Xususiy tadbirkorlik bilan shug’illanuvchi raxbar ayollarda
So’rovnoma shkalasi
|
ball
|
Asabiylashganlik
|
11
|
O’z-o’zidan paydo bo’ladigan tajovuzkorlik
|
8
|
Ruhiy siqilish
|
10
|
Serjahllik, serzardalik, jizzakilik
|
6
|
Muloqotchanlik
|
12
|
Og’irlik, vazminlik
|
7
|
O’ta tajovuzkorlik
|
5
|
Tortinchoqlik
|
5
|
Ochiqlik, oshkoralik
|
6
|
Ekstraversiya-introversiya
|
8
|
Ta’sirchanlik, o’zgaruvchanlik
|
9
|
Mardlik-nazokatlik
|
9
|
Yuqoridagi 2-jadvalda keltirilgan xususiy tadbirkorlik bilan shug’illanuvchi 40 nafar raxbar ayollarda o’tkazilgan Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasining har bir shkalasi bo’yicha natijalari umumlashtirilib, ishtirokchilar soniga bo’linganidagi chiqqan umumiy o’rtacha natijalari diagrammaga solinganida quyidagicha ko’rinishga ega bo’ldi(2-diagramma).
2-diagramma
Yuqoridagi 1- va 2- diagrammada keltirilgan ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan rahbar ayollarda va xususiy tadbirkorlik bilan shug’illanuvchi raxbar ayollarda o’tkazilgan Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasining har bir shkalasi bo’yicha natijalari umumlashtirilib, ishtirokchilar soniga bo’linganidagi chiqqan umumiy o’rtacha natijalari solishtirish uchun umumlashtirilganida quyidagi diagramma (3-diagramma) shakillandi.
3-diagramma
Tadqiqot avvalida raxbar ayollarda ish bilan bog’liq stress holatlarini yengishning ijtimoiy –psixologik xususiyatlari aniqlansa va ularni oldi olinsa ularning mehnat faoliyatida, kasbiy yetukligida, shaxslararo munosabatlarda va oilaviy munosabatlarda samaradorlikka erishish mumkin deb faraz qilindi. Tadqiqotning amaliy qismida 1903 yili Y.Farenberg, X.Zarg, R.Rampi kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo’llanilgan, 113 ta savoldan tashkil topgan va 12 ta shkala bo’yicha tahlil qilinuvchi Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasi 80 nafar respondentlarda o’tkazildi. Yuqoridagi jadval va diagrammalarda Farg’ona shaxar ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 40 nafar rahbar ayollar shuningdek, tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan 40 nafar tadbirkor ayollarning solishtirma natijalari taqdim etildi. Ushbu shundan so’ng ushbu rahbar ayollarda stressni oldini oluvchi treninglar o’tkazildi. Mazkur olib borilgan amaliy ishlardan so’ng respondentlarda 113 ta savoldan tashkil topgan va 12 ta shkala bo’yicha tahlil qilinuvchi Frayburgning “Shaxs xususiyatlarini o’rganish” so’rovnomasi qaytadan o’tkazildi va quyidagi 3-jadvalda Farg’ona shaxar ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 40 nafar rahbar ayollarning so’rovnomaning har bir shkalasi bo’yicha natijalari umumlashtirilib, ishtirokchilar soniga bo’linganidagi chiqqan umumiy o’rtacha natijalari keltirilgan.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |