Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar



Download 107,65 Kb.
Sana07.01.2022
Hajmi107,65 Kb.
#328921
Bog'liq
Qiziqarli masalalar


Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.
Zehningizni sinab ko'ring Ushbu sahifada o'z zehningizni masla yechish orqali sinab ko'rishingiz mumkin. Misol va masalalar yechib turish bilimlaringizning yanada mustahkamlashuviga sabab bo'ladi. Bu orqali siz aqlingizni charxlaysiz. chunki, egallagan bilimlaringizga doir masala yechish, ilm va formulalarni yodingizda mustahkam saqlanib qolishiga yordam beradi. Masala yechish amaliy mashg'ulot, siz bu orqali tafakkur va bilimingizdagi kamchiliklarni bilib olasiz. Marhamat, sahifadagi masalalarni yechishga bir urinib ko'ring. Agar sizda ham qiziqarli masalalar bo'lsa saytimisga jo'nating, xursand bo'lamiz. 

Agar maslani javobini topishga qiynalsangiz yoki biror savol tug'ilsa bizga murojaat qiling. Sizga yordam beramiz.

1. Uch qishloq Bir mamlakatda Rostgo'ylar, Yolg'onchilar, rostgo'ylar va yolg'onchilar aralash yashaydigan Aralash qishloqlari bor ekan. Mos ravishda, birinchi qishloqda faqat rostgo'ylar,, ikkinchisida faqat yolg'onchilar, uchinchi qishloqda esa har ikki toifa aralashib istiqomat qilishar ekan. To'satdan o't o'chirish idorasiga qo'ng'iroq bo'libdi: 
-Bizning qishloqqa o't ketdi. 

-Siz qayerda yashaysiz ? 

-"Aralash" qishlog'ida. 

Savol: O't o'chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi ?


2. Pirog taqsimlash Quyidagi rasmda berilgan pirogni uch kesishda teng sakkiz bo'lakka bo'ling.

3. Matematik necha yoshda ?

Bir kuni ikki matematik uchrashib qolibdi. Hol ahvol so'rashgach birinchi matematik do'stidan so'radi:


- Hozir necha yoshdasiz ?
ikkinchi matematik javob berdi:
- Men tug'ilganda otam 25 yoshda edilar, hozir otam va mening yoshimizni qo'shsak 89 bo'ladi.
Savol: Matematik necha yoshda ?

4. Soat
Soat 5 sekundda 6 marta bong uradi. 12 marta bong urish uchun qancha vaqt ketadi ?

5. Bozorda
Qassob 1 000 000 so'm bilan bozorga tushdi. U roppa -rosa 100 ta hayvon sotib olishi kerak. Sotuvda sigir, g'oz va tovuq bor. Sigir 150 000 so'm, g'oz 10 000 so'm va tovuq 2 500 so'm turadi. U kamida har bir hayvondan bittadan olishi va barcha pulni ishlatishi shart. 
Qassob nimalarni sotib oladi ?

6. Ona va bola


Onaning yoshi o'z qizining yoshidan 4 barobar katta. 20 yildan so'ng ona qizidan 4 baravar katta bo'lib qoladi. Ona va qizning yoshini aniqlang.

7. Qahvaxonada


Qahvaxonada narxi idishi bilan birga 30 tiyin turadigan mineral suv sotilyapti. Idishni topshirib, 20 tiyin qaytarib olish mumkin. Ayting-chi, 1 sum pulga ko'pi bilan nechta mineral suv ichish mumkin ?

8. Tejamli kesim


Qanday qilib 5 ta olmaning birortasini ham 6ta bo'lakka bo'lmasdan turib, 6 kishiga teng qilib bo'lib berish mumkin ?

9. Mushuklar nechta ?


To'rtburchak shakldagi xonaning har bir burchagida bittadan mushuk o'tiribdi. Har bir mushukning qarshisida uchtadan mushuk o'tiribdi. Xonada hammasi bo'lib nechta mushuk o'tiribdi ?

10. Narx
Mahsulot narxini 50 % ga oshirib, so'ng yana 50 % ga tushirsak, narx qanchaga o'zgaradi ?

11. Guruh talabalari
Guruhda 10 ta talaba o'qiydi. Ularning har biri barcha talabalar bilan qo'l berib ko'rishsa, qo'l berib ko'rishishlar soni nechta bo'ladi ?

12. foiz
10 ning 5%i kattami, 5 ning 10%i kattami ?

13. Tenglama
ikkita sonning yig'indisi 10 ga teng, ularning ko'paytmasi ham 10 ga teng. Bular qaysi sonlar ?

14. Hovuzni to'ldirish


Hovuzni 2 ta quvur orqali suv bilan to'ldirish kerak, Agar Birinchi quvurning o'zi 5 minutda to'ldirsa , ikkinchi quvurning o'zi 10 minutda to'ldirsa, ikkala quvur birgalikda necha minutda to'ldiradi ?

15. Harorat


Harorati -3 C bo'lgan 2 litr suvga, harorati -5 C bo'lgan 10 litr suvni qo'shsak, Bu suvning harorati qanday bo'ladi ?

16. Ustunlar orasidagi masofa


Uzun yo'l bo'ylab ketma-ket 10 ta ustun ornatilgan, har bir ustundan keyingisigacha oralig'i 1 km. masofa. Birinchi ustundan o'ninchi ustungacha necha km. masofa ?

17. Bo'shliq qayerdan keldi ?


Quyidagi rasmda 2 ta bir xil uchburchak chizilgan. yuqoridagi Uchburchaning yuzasi 3 ta turli xildagi shakl bilan to'ldirilgan, pastda esa shu shakllarning o'rni almashtirilgan. Pastdagi rasmda bo'sh katakcha qayerdan hosil bo'ldi ?

18. Kutilmagan vaziyat


Har biri 40 tadan vagonni tortib ketayotgan A va B paravozlar bitta temir yo'lda duch kelib qolishdi.(rasmga q.) Ularning orasida bor yo'g'i paravoz bilan birgalikda 20 ta vagon sig'adigan boshi berk tarmoq yo'l bor. Qanday manevr qilib poezdlar bu kutilmagan vaziyatdan qutilib, o'z yo'nalishlarida harakatni davom etishlari mumkin ?

19. Hovuzdan suv olish


5 va 9 litrli chelaklar yordamida hovuzdan 3 litr suvni qanday qilib olish mumkin ?

20. Kumush zanjir


Sayyoh bir shaharda bir hafta turish niyatida karvonsaroydan joy band qilmoqchi bo'ladi. Karvonsaroy sohibi undan har kuni bir tangadan berishni so'raydi. Sayyoh, o'zida bu yurtning tangalari yoqligini, lekin 7 ta halqali kumush zanjiri borligini (rasmga q.) aytadi va har kuni ertalab bittadan halqa to'lashni taklif etadi. Karvonsaroy egasi rozi bo'ladi, faqat halqalarni imkoni boricha kam joyidan qirqishini tayinlaydi. Buni amalga oshirish uchun nechta halqani qirqishga to'g'ri keladi ? 

21. Ikki qabila


Bir orolda ikkita - rostgo'ylar va yolg'onchilar qabilalari yashaydi. Birinchi qabiladagilarning hammasi faqat rost, ikkinchi qabiladagilarning hamasi faqat yolg'on gapiradi. Orolga kelib qolgan sayohatchi orolliklardan birini ko'rib qolib uning kimligini so'raydi. Orollik o'zini yolg'onchilar qabilasidan ekanligini aytadi. 
Savol: orollik sayyohni aldamayaptimi ? Aslida u qaysi qabiladan ?

22. Pifagor va uning shogirdlari


Pifagordan "shogirdlaringiz nechta" -deb so'rashganda, u shunday javob berdi : "shogirdlarimning yarmi matematikani, to'rtdan biri tabiatni o'rganishyapti. ularning yettidan biri vaqtini mulohaza yuritish bilan o'tkazyapti, qolgan qismini esa, 3ta qiz tashkil qiladi." 
Pifagorning shogirdi nechta ?

23. Uch kaptar


Tep tekis yerda donlab yurgan uch kaptar "gur" etib osmonga ko'tarildi. Ayting-chi ular qachon yana bir tekislikda bo'lishadi ?

24. Kofe
Tabiiy kofe tarkibidagi kofeinning 97 foizi ajratib olingandan so'ng, qolganidan ichimlik tayyorlanadi. Tabiiy kofedan tayyorlangan bir piyola ichimlikdagi kofein miqdoricha kofein iste'mol qilish uchun bu tayyorlangan ichimlikdan necha piyola ichish kerak ?

25. Shahar aholisi
Toshkent shahridagi aholining 85 foizi o'zbekcha so'zlasha oladi. 75 foizi esa ruscha so'zlasha oladi.Agar shahardagi har bir fuqaro kamida bu ikki tildan birini bilsa, Har ikkila tida so'zlasha oladiganlar necha foizni tashkil qiladi?

26. Ekvator bo'ylab


Agar yer yuzini ekvator bo'ylab piyoda aylanib chiqishimiz mumkin bo'lganda edi, boshimiz tovonimizga qaraganda ko'proq yo'l bosgan bo'lar edi. Aytingchi, bu farq sizningcha nimaga teng?

27. Metroda


Metroning o'ziyurar zinapoyasida ikki kishi zinapoya yo'nalishida yugurib chiqishyapti ularning biri ikkinchisiga qaraganda tezroq yugurmoqda. Savol: ularning qaysi biri yuqoriga ko'tarilguncha ko'proq zinapoya pog'onalarini sanaydi ?

28. Ahil sinf


Bizning sinfda 35 o'quvchi bor. har birimiz roppa-rosa 11 ta sinfdoshimiz bilan do'stmiz. 
-Buning bo'lishi mumkin emas, -dedi darhol Ahmad o'rtog'iga. 
Va u haq edi. Nega?

29. Eynshteyn topishmog'i


Bir shaharda beshta uy mavjud. Har uyning rangi, uy egalarining millati, ichadigan ichimligi, boqadigan uy hayvoni, chekadigan sigareti har xil. 
Bizga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar quyidagilar:
1. Ingliz qizil uyda yashaydi.
2. Shved kuchuk boqadi.
3. Daniyalik choy ichadi.
4. Yashil uy oq uyning chap tomonida joylashgan va ...
5. ...uning egasi kofe ichadi.
6. Pall Mall chekuvchi qush boqadi.
7. O'rtadagi uyda yashovchi sut ichadi.
8. Sariq uy egasi Dunhill chekadi.
9. Norvegiyalik birinchi uyda yashaydi.
10. Marlboro chekuvchi mushuk egasini yonida yashaydi.
11. Ot egasi Dunhill chekuvchining yonida yashaydi.
12. Winfield chekuvchi pivo ichadi.
13. Norvegiyalikning uyi - ko'k uyning yonida.
14. nemis Rothmans chekadi.
15. Marlboro chekuvchi suv ichadiganning yonida yashaydi.
Savol: Kim baliq boqadi ?

30. Qiziqarli masalalar, mantiqiy savollar, misol va masalalar.

Qiziqarli masalalar va savollar

31. Quyoshli kunda


Quyoshli kunda daraxt soyasining uzunligiga qarab daraxtning balandligini qanday aniqlasa bo'ladi ?

32. Sartarosh


Bir sartaroshni oldiga mijoz kelibti sochini oldirgach sartaroshni pul turadigan qutisidagi pul qancha bo'lsa shuncha tashlabti va qaytimiga 20 so'm olib ketibti.. 
ikkinchi mijoz ham kelib huddi shunday qilibti yani qutida qancha pul bo'lsa shuncha tashlabti va 20 so'm olib ketbti..
uchunchisi ham yuqoridaga voqeyani takror qilibti va natijada sartaroshni qutisida mutlaqo hech narsa qolmabti yani puli tugabti hosh savol birinchi mijoz kelganida sartarosh qutisida qancha pul bo'lgan va ular qanchadan bergan?

33. Bakteriya


1ta bakteriya 1 sekundda 2 taga ko'payadi. O'sha 1ta bakteriyani bir bonka(idish)ga solganimizda 1 soatta liq to'ldi. Qancha vaqtda bakteriya Bonka (idish)ni yarmiga keladi ?

34. Vaznsizlik


Kosmik kemada vaznsizlik holatida, qum soat, prujinali soat, mayatnikli soatning qaysi biridan foydalanish kerak ?

35. G'ildirak


Quyidagi rasmda g'ildirak va uning ustida taxta turibdi. Agar g'ildirak v tezlik bilan harakatlansa uning ustidagi taxta qanday tezlik bilan oldinga harakatlanadi? 

ustunlar
uzun yo'l bo'ylab 10 ta ustun o'rnatilgan, har bir ustundan keyingisigacha 1 km masofa. Sportchi birinchi ustundan o'ninchigacha yetib bordi va yana birinchi ustuga qaytib keldi. Sportchi qancha masofa yo'l bosdi ?

Qiziqarli savollar va masalalar. 

1. Sening barcha katta buva va katta buvilaringda  hammasi bo’lib nechta katta buva va katta buvi bo’lgan?

Javob:

2. Maktab matematika kechasida jami  20  ta o’quvchi ishtirok etdi. Malika 7 bola bilan, Tursunoy  8  bola bilan, Shahlo  9  bola bilan, va hokazo. Yulduz hamma bolalar bilan topishmoq aytishdi. Kechada nechta o’g’il bola qatnashgan?



Javob:

3. Agar qolgan vaqt o’tgan vaqtdan ikki marta katta bo’lsa, hozir soat necha?

Javob:

4.  a=70 da a2-69a+130 ning qiymatini tezlik bilan toping.



Javob:

5. Oilada 5 o’g’il va ularning har birining singlisi bor. Oilada nechta farzand bor?

Javob:

6. 3 ta tovuq 3 kunda  3  ta tuxum qo’yadi.  6 ta tovuq 6 kunda nechta tuxum qo’yadi?



Javob:

7. 12 ni ikkiga bo’lib , 7 hosil qiling.



Javob:   

8. Bitta tayoqning 2 ta  uchi bor. 2,5 ta tayoqning nechta uchi bor?

Javob:

9. Qachon 3  ni ko’rib 15 deb aytamiz?



Javob:

10. Ikki ota va  ikki bola ovga chiqdi. Ular teng miqdorda quyon ovlashdi. Agar 9  ta quyon ovlangan bo’lsa , har bir kishi nechtadan quyon ovlagan?

Javob:

11.  Daftar muqovasi bilan birgalikda  11 so’m turadi. Daftarning narxi muqovadan  10  so’m qimmat. Daftar va muqova alohida-alohida qanchadan turadi?



Javob:

12. Mening Bahodir degan tanishim bir kun shunday deb qoldi: “Avvalgi kuni men  10  yoshda edim,  kelasi yil esa men 13 yoshga to’laman”. Shunaqa bo’lishi mumkinmi?

Javob:

13. Ota o’g’liga dedi: “10 yil oldin meni yoshim seni yoshingdan 10 marta    katta edi, 22 yildan keyin esa men sendan  2  marta katta bo’laman” . Hozir ota va o’g’il necha yoshda?



Javob:

14. Sizda 20 ta  3,  5  va  25  so’mlik tangalar bor. Ular yordamida 100 so’mni qanday hosil qilasiz?

Javob: 

15.  – Buvijon , nabirangiz necha yoshda?

     - Mening yoshim nechada bo’lsa, nabiram shuncha oylik.

      - Buvijon, sizning yoshingiz nechada?

     - Nabiram yoshi bilan mening yoshimni qo’shsang, 65  chiqadi. Nabiramning yoshini endi o’zing topa qol.

Javob:


16. Xodani  3 bo’lakka arralash uchun  12  minut kerak. shu xodani  4  bo’lakka arralash uchun necha minut kerak bo’ladi?

Javob: 


17. Ali bilan Valining massasi birgalikda  5  ta tarvuz massasiga teng. Valining massasi  1 ta qovun massasidan  4 marta ko’p. Vali bilan  2  ta qovunning birgalikdagi massasi  3  ta tarvuz massasiga teng. Alining massasi nechta qovunning massasiga teng?

 Javob:  

18. Muhammadjonning akalari qancha bo’lsa, opalari ham shuncha. Katta opasining ukalari soni singillari sonidan  2  marta ko’p. Shu oilada nechta o’g’il, nechta qiz bor?

Javob:


19. Bir qurt daraxtning uchiga chiqmoqchi bo’libdi. Daraxt bo’ylab kechasi u  2 m balandlikka chiqqach, kunduzi esa  1 m pastga tushar ekan. 9-kechada u daraxtning uchiga chiqib olibdi. Daraxtning balandligi necha metr ekan?

Javob:


20. n sonining raqamlari yig’indisi  2006  ga teng.  n sonini ikkita o’zaro teng sonlar ko’paytmasi ko’rinishida tasvirlash mumkinmi?

Javob:
1. Ikkita piyola. Birida 100 gram choy, ikkinchisida 100 gram sut bor. Choyli piyoladan bir qoshiq choy olib sutli piyolaga quyilgach, u aralashtirildi. Keyin ana shu aralashmadan bir qoshiq olinib, birinchi, ya'ni choyli piyolaga quyildi. Endi aytingchi, birinchi piyolada sut ko'pmi yoki ikkinchi piyolada choymi?

Два стакана. В одном 100 гр чаю, во втором 100 гр молока. Взяли одну ложку чая из первого стакана, влили во второй стакан и перемешали. Затем взяли одну ложку смеси из второго стакана и влили в первый стакан. Итак, что больше, молока в чае или чаю в молоке?

2. Afandi do'konda idora qurollari sotayapti. Xaridor do'konga kirib, 200 so'mlik qalam xarid qilish uchun yaxlit 500 so'mlik berdi. Biroq Afandining qaytim berish uchun mayda puli bo'lmagach, u darrov qo'shni do'kondan ana shu 500 so'mlikni 200, 200, 100 so'mlikka maydalab chiqib, xaridorga bir qalam va 300 so'm qaytim berdi. Xaridor ketgach, qo'shni do'kondor Afandi bergan 500 so'mlik qalbaki ekanligini ma'lum qilib, undan 500 so'mni almashtirib berishni talab qiladi. Xo'sh, Afandi bu savdolarda hammasi bo'lib necha pul zarar qildi? 

Афанди продовал канц-товары в магазине. Покупатель решил купить карандаш за 200 сум и дал 500 сум. У Афанди не было мелочи для сдачи, поэтому он пошел в соседний магазин чтобы разменять 500 на 200, 200, 100 сумов и дал сдачи 300 сум покупателю. Когда покупатель ушел, соседний торговец заявил, что 500 сум фальшивая и Афанди пришлось поменять её на действительную. Итак, сколько сум Афанди потерял в итоге?

3. Uch do'st choyxonada birga ovqatlanib, jami 30 ming so'm to'lashdi. Demak har bir kishiga 10 ming so'mdan tushgan. Ular chiqib ketgach, choyxonachi ulardan 5 ming so'm ko'proq olganini anglab, bir bolakayni ularning ketidan jo'natdi. Bolakay uch kishiga 5 ming so'mni teng taqsimlab berish noqulayligi uchun, har biriga ming so'mdan berib, qolgan 2 mingini o'ziga olib qolibdi. Shunda haligi uch do'stning har biri ming so'mini qaytib olgan bo'lsa, ovqatlanish har biriga 9 mingdan tushgan. Xo'sh, uch do'st jami 27 ming so'm to'lagan bo'lib, haligi bolakay o'ziga 2 ming so'm olib qolgan bo'lsa, yana ming so'm qayerga ketdi? Axir, boshida 30 ming so'm pul bor edi-ku?

Три друга пообедали в чайхане и заплатили 30 тысяч сум. Получается, каждый заплатил по 10 тысяч сум. Когда они ушли, чайханщик осознал, что взял лишние 5 тысяч сум и быстро поручил мальчику вернуть им 5 тысяч. Мальчик догнал их, но так как 5 тысяч неудобно было поровну делить, он решил отдать 3 тысяч сум и оставить 2 тысяч сум себе. Тогда, получается, что каждый из трёх друзей заплатил по 9 тысяч сум. Как это так, они заплатили 27 тысяч сум и у мальчика 2 тысяч сум, в итоге 29 тысяч сум. Но в начале же было 30 тысяч сум? Почему не сходиться?

4. Uchoqda sayohat qilganda, yo'lovchilarga o'zlari bilan olishga muayyan og'irlikdagi yuk ruhsat etilgan. Har kilogram ortiqcha yukka yo'lovchi 10 dollar ustama to'lashi kerak. Agar 40 kilogram yuk olib ketayotgan yo'lovchi 50 dollar to'lagan bo'lsa, 80 kilogram olib ketayotgan yo'lovchi qancha pul to'lashi kerak?



5. Ikki yog'ochli kubchaning yoqlarida shunday raqamlar yozilgan-ki, bu ikki kubcha yordamida oyning istalgan kunini tasvirlash mumkin. Bunga erishish uchun qanday raqamlar yozish kerakligini aniq ko'rsating. 
6. a = 1, b = 2, c = 3, ... , z = 26 bo'lsin. Quyidagi ifodaning qiymati nechaga teng: (x - a)(x - b)(x - c)...(x - z)?
7. Bo’sh kataklarni A, B, C, D va E harflari bilan shunday to’ldiring-ki, natijada hech bir qator, ustun yoki diagonalda (ikki diagonal mavjud) har bir harf bir marta ishlatilsin. 

D










C













B

C




B

E




B

E










A







C

E


8. Matematika fanidan testda taxmin qilishdan qaytarish uchun Malikning o'qituvchisi har bir no'to'g'ri javob uchun yetti bal olib tashlashini e'lon qildi. Biroq, har bir to'g'ri javob bahoga faqatgina besh bal qo'shadi. Malik hamma misollarga javob berdi va "teng qildi". Boshqacha aytganda, u roppa rosa nol oldi. Malik testdagi 24ta misoldan qanchasiga to'g'ri javob bergan?
9. Linda, Aziza va Iroda qarta o'ynashga qaror qilishdi. Ular hisobni bodom yordamida qilishdi. Ular o'zaro quyidagi shartga kelishishdi: kim o'yinni yutqazsa, boshqalarga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berishi kerak. Birinchi o'yinni Linda yutqazdi va Aziza va Irodaga har birida qancha bo'lsa shuncha bodom to'ladi. Ikkinchi o'yinni Aziza yutqazdi va Linda va Irodaga ularda qancha bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Uchinchi o'yinni Iroda yutqazdi va Linda va Azizaga har birida nechta bodom bo'lsa shuncha bodom berdi. Shu payt, har bir o'yinchida 8tadan bodom qoldi. Har bir o'yinchi qancha bodom bilan o'yinni boshlagan? 
10. Sinfda 30ta talaba bor. O'n bittasining ko'zi ko'k. O'n beshtasining sochi qo'ng'ir. Uchta talabaning ko'zi ham ko'k, sochi ham qo'ng'ir. Nechta talabaning na ko'zi ko'k, na sochi qo'ng'ir?  
11. Sug'urta tizimi o'z mijozlariga ular uzoq vaqt kasallik davrida har oy quyidagi reja bo'yicha birinchi 240,000 ming so'm yillik maosh bo'yicha mablag' to'laydi: 
  1-oy: hech nima
  2-4-oylar: oylikning 50%
  5- va keyingi oylar: oylikning 25%
agar u kasal bo'lsa va xo'jayinidan haq olmasa. Bu reja quyidagi mijozlarga necha pul to'laydi agar:
Tursun ikki oy kasal bo'lgan, yillik maoshi 120,000 so'm va xo'jayinidan kasallik davri uchun haq olmagan bo'lsa? 
Murod olti oy kasal bo'lgan, biroq birinchi ikki oy uchun xo'jayinidan haq olgan va yillik maoshi 180,000 so'm bo'lsa?
Iroda yillik maoshi 300,000 so'm, uch oy kasallik davri uchun xo'jayinidan haqini olgan va to'qqiz oy kasal bo'lgan bo'lsa?
  12. Anjumanda Qozoqiston, O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'izistondan jami 15ta guruh qatnashyapti. Har bir davlat turli sondagi guruhlar jo'natgan va har biridan kamida bitta guruh vakil bo'lgan Tojikiston va O'zbekiston jami 6ta guruh jo'natgan. Bitta davlat roppa rosa 4ta guruh jo'natgan. O'zbekiston va Qirg'iziston jami 7ta guruh jo'natgan. Har bir davlat tomonidan nechta guruh jo'natilganini toping?  
13. 52talik standard majmuadan siz bir qancha qarta oldingiz. Tanlangan qartalar orasida kamida bitta xonim, ikkita qarg'a, uchta zo'r (tuz) va to'rtta qisht bor. Eng kami bilan qancha qarta tanlagan bo'lishingiz mumkin? 
14. 19ta talaba bo'lgan guruhning har bir a'zosi xaltasida 3, 4 yoki 5ta kitob bor. Kitoblarning umumiy soni 71ta. 4ta kitobi bo'lgan talabalar soni 10ga karrali. Nechta talabada 3ta, nechtasida 4ta va nechtasida 5ta kitob bor?
15. A qishloqning 6800 kishi aholisi bor va u har yili 120 kichiga kamayib boryapti. B qishloqning 4200 kichi aholisi bo'lib, u har yili 80 kichiga ortib boryapti. Necha yildan keyin bu ikki qishloqning aholisi tenglashadi? 
16. 8ta sonning o'rta qiymati 6ga, 6ta boshqa sonlarning o'rta qiymati 8ga teng. Barcha 14 sonning o'rta qiymati nimaga teng? 
17. 1 dan 200gacha sanaganda, yo'lda qancha 7dan o'tasiz?  
18. Qirralari 10cm, 4cm va 4cm bo'lgan to'g'ri burchakli parallelepiped bo'yaldi va qirrasi 1cm bo'lgan kichkina kublarga bo'lindi. Kublarning necha foizi kamida bir yoqdan bo'yalgan? 
19. Saylda 20ta katta kishi yoki 32ta bolalarga yetadigan yemish bor. Agar saylda 15ta katta kishi bo'lsa, yana nechta bolani to'ydirsa bo'ladi? 
20. AQShda Dildora va Dilfuza yegulik sotib olishmoqchi bo'lishibdi. Ular pullarini qo'shishganlarida 25, 10 va 5 tsentlik tangalardan iborat $4 chiqibdi. Agar ularda 35 dona tanga va 25 tsentlik tangalar soni 5 tsentlik tangalar sonidan ikki baravar kam bo'lsa, ularda qancha 25 tsentlik tanga bor?  
21. 64-maktabning 120ta yuqori sinf o'quvchilari shahmat, shashka yoki har ikkala to'garak a'zosi. Agar shashka to'garagida 90ta va shahmat to'garagida 70ta o'quvchi bo'lsa, har ikkala to'garakda nechtadan o'quvchi bor? 
22. Shunday son toping-ki, agar uni kvadratga oshirsa, 27 qo'shsa, 3ga ko'paytirsa, kvadrat ildiz chiqarsa va 18 ayirsa, hech narsa qolmaydi. 
23. Men 100 va 200 sonlari orasidagi sonman. Men o'ngga va chapga bir hil o'qilaman. Mening raqamlarim yig'indisi 8. Men kimman? 
24. Maktabda 600 nafar, har bir sinfda esa 30 nafar o'quvchi bor. Har kuni har bir o'quvchining 5ta va har bir o'qituvchining 4ta darsi bor. Har bir darsda to'liq sinf o'quvchilari va bitta o'qituvchi bor. Maktabda nechta o'qituvchi bor? 
25. Mening tog'am har bir shag'am qoldig'ini asrab qo'yishini va yettita shag'am qoldig'idan yangi shag'am yasashini aytdi. Agar tog'am 92ta shag'am sotib olgan bo'lsa, nechta shag'am yoqishi mumkin? 
26. Ma'lum bir quvur cho'milish hovuzini 2 soatda to'ldirishi mumkin; boshqa quvur esa uni besh soatda to'ldirishi mumkin; uchinchi quvur esa hovuzni olti soatda bo'shatishi mumkin. Agar hovuz bo'sh bo'lib, uchala quvur bir vaqtda yoqilgan bo'lsa, hovuzni to'ldirish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi? 
27. Qodir Sevaraga "Agar menga sakkiz dollar bersang, bizda teng miqdordagi pul bo'ladi" dedi. Sevara "Balki, biroq agar menga sakkiz dollar bersang, sendan ikki baravar ko'p pul bo'ladi" deb javob berdi. Har bir qizda qancha pul bo'lgan? 
28. (1 + 1/2)(1 + 1/3)(1 + 1/4) ... (1 + 1/2005) = ?
29. Qaysi son kattaroq va nima uchun: 191919/999999, yoki 191919191919/999999999999?

30. Omborda ikkita bir xil idish bor: biri moy bilan to'la, ikkinchisi yarmigacha. Ularning og'irliklari 86kg va 53kg. Bo'sh idishning o'g'irligini toping? 
31. Quyidagi sonlardan to'rtta to'plam shunday tuzing-ki, har bir to'plamdagi sonlar yig'indisi 300 bo'lsin.
27 41 67 12 To'plam A: , , va  
89 24 168 76 To'plam B: , , va  
6 31 123 186 To'plam C: , , va  
154 91 75 30 To'plam D: , , va  
32. 16 sonini bir qancha ketma-ket butun sonlar yig'indisi shaklida ifodalay olasizmi? 
33. Ikki butun sonning yig'indisi 968. Ulardan biri nol bilan tugaydi, biroq bu nolni o'chirsangiz, ikkinchi son hosil bo'ladi. Bu qanday sonlar? 
34. Har qanday vaqt SS:DD:SS ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 3 soat, 54 daqiqa va 20 soniya bo'ladi: 03:54:20. Yana, yilning ixtiyoriy kuni KK/OO ko'rinishida ifodalanadi. Ya'ni, 5 iyul bo'ladi: 05/07. 0 dan 9gacha barcha raqamlardan foydalanib SS:DD:SS KK/OO shaklda yozish mumkin bo'lgan yilning eng kech vaqtini ayting.
35. Bir qatorda beshta to'p bor: sariq, jigarrang, ko'k, qizil va yashil. Agar ko'k to'p markazda bo'lmasa, qizil to'p ko'k to'pdan ko'k to'p yashil to'pdan qancha uzoq bo'lsa shuncha uzoqda bo'lsa, sariq to'pning chap qo'shnisi qizil to'p bo'lsa, bu to'plarning tartibini toping. 

1. O'quvchi o'zining markalarini yangi albomga yopishtiryapti. Agar bir varaqqa 20 ta markadan yopishtirsa, unga albom varaqlari yetmaydi, 23 ta markadan yopishtirsa bitta varaq ortib qoladi. Agar o'quvchiga huddi shunday albomning har bir varag'iga 21 tadan marka yopishtiriladigani sovg'a qilinsa, unda jami 500 ta marka bo'ladi. Albom necha varaqli?

2.  Harorati   li issiq suv va harorati   li sovuq suvni aralashtirib, harorati   li 96 litr suv olindi. Issiq suvdan necha litr olingan?

3. Uchta sabzavot omboriga to'kilgan kartoshka miqdori o'zaro   nisbatda, bunda ikkinchi omborda birinchisiga qaraganda 43,2 tonna ko'p kartoshka bo'ldi. Bir oyda: birinchisidan bor kartoshkaning 40 %i, ikkinchisidan 30 %i, va uchinchisidan 25 %i ishlatildi. Bir oyda jami qancha kartoshka ishlatilgan?

4. Yuzasi 600 bo'lgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi yer maydonini sport o'yinlari uchun jihozlashga kirishdi. Maydon atrofini metal panjara bilan o'rab, ichida yana shunday panjara bilan ikkita bir xil to'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonchalarga ajratildi. Eng kam miqdorda metal panjara ketishi uchun maydonning o'lchamlari qanday bo'lishi kerak?

issiq suvni -x litr desak, sovuq suv 96-x litr bo'ladi chunki ikkalasi bo'lib 96 litr hajmni egallashi beriligan. demak: berilgan temperaturalarni hajmlariga ko'paytirib, hajmlar yig'indisiga bo'lsak o'rtacha temperatura kelib chiqadi.



x=42 kelib chiqadi.

2) savolda javob: 76 C dagi isssiq suv 42 litr.

mana shu haroratda shuncha hajm suvda 15 kg osh tuzini (NaCl) eritsak va 12 C gacha sovutsak qancha osh tuzi cho'kadi.(12C dagi osh tuzining eruvchanligi 15,722 ga teng).
 
Download 107,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish