hamma narsa bitadi. Peshonasiga bersin. Sizlarni shunchalik pastkashlikka borasizlar deb o‘ylamagan edim. Bundan buyon bunday noma’qulchilikni ko‘rmay».
«Qaynona-kelin – oilaning nozik bo‘g‘ini !»
Masala 3. Adolatning qayinisinglisining to‘yi yaqin. U bir kuni institutdan kelsa, qayinonasi Adolatga salomda qo‘ygan, yaqinda eshik va ayvonga osib qo‘ygan 10 metrlik pardasining yo‘qligini ko‘rdi. Qayinonasidan so‘rasa, u pardalarni qizining yuklariga qo‘shib, kuyov tomonga berib yuborgan ekan.
Adolat qayinonasiga bu holatda qanday munosabat bildirishi kerak? qayinona bu erda qanday ma’naviy xatoliklarga yo‘l qo‘ydi?
Javob:V) Kelin: mayli, oyijon, sog‘-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, mehroqibat bo‘lsa, qolgan hamma narsa topiladi. Barnoxon baxtli bo‘lsinlar. Hammamiz xursand bo‘lib, yo‘qlab borib-kelib yuraylik.
«Bola boshidan!»
Masala 4. Toparman-tutarman ota hali balog‘atga etmagan o‘g‘lidan pulini ayamas, u bilan gaplashganda faqat boylik, pul topish haqida gapirar va unga buning ba’zi yo‘llarini ham o‘rgatgan bo‘lar edi. Bir kuni uyga otaning obro‘li ziyoli do‘stlari mehmon bo‘lib kelib qolishdi. Ular mehmonxonada chaq-chaqlashib gaplashib o‘tirishganda, birdan erkatoy o‘g‘li ruhsatsiz,salomsiz kirib kelib qoldi. hijolat bo‘lgan ota o‘g‘liga: «Ie, mehmonlarga salom qani, o‘g‘lim», - dedi. O‘g‘li: «O‘rtoqlaringiz o‘zingizga o‘xshagan boy biznesmenlarmi? 25 so‘mlik salom beraymi, 50 so‘mlik salom eraymi yoki 100so‘mlikmi?» Ota nufuzli do‘stlarining oldida o‘g‘lining kutilmagan bundaysavollaridan er yorilsa-yu, erga kirib ketgudek izza bo‘ldi. Otaning o‘g‘liga bergan «tarbiya»sini tahlil qiling. Bunday o‘ziga to‘qoilalarda farzand tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Javob: Ota o`g`liga no`to`gri tarbiya bergan.
Masala 5. 15 yoshga to‘lishi nishonlanayotgan Tohir mehmonlardan sovg‘a qabul qilar, ammo bu galgi sovg‘alar unchalik qimmatli, dabdabali emas edi. Bundan ko‘ngli to‘lmagan Tohir mehmonlar ketganidan keyin o‘zlari yig‘ilishib o‘tirishganda dadasiga dedi: «Dada, og‘aynilaringiz amaldal igingizda katta-katta sovg‘alar qilishar edi. Amaldan ushganingizdan keyin olib kelgan sovg‘alarini qarang». Tohirning bu fikriga oiladagilar quyidagicha munosabat bildirdilar:
Javob:V) Buva: (o‘g‘liga) Bolam, senga ming marta aytganman, tug‘ilgan kunlarni oilaviy o‘tkazaylik, deb. Bolalaringni ham shunga o‘rgatishing kerak. Ko‘nikishsin shunga. Ana shunda ular boshqalardan sovg‘a kutmaydi. qolaversa, sovg‘a – bu olib keluvchining himmati. Sovg‘a qilingan otning tishiga qarama, deyishadi. Sovg‘aga qarab muomala qiladigan odam yaxshi odam bo‘lmaydi. O‘zing ham birovga sovg‘a beradigan bo‘lsang, chin yurakdan ber. Minnat qilma. Bergan sovg‘angni nasiya deb bil. Uning orqasidan biror narsa kutma. Ana o‘shanda xotirjam bo‘lasan, ko‘ngling orom oladi. Amalga keladigan bo‘lsak, u qo‘lning kiri – hozir bor, ertaga yo‘q; hozir yo‘q bo‘lsa, ertaga bo‘ladi. Buning uchun eng muhimi - amaldaligingda odamlarning
ko‘nglini qoldirma, qo‘l ostingdagilarga e’tiborli bo‘l, ularni hurmat-izzat qil, adolatli bo‘l, toki amaldan tushganingdan keyin ham ular sening hurmatingni joyiga qo‘yadigan bo‘lishsin, obro‘-e’tiboringga putur etmasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |