QIZILMIYANING NAFAS OLISH TIZIMI KASALLIKLARIDA QO’LLANILISH PERSPEKTIVALARI
Amanova Zulayho Xudoymurodovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Mikrobiologiya. Immunologiya. Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi assistenti
Jumanazarova Aziza Farxod qizi
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Davolash ishi fakulteti
Xalq tabobati yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Mavzuning dolzarbligi. Nafas olish tizimi bilan bog'liq kasalliklar unchalik xavfli ko'rinmasa-da, aslida o'lim xavfi juda yuqori kasalliklar guruhiga kiradi.
— Aslida xavfsiz kasallikning o'zi yo'q. Hozirgi paytda aholi orasida uchraydigan nafas a'zolari kasalliklarining asosiy qismini bronxial astma, surunkali obstruktiv o'pka kasalligi va pnevmoniya tashkil kiladi. Masalan, dunyo statistikasi buyicha bronxial astma kasalligi aholi orasida o'rtacha 5 foiz hollarda uchraydi, bu ko'rsatgich bolalar orasida yanada ko'proq uchrab, o'rtacha 10 foizni tashkil qiladi. Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi dunyo bo'yicha kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarining asosiy sabablaridan biriga aylanib bormoqda.
Bu o'z o'rnida iqtisodiy va ijtimoiy muoammolarni yuzaga keltiradi. Infeksion kasalliklar orasida o'lim sabablari ko'rsatkichi bo'yicha pnevmoniya birinchi o'rinni va umumiy o'lim ko'rsatkichi sabablari bo'yicha oltinchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston keskin kontinental iqlim mintaqasiga kiradi. Ayniqsa, Orol fojiasi, so'nggi yillardagi iqlimiy o'zgarishlar mintaqa aholisining nafas olish organlari kasallanishlari darajasini oshirib yubordi. To'g'ri, yurtimizda aholi orasida kasallanishlar ko'rsatkichi bo'yicha nafas a'zolari kasalliklari yuqori o'rinlardan birini egallaydi. Nafas a'zolari kasalliklari o'lim sababi ko'rsatkichi bo'yicha beshinchi o'rinni, bolalar orasida esa ikkinchi o'rinni egallaydi. Nafas a'zolari kasalliklari orasida katta muammolarga sabab bo'luvchi yana bir nechta kasalliklar bor. Bularga o'pkaning interstitsial kasalliklari, mukovissidoz, nafas yetishmovchiligi, uyqu apnoe sindromi, o'pka sili va yuqori nafas a'zolari kasalliklari kiradi. Virus infeksiyalarining ko’payishi sababli har yili bahor va kuzda branxit bilan kasallanish ortadi . Adabiyotlarda statistik ma’lumotlarni tahlil qilish natijasida 20 foiz bronxit bilan kasallangani aniqlangan . Bronxit bilan kasallanish V.K.Totachinko ma’lumotlariga ko’ra yiliga 1000 ta boladan 100 ta bola hayotining birinchi uch yilida bu ko’rsatkich 200 ta bola hayotida, 1yoshgacha 75 tani tashkil qiladi. AQSH da tahminan bir milliard odam oddiy shamollash kasalligi bilan har yili kasallanadi . Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki 2010 yilda AQSH da 18 yoshgacha bemor nafas olish tizimi buyicha 6.8 mln ga yaqin shoshilinch tez tibbiy yordam bo’limiga tashrif buyirgan. Buyuk Britaniyada taxminan 7 kishidan 1 kishi surunkali o’pka kasalligiga chalingan . Nafas yo’llari kasallanish bo’lgan bemorlarga lefofloksatsin kapsulasi ,azitramitsin tabletkasi, seftrakson kukuni, salbutamol, pridnizalon tabletkasi, inyeksiya uchun deksamitazon eritmasi , izoniozid tabletkasi va boshqa dorilar qo’llaniladi . Bemor bir martalik davolash kursi uchun 500 ming yoki 600 ming so’m atrofida sarf harajat qiladi . Aksincha, shu dori vositalari o’rniga qizilmiyadan olingan preparat iste’mol qilinsa samarasi yuqori bo’ladi, sarf harajati ham kam bo’lar edi. Masalan qizilmiyadan tayyorlangan ‘’Qizilmiya’’ siropini xarid qilish uchun 8 ming so’m atrofida harajat qiladi.Meni fikrimcha, oddiy aholi uchun kam harajat lekin,samarasi tez va oson bilinadigan dori preparatini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qizilmiyadan tayyorlangan preparatlar aynan shunday ta’sirga ega . Nafas tizimi a’zolari kasalliklari bilan hastalangan bemorlarni turli antibiotiklar bilan davolasa, bemorlarda bu kasallik yana qaytalanishi foyizi yuqoriroq bo’ladi . Ammo qizilmiya bilan davolasa bu kasallikdan asoratsiz forig’ bo’lar edi. Qizilmiya suyuqligini qizdirib bemorga berilsa yoki ‘’Mukaltin’’ tabletkasini ‘’Qizilmiya’’ siropi bilan birgalikda qo’llanilsa samarasi yanada yaqqol namoyon bo’ladi.
Maqsad. Qadimgi xitoylik davolovchilar, qizilmiya ildizi umrni uzaytirishga, yoshlik va go'zallikni saqlashga qodir, deb hisoblashgan. Unga asoslangan mablag'lar xolesterin miqdorini pasaytiradi, immunitetni mustahkamlaydi, endokrin tizimni to'g'irlaydi, odamga antidepressant bo'lib xizmat qiladi. Ko'p asrlik qizilmiya bilan shug'ullanish amaliyoti pnevmoniya, bronxit, astma, quruq yo'tal, sil va boshqa yuqori nafas yo'llarining kasalliklarini davolashda yuqori samaradorligini isbotlaydi. O'simlik ovqat hazm qilish traktiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Uning ishlatilishi oshqozon yarasini tezda tiklashga yordam beradi. Bu surunkali konstipatsiyani engillashtiradi, ichak harakatini yaxshilaydi va oshqozon sekretsiyasini yaxshilaydi.
Preparatning savdo nomi: Qizilmiya ildizining siropi
Farmakalogik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Dori shakli: Sirop - Qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos hidga va ta’mga ega quyuqroq suyuqlik.
Farmokoterapiftek guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita
Qizilmiya ildizi seropi o’simlik homashyosiga asoslangan dorivor preparatdir. U dorivor moddalarning ildizi va rezomlaridan olinadi . Qizilmiya ildizi seropi tarkibi juda boy . O’simlik ildizida faol moddalar miqdori 27 flovonait birikmaga (flovanaitlar-xalkonlar va ularning izoforimlari ) tashkil etadi.Bundan tashqari qizilmiya ildizida polisaxarid va efir moylari mavjud.Bir shisha dori ( 100g)quyidagilarni o’z ichiga oladi :
Qizilmiya ildiz ekstrakti – 4g
96% li etil spirit – 10g
Shakar seropi – 86g
Ushbu kompozitsiya tufayli qizilmiya ildizi seropi yuqori davolovchi ta’sirga ega zamonaviy o’simlik preparati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |