Kurs rahbari bunga qanday javob berishi va qanday chora-tadbirlar ko‘rishi kerak?
Javob: V) Yfxshi o‘qiganingiz, jamoat ishlarida faol qatnashganingizning o‘zi etarli emas. qiz bola iffatli, hayoli, iboli bo‘ladi. Ota-onangiz sizni o‘qishga yubora turib, taqdiringizni biz pedagoglar, tarbiyachilarga ishonib topshirgan.
Biz sizning ham ta’limingiz, ham tarbiyangiz uchun javob beramiz. qolaversa, bu bizning akalik, ota-onalik, insoniylik burchimiz. SHuning uchun maslahatlarimizga quloq ossangiz, o‘zingizning foydangiz, o‘zingizning baxtingiz. Buni hozir tushunmasangiz, keyin tushunasiz. Bunaqa hayotga engil qaramang. Keyin kech bo‘ladi, singlim. O‘shanda afsuslanishning hojati yo‘q. Agar bunday noma’qulchiliklarni davom ettiraveradigan bo‘lsangiz, otaonangizga bu haqda ma’lum qilaman va masalangizni kurs majlisiga qo‘yaman.
«Oilada farzandlar orasidagi mehnat taqsimotiga e’tibor bering!»
Masala 4. Yakshanba kuni. Nasiba opa qizlari bilan uyda. Katta qizi kir yuvmoqda. Kichkina qizi televizor tomosha qilib o‘tiribdi. Nasiba opa osh dam eganini, uni suzishini aytdi. Katta qizi kirlarini hali bo‘lmaganini, uni chayib,
osish kerakligini aytdi. Nasiba opa nima qilishi kerak?
Javob: V) Kichik qiziga: tur, qizim, opangning kirlariga chayishib, yoyishib yubor. Birgalikda tez bo‘lasizlar. Singlisi opasiga yordamchi bo‘lishi kerak. Keyin hammamiz birgalikda ovqatlanamiz, deyishi kerak.
«qayinona - kelin munosabatlari - oila mustahkamligini belgilovchi omillardan biri!»
Masala 5. qayinona kelinlarining o‘zaro inoq emasliklarini, ularning tez-tez janjallashib qolishlari, uyda ham, ko‘chada ham bir-birlarining g‘iybatlarini qilishlaridan bag‘ri ezilardi. Bu holning sabablari nimalardan iborat bo‘lishi
mumkinligi haqidagi fikrlaringiz.
Kelinlarning o‘zaro munosabatlarini yaxshilash omillari nimalardan iborat deb o‘ylaysiz?
Javob: V) Qayinona kelinlari uchun dono maslahatchi bo‘lishi, ularni o‘z qizidek ko‘rishi, barchasiga birdek munosabatda bo‘lishi, kamchiliklarini yashirib, yaxshi tomonlarini oshirib, rag‘batlantirib borishi, kelinlarining biri
ikkinchisining kamchiliklarini aytib, yomonlayigan bo‘lsa, inson kamchiliksiz bo‘lmasligi, borini kechirib, murosa qilish kerakligi, hamma gap o‘zaro mehr - oqibatda, hurmatda ekanligini tushuntirishi, uydagi gapni ko‘chaga
chiqarmasligi, oilaning siri muqaddas ekanligini uqdirishi, kelinlarining o‘zaro inoq bo‘lishlariga har tomonlama ko‘maklashishi, uy yumushlari taqsimotida odil bo‘lishi lozim. Buning uchun esa har bir qayinona turmush masalalari
bobida ziyoli bo‘lishi, o‘qib-uqqan, hayotni ko‘p kuzatgan, oqil mulohazali, mustaqil fikrga ega bo‘lishi lozim.
“Farzandingizni yoshligidan halollikka o‘rgating!”
Masala 6. Bolangiz yugurganicha ko‘chadan kirib keldi, qo‘lida chiroyli mashinacha. Bu o‘yinchoq o‘rtog‘i Bobirniki, ko‘chada unutib qoldirgan. Bolangiz: o‘yinchoq meniki bo‘laqolsin, oyijon, uyda o‘zim o‘ynayman, - dedi.
Sizning munosabatingiz.
Javob: B) Biroz vaqt o‘ynagin-da, keyin olib chiqib ber. Birovning narsasini olishga o‘rganma. U sening narsangni olsa, yaxshi bo‘ladimi? Buning o‘rniga narsalaringni, o‘yinchoqlaringni yaxshi asrab, birgalikda o‘ynanglar. O‘shanda
yaxshi o‘rtoq bo‘lasizlar. Katta bo‘lganlaringda bir-birlaringga yordam beradigan bo‘lasizlar. YAxshi odamlar shunaqa bo‘lishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |