Mavzuni jonlantirish savollari.
1.
Uy xo’jaligi ta’rifini keltiring va uning tashkilot
sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iboratligini ayting.
2.
Oila bilan uy xo’jaligi o’rtasidagi farq nimada?
3.
Uy xo’jaligini yuritish va inson kapitalini
shakllantirishda qanday vazifalar (funksiyalar) amalga oshiriladi?
4.
Uy xo’jaligining qanaqa shakllari mavjud va
ularning bir-biridan farqi nimada?
127
3-
ilova (3.1.)
1-§. Uy xo’jaligi tashkilot sifatida
Uy xo’jaligi
to’g’risida so’z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo’jaligi
tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-
qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy
xo’jaligi esa umumiy vazifalar, yashash joyi, byudjet va odatda oila-qarindoshchilik
aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini o’zida namoyon qiladi. Boshqacha
aytganda, oila faoliyati ko’plab o’lchamlarni o’z ichiga oladi: biologik, demografik,
ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo’jaligi faoliyati esa oilani faoliyat sohasining birgina-
iqtisodiy turiga yo’naltiradi. Uy xo’jaligining asosiy funksiyasini
inson kapitalini
shakllantirish, undan foydalanish va saqlash deb belgilash lozim. Bu o’z navbatida,
insonning bilimlari, amaliy ko’nikmalari va mehnatga tirishqoqligining yig’indisi
sifatida tushuniladi. 14.1-rasmda inson kapitalini shakllantirish bo’yicha uy
xo’jaligi faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari izohlangan. Uy xo’jaligini yuritish
uning a’zolarining oila biznesida ishtiroki hamda oila kapitalini uni shakllantirish
va rivojlantirishga yo’naltirish asosiy masala hisoblanadi.
Uy xo’jaligining asosida yotuvchi hokimiyat munosabatlari haqidagi tezis
aniqliklar kiritilishini talab qiladi. Bir tomondan, uy xo’jaligining faoliyat
ko’rsatishi quyidagilarni nazarda tutadi:
-
bolalar harakatlarini nazorat qilish huquqining ota-onalarga topshirilishi,
buning o’rniga bola uchun u haqida qayg’urish va uni manfaatlarining ta’minlanishi
kafolatlanda;
-
oilaviy byudjetning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazorat qilish,
huquqining uy xo’jaligining odatda “oila boshlig’i” deb nomlanuvchi bir a’zosiga
topshirilishi, u barcha oila a’zolarining manfaatlarini ko’zlab harakat qiladi va
ularga o’zlari alohida erisha olishi mumkin bo’lgandan ortiq darajadagi
farovonlikni ta’minlaydi.
Umuman uy xo’jaligining maqsadi – o’z a’zolariga kutilmagan holatlar
yuzaga kelishidan qat’i nazar kafolatlangan farovonlik darajasini ta’minlashdan
iborat. Uy xo’jaligining himoya funksiyasi o’zaro yordam va oila a’zolarini moddiy
jihatdan qo’llab-quvvatlashning rasmiy va norasmiy me’yorlariga asoslanadi.
Uy xo’jaligi – bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari,
yashash, byudjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar
guruhidir. Uy xo’jaligining asosida hokimiyat munosabatlari yotadi – birgalikdagi
iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish huquqi uning bir a’zosiga – “oila
boshlig’i”ga o’tadi.
128
Do'stlaringiz bilan baham: |