3.2 Galliy atomlarining bug’lanish kinenikasini tadqiq qilish.
Bugungi kunda yuqori ajrataolish qobilyatga ega bo‘lgan lazer spektroskopiyaning bir nechta ultrasezgir va o‘taselektiv metodlari mavjud[1,2]. Qaysiki bu metodlar juda keng doiradagi fieika- kimyoviy hodisalarni o‘rganishga imkon beradi. [3,4] ilmiy ishlarda rubidiy (Rb) va kaliy (K) metall atomlarining to‘yingan bo‘g‘ bosimini ultrabinafsha lazer nurlari yordamida fotodissotsiatsiyalash usuli bilan aniqlagan. Bundan tashqari, tarkibida ishqoriy elementlar mavjud bo‘lgan molekulalar fotodissatsatsiyaga uchraganda, ishqoriy element atomlari asosiy holatda paydo bo‘lib, ularni ikki bosqichli fotoionizatsiya usuli bilan qayd qilish katta qiyinchilik to‘g‘dirmaydi. [5,6] ilmiy ishlarda avtorlar ko‘rsatdiki, lazer spektroskopiya usuli bilan atomlarining to‘yingan bo‘g‘ bosimini 10 -15 mm. sim. ust. darajasida o‘lchash mumkin. YUqoridagi ishlar natijasidan ko‘rinadiki, lazer rezonans spektroskopiya usulini moddalarning vakuumda bug‘lanish jarayonining kinetikasini uzluksiz kontrol qilish imkoniyatini beradi[7]. Avvallari modda atomlarining to‘yingan bo‘g‘ bosimini o‘lchash uchun turli xil metodlar qo‘llanilgan[8]. Bunday eng ko‘p tarqalgan usullardan biri yuqori sezgirlikdagi mass-spektrometriya usuli hisoblanadi. Lekin bu metod bilan modda atomlarining to‘yingan bo‘g‘ bosimini aniqlashda, ularning atom va molekulalaridagi spektrlarida o‘zaro bir-biriga kirishib ketish hodisasining mavjudligi ma’lum qiyinchiliklarni to‘g‘dirgan[9]. Ushbu ishda galliy metalini termik qizdirganda hosil bo‘lgan galliy atomlarining to‘yingan bo‘g‘ bosimini bosqichma-bosqich lazer-rezonans spektroskopiya usuli bilan aniqlandi.
Dastlab galliyning fizika – kimyoviy xossalari bilan tanishamiz.
Fizikaviy xossalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, galliy kristallik strukturasiga ega bo‘lib, poliamorf modifekatsiyaga ega. Termodinamik jihatida faqat ortorombik panjaraga ega bo‘lgan struktura to‘rg‘un hisoblanadi. Galliyning boshqa modefikatsiyalari qat’iy to‘rg‘unlikka ega emas. YUqori bosimlarda yana ikkita modefikatsiyasi bor: galliy-1 va galliy-2, qaysiki ular kubik va tetroganal panjarani tashkil etadi. Galliy metalining zichligi qattiq holatda 200 S temperaturada 5.904 g/sm3 ni tashkil etadi. 29,80 S da, ya’ni suyuq holdagi zichligi 6,095 g/sm3 ni tashkil etadi. Galliyning erish temperaturasi xona temperaturasidan sal yuqoriroq bo‘lib, 29,80S ni va qaynash temperaturasi 22300 S ni tashkil etadi. Galliyning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan biri uning juda katta temperaturalar intervalida suyuq holda bo‘lishi hisoblanadi. U 300 S temperaturadan to 22300 S temperaturagacha suyuq holda bo‘ladi. SHu bilan birga u 1100 – 12000 S temperaturalargacha qizdirilgani bilan to‘yingan bug‘ bosimi juda past bo‘ladi. Qattiq holdagi galliyning 00 S dan 300 S gacha temperaturalar intervalida solishtirma issiqlik sig‘imi 0,09 kall/gr. grad. Suyuq holdagi galliyning 300 S dan 1000 S gacha temperaturalar intervalida solishtirma issiqlik sig‘imi 0,098 kall/gr. grad. teng. Solishtirma elektr qarshiligi qattiq va suyuq holatlarda mos ravishda 53,4 10-6 om.sm2 va 27,2. 10-6 om.sm2 teng. YOrug‘likni o‘zidan qaytarish koeffitsenti 436 nm. va 589 nm. to‘lqin o‘zunliklarda mos ravishda 75,6 % va 71,3 % ga teng. Tabiatda galliyning ikkita izotopi mavjud: Ga (61,2%) va Ga(38,8%).
Endi kimyoviy xossalariga qisqacha to‘xtalamiz. Galliyning kimyoviy xossalari alyuminiy xossalariga yaqin. Oksidlanish jarayonidan saqlash uchun uning yuzasi yupqa plyonka bilan qolangan. Uqaynoq suvda tez eriydi va birikma hosil qiladi. Hosil bo‘lgan birikmalarni galatlar deyiladi. Ular tabiatda eng ko‘p tarqalgan birikmalar qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |