Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
O‘quvchilar bilan salomlashiladi.
O‘qituvchi: Bolajonlar omonmisiz?
Bugun darsga tayyormisiz?
O‘quvchilar: Biz hammamiz omonmiz,
Bugun darsga tayyormiz.
Navbatchi axboroti eshitiladi. Davomat aniqlanadi. Kirish suhbati o‘tkaziladi.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlashda “baliq ovi” o‘yinidan foydalaniladi. O‘quvchilar hovuzdan magnitli qarmoqcha orqali baliqlarni tutadilar. Savollarga javob berishadi. Bu o‘yin o‘quvchilarni darsga yanada qiziqtirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |