Yozuv sifatini shakllantirish. Yozuvning sifatini shakllantirish deganda, biz uning aniq va toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo‘lishini, bir tekis silliq yozilishini tushunamiz.
O‘quvchilarda yozuv sifatlarini shakllantirish uchun o‘qituvchi quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilishi lozim:
Harf unsurlari va harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozish.
Yozuvni 65° qiyalikda yozishga o‘rgatish.
Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo‘lishiga erishish.
Harf unsurlari, harflar va so‘zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash.
Sinfdagi barcha o‘quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |