Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo`lib, u
bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin.
Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda
chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar
chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o`xshash
firmalarning mikroprocessorlaridir.
Barcha mikroprocessorlarni 3 ta gURO`hga bo`lish mumkin:
— CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to`liq to`plamli buyruqlar
tizimi bilan MP;
— RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to`plamli
buyruqlar tizimi bilan MP;
— MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to`plamli
buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar
ishlab chiqish bosqichida turibdi).
Do'stlaringiz bilan baham: |