INSTAGRAM
Instagram tarixi 2010 yilda San-Fransisko shahrida ishga tushdi. Aloqa uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotning birinchi versiyasi 2010 yil kuzining o’rtalarida chiqarilgan. Bu erda siz suhbat qilishingiz va rasmlar almashishingiz mumkin. Ikki oy o’tgach, bir milliondan ortiq yuklab olish qayd etildi. Keyingi rivojlanish quyidagi sxema bo’yicha ishlab chiqildi:
2011 yil kuzida ular dasturning ikkinchi versiyasini chiqardi. Nishabni darhol o’zgartirish, jonli filtrlarni qo’llash, piksellar sonini yuqori bo’lgan nashrlarni joylashtirish imkoniyati mavjud edi;
2011 yil qishda dasturga hashtaglar qo’shildi. Rasmlarni oson izlash va foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan;
2012 yil bahorida ishlab chiquvchilar Android OS-da mobil qurilmalar uchun ishlaydigan ilovalarni chiqardi.
Instagram ikkita asoschiga ega - Kevin Systrom va Mike Krieger tomonidan yaratilgan, 2010-yilning oktabr oyida ishga tushirilgan hamda rasm va videolarni ulashish uchun moʻljallangan ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoq platformalari orqali ularni yuklash imkonini beradi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar rasmlar va videolar uchun raqamli filtrlar qoʻllash imkoniga egadir. Instagramda videolar uchun maksimal davomiylik 60 soniyadir.
Dastlab, bu ilova nomi „Burbn“ boʻlgan. Keyinchalik, Systrom va Krieger, “instant camera” (“tezkor kamera”) va “telegram” soʻzlarini birlashtirib, ilovaning nomini “Instagram”ga oʻzgartirishdi.
Qiziqarli ma’lumotlar:
- Instagramda bir kunda 500 mln, bir oyda esa 1 mlrd foydalanuvchi faol bo‘ladi;
- Foydalanuvchilarning 50,3 foiz -ayollar; 49,7 foiz -erkaklar;
- Rossiyaliklar Instagramda 37 mln dan ortiq;
- Tarmoqda 35 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar miqdori 71%;
- Instagram'dan foydalanishda 18 yoshdan 29 yoshgacha (59%) insonlar birinchi, 30-49 yoshlilar (33%) ikkinchi o‘rinda faollik qiladi;
- Foydalanuvchilarning 60% i tarmoqdan har kuni foydalanishadi;
- Tarmoqda eng ko‘p foydalanuvchiga ega davlatlar: AQSh - 121 million, Hindiston - 71 million, Braziliya - 64 million;
- Har bir foydaluvchi Instagramga kuniga o‘rtacha hisobda 53 daqiqa sarflaydi;
- Har kuni 500 million foydalanuvchi o‘z akkuntiga hikoya joylaydi;
- Instagram foydalanuvchilari har kuni 4,2 mlrd postga layk bosadi;11. Instagram foydalanuvchilari tarmoqqa kuniga 100 million post joylaydi;
- Eslatmali qaydlar 56 % dan ko‘proq e’tiborni jalb qiladi;
- Kamida bitta hashtagli yozuvlar 12,6% ko‘proq reaksiyalarni jalb qiladi.
- Fotolar videolarga qaraganda 36 % ko‘p layk yig‘adi;16. Instagram'dagi eng ko‘p layk 53 milliondan ortiq “yurak“ to‘plagan tuxum suratiga tegishli.
- #love - eng mashhur hashtag.
- Instagramda eng ko‘p obunachilari bor foydalanuvchilar: Krishtianu Ronaldu (birinchi), Ariana Grande (ikkinchi);
- Instagramda brendlar reklamasi boshqa tarmoqlardagidan kamida 10 marta ko‘p;
- Instagramda 25 milliondan ko‘p biznes-profillar mavjud;
- 70% foydalanuvchi Instagramda brend izlaydi;
- 80% foydalanuvchi kamida bitta biznes-akkauntga ergashadi;
- 83 % foydalanuvchilar yangi tovarlar va xizmatlar topishda Instagramga murojaat qiladi;
- Instagram 80% foydalanuvchiga to‘g‘ri xarid uchun ko‘maklashadi;
- 30% dan ko‘proq foydalanuvchi xaridini Instagramda mobil telefon orqali amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |