QOBILIYAT TURLARI - Ifodalangan darajasi turlicha bo‘lsa-da, barcha odamlarga xos bo‘lgan sodda, umumiy qobiliyatlar bu psixik ko‘rinishning asosiy me’yorlari: sezish, idrok qilish, fikr yuritish, kechinma, qarorga kelish va uni amalga oshirish hamda esda qoldirish qobiliyatlaridir. Barcha odamlarga xos bo‘lmagan elementar xususiy qobiliyatlar shaxsning ancha murakkabroq xususiy qobiliyatlari, masalan, ko‘z bilan chamalash, musiqaviy qobiliyat, tafakkurning tanqidiyligi, saxiy qalblik, sabotlilik, qat’iylik va shu kabilardir. Murakkab va umumiy qobiliyatlar u yoki bu darajada barcha odamlarga xosdir. Bular umuminsoniy faoliyat turlari: mehnat, o‘yin, o‘qish, bir-biri bilan munosabatda bo‘lish, ma’naviy, axloqiy faoliyatlarga tegishli qobiliyatlardir. Bu guruhga kiruvchi har bir qobiliyat shaxs xususiyatlarining murakkab tuzilishi hisoblanadi.
. Shuning uchun ham birlikda gapiriladigan «Iroda – maqsadga erishish qobiliyati», «Tafakkur qobiliyati» va shu kabi qobiliyatlardan farq qilib, murakkab qobiliyatlar haqida ko‘plikda gapiriladi.Faqat turli darajada emas, balki umuman barcha odamlargagina xos bo‘lmagan murakkab xususiy qobiliyatlar insoniyat tarixida avval hunarga, so‘ngra turli kasblarga tomon rivojlangan qobiliyatlardir. Ular professional, o‘ziga xos maxsus, alohida qobiliyatlar deyiladi. Qobiliyatning tabiiy zaminini tashkil qiluvchi tug‘ma xususiyatlar orasidan nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganlari yuksak nerv faoliyati tiplarini farq qiladigan alomatlardir, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining quvvati, muvozanati va ildamligidir. Shu sababdan odamning qobiliyat va iste’dodi unga tug‘ma xos bo‘lgan yuksak nerv faoliyati tipi bilan mahkam bog‘langan bo‘ladi. Ammo yuqorida aytilganidek, nerv faoliyatining tug‘ma xos tipi sira o‘zgarmay, bir zaylda qoladigan narsa emas, u odamning yashagan sharoitiga bog‘liq holda o‘sadi, o‘zgaradi. Shuning uchun ham yuksak nerv faoliyatining tug‘ma bo‘lgan tipini turlanish sharoiti ta’siri bilan vujudga kelgan tipdan ajrata bilish lozim. - . Shuning uchun ham birlikda gapiriladigan «Iroda – maqsadga erishish qobiliyati», «Tafakkur qobiliyati» va shu kabi qobiliyatlardan farq qilib, murakkab qobiliyatlar haqida ko‘plikda gapiriladi.Faqat turli darajada emas, balki umuman barcha odamlargagina xos bo‘lmagan murakkab xususiy qobiliyatlar insoniyat tarixida avval hunarga, so‘ngra turli kasblarga tomon rivojlangan qobiliyatlardir. Ular professional, o‘ziga xos maxsus, alohida qobiliyatlar deyiladi. Qobiliyatning tabiiy zaminini tashkil qiluvchi tug‘ma xususiyatlar orasidan nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganlari yuksak nerv faoliyati tiplarini farq qiladigan alomatlardir, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining quvvati, muvozanati va ildamligidir. Shu sababdan odamning qobiliyat va iste’dodi unga tug‘ma xos bo‘lgan yuksak nerv faoliyati tipi bilan mahkam bog‘langan bo‘ladi. Ammo yuqorida aytilganidek, nerv faoliyatining tug‘ma xos tipi sira o‘zgarmay, bir zaylda qoladigan narsa emas, u odamning yashagan sharoitiga bog‘liq holda o‘sadi, o‘zgaradi. Shuning uchun ham yuksak nerv faoliyatining tug‘ma bo‘lgan tipini turlanish sharoiti ta’siri bilan vujudga kelgan tipdan ajrata bilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |