Rivojlantiruvchi:kasrlarni taqqoslay olish, o`g`zaki qo`shish va ayirish ko`nikmalarini rivojlantirish. FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi.O`quvchilarning darsga tayyorgarliklarini ta`minlanadi.
II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Davom ettir” o‘yinidan foydalaniladi. Bunga ko`ra o‘qituvchi biror son aytadi, o’quvchilar esa uning tashkil qiluvchilarini aytadi. Masalan: o’qituvchi 210 sonini aytsa, o’quvchilar 3 bilan 70 ning ko’paytmasi, 10 bilan 200 ni yig’indisi, 170 bilan 40 ni yig’indisi va h.z. Shu tariqa barcha o‘quvchilarni sonni to’ldiruvchilarini aytishlari mumkin. Bu o’yin orqali o’quvchilarda sonning tarkibi va og’zaki qo’shish va ayirish mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |