Xususiy tadbirkorlik bilan shug’illanuvchi raxbar ayollarda 2-diagramma
Yuqoridagi jadvalda ko’rinib turibdiki, sinaluvchilarning 60 foizida “o’z o’zidan paydo bo’ladigan tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha yuqori natija aniqlandi. “Ruhiy siqilish” shkalasi bo’yicha 45 nafar sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Serjahil, serzarda, jizzakilik” shkalasi bo’yicha 35 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Muloqotchanlik” shkalasi bo’yicha 35 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Og’irlik, vazminlik” shkalasi bo’yicha 12 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “O’ta tajovuzkorlik” shkalasi bo’yicha 10 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Tortinchoqlik” shkalasi bo’yicha 7,5 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Ta’sirchanlik o’zgaruvchanlik” shkalasi bo’yicha 10 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Mardlik, nazokatlik” shkalasi bo’yicha 42 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi. “Asabiylashganlik” shkalasi bo’yicha 65 foiz sinaluvchilarda yuqori natija aniqlandi
Tadqiqotning davomi sifatida ta’lim tashkilotlari va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi rahbar ayollar ish bilan bog’liq stresslarni yengishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida T.A. Nemchinning "Psixologik bosimni baholash" so’rovnomasi o’tkazildi. Ushbu so’rovnoma klinik va psixologik kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra tuzilgan neyropsik zo'riqish belgilarining ro'yxati bo'lib, ushbu holatning 30 ta asosiy xarakteristikasini o'z ichiga oladi, ular og'irlikning uch darajasiga bo'lingan. Tadqiqot alohida, yaxshi yoritilgan va begona tovushlar va shovqinlardan ajratilgan xonada individual ravishda amalga oshiriladi.61 Quyidagi jadvalda ta’lim tashkilotlarida va tadbirkorlikda faoliyat olib boruvchi rahbar ayolarning natijalari keltirilgan(3-jadval).
Ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi rahbar ayollar
9
22,5
18
45
13
32,5
Tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi rahbar ayollar
12
30
20
50
8
20
Yuqroidagi jadvalda ko’rnib turibdiki, ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi 40 nafar rahbar ayollarning 9 nafarida stress zaif diapazonda ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich 22,5 foizni tashkil etmoqda. Bu natija ularning stressga beriluvchanlik darajalari past ekanligini, ulardagi stressga va muammolarga bardoshlilik darajasi yuqori ekanligini anglatadi. 18 nafar respondentlarda stress o’rtacha diapazonda ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich 45 foizni tashkil etmoqda. Bu ularda stressga berilisho’rtacha darajada ekanligini anglatadi. 13 nafar respondentlarda stress yuqori diapazonda ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich 32,5 foizni tashkil etmoqda. Bu esa ulardagi stressga bardoshsizlik yuqori darajada ekanligini anglatadi.
Aynan shu natijalarni tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi rahbar ayollarda ko’radigan bo’lsak 40 nafar rahbar ayollarning 12 nafarida stress zaif diapazonda ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich 30 foizni tashkil etmoqda. Bu natija ularning stressga beriluvchanlik darajalari past ekanligini, ulardagi stressga va muammolarga bardoshlilik darajasi yuqori ekanligini anglatadi. 20 nafar respondentlarda stress o’rtacha diapazonda ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich 50 foizni tashkil etmoqda. Bu ularda stressga berilisho’rtacha darajada ekanligini anglatadi. 8 nafar respondentlarda stress yuqori diapazonda ekanligi aniqlandi. Bu ko’rsatkich 20 foizni tashkil etmoqda. Bu esa ulardagi stressga bardoshsizlik yuqori darajada ekanligini anglatadi.