori: Qonunimiz- qomusimiz
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar : mavzuga oid rasmlar, davlatimiz ramzlari, Konsitutsiya kitobi.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:Tashkiliy qism:O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.O`quvchilarni guruhlarga ajratish.
II.Asosiy qism:Madhiya kuylanadi.O`qituvchi - bugungi mashg`ulotimizda 8-dekabr Konstitutsiya kuni haqida suhbatlashamiz.
Sizda Konstustutsiya nima?-degan savol tug`ilishi mumkin. Har bir mamlakatda bir muhim kitob bor. Bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilalar.Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir.Har bir mamlakatning o`zining qonun-qoidalari bo`ladi.Ularga o`qituvchi,o`quvchi,ishchi yoki nafaqaxo`r bo`lishidan qat`iy nazar barcha bo`ysunishi lozim.Bu qoidalar qonunlar deb ataladi.Qonunlar davlat tomonidan o`rnatiladi.Konstitutsiyada xalqimizning huquq va burchlari belgilab qo`ilgan.Masalan:biz dam olish,o`qish,mehnat qilish,bepul bilim olish,bepul tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarga ham egamiz.Maktab mulkini,sinfdagi jihozlar:stol,stul,parta,eshik,derazalarni asrab-avaylashimiz ham burchimiz hisoblanadi.Biz o`quv qurollarini,kitoblarni toza tutib,varaqlarini yirtmasligimiz kerak.Bu ham biz rioya qilishimiz lozim bo`lgan qoidalarga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik bilan, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda, o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanilib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat namoyon qilinib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olingan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko‘zlab, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Bosh Qonunimiz inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, jumladan, shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning asosiy kafolatidir. Shu bilan birga unda fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi majburiyatlari ham belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyamiz iqtisodiyotda, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda va madaniy-ma’rifiy hayotimizda islohotlarni amalga oshirish uchun puxta huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
III.Yakuniy qism:O`quvchilar moddalarni qanday o`zlashtirganliklarini bilish uchun “Rasmlarni o`z o`rniga qo`y” o`yini o`tkaziladi.
Demak, bolajonlar har biringiz o`z haq-huquqlaringizni yaxshi bilib olishingiz, Konstitutsiyamizda berilgan qonunlarni hurmat qilishingiz lozim. Shu bilan Konstitsiya kuniga bag`ishlangan tarbiyaviy mashg`ulotimiz yakuniga yetdi.
Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |