IV. Mustahkamlash.
43-topshiriqda o‘quvchilardan quyidagicha javoblar kutiladi:
1) darslikda tasvirlangan 1-shakldagi uchburchakning bitta burchagi to‘g‘ri burchakdan katta, qolgan ikkita burchagi to‘g‘ri burchakdan kichik; 2-shakldagi uchburchakning barcha burchaklari to‘g‘ri burchakdan kichik; 2) 3-shakldagi to‘rtburchakning ikkita burchagi to‘g‘ri burchakdan kichik, qolgan ikkita burchagi to‘g‘ri burchakdan katta; 4-shakldagi to‘rtburchakning barcha burchaklari to‘g‘ri burchaklardir;
3) 5-shakldagi oltiburchakning ikkita burchagi to‘g‘ri burchakdan kichik, qolgan to‘rtta burchagi to‘g‘ri burchakdan katta; 6-shakldagi oltiburchakning barcha burchaklari to‘g‘ri burchakdan kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |