XVI
Ertasi kuni
He turns his lip to hers, and with his hand
Call’ d back the tangles of her wandering hair.
Don Juan, c. 1, st. 170
9
Yaxshiyamki, Jyulenning baxtiga, de Renal xonim hayratga tushib,
esankirab qolgan edi, bir zumda o‘zi uchun dunyoda eng aziz insonga
aylangan bu yigitning xatti-harakati qanchalik bema’ni ekanligini
sezmadi.
Kun yorisha boshlagach, ayol Jyulendan tezroq chiqib ketishni
iltimos qilishga tutindi.
– Yo Parvardigor, – derdi u, – agar erim ivir-shivirimizni eshitib
qolsa bormi, meni o‘ldi, deyavering.
Shu paytgacha xayolida turli-tuman gaplarni o‘ylab qo‘ygan Jyulen
ulardan birini esladi:
– Hayot bilan vidolashsangiz afsuslanarmidingiz?
– Ha, hozir judayam afsuslanardim! Lekin baribir sizni sevganim-
dan pushaymon bo‘lmasdim.
Jyulen o‘z qadrini yerga urmaslik uchun xonimning oldidan kun
butunlay yorishib bo‘lganidan keyin hech qanday ehtiyotkorlik qilmay
chiqishni lozim topdi.
O‘zini tajribali erkak qilib ko‘rsatish haqidagi ahmoqona fikr
miyasini chulg‘ab olganidan uning har bir qadamini tinimsiz nazorat
qilib borishi, har qalay, yigitga bir jihatdan foyda keltirdi: ular de
Renal xonim bilan nonushta mahali uchrashib qolishganida u o‘zini
g‘oyatda ehtiyotkor tutdi.
Xonim esa, yigitga har qaraganda loladek qizarib ketar va, shu
bilan birga, bir zum ham Jyulenga qaramay turolmasdi, u xijolat
chekayotganini his etar va jon-jahdi bilan buni yashirishga harakat
qilgandan battar uyalardi. Jyulen faqat bir marta boshini ko‘tarib,
unga qaradi. De Renal xonim avvaliga uning bardoshiga qoyil qolib
9
Lablariga lab bosdi ul, bеozorgina
Tola sochni olib qo‘yib qiz manglayidan.
Bayron. «Don Juan», 1 bob, 170-band.
100
o‘tirdi. Biroq yigit unga boshqa qaramaganidan so‘ng qo‘rqib ketdi:
«Nahot u endi meni sevmay qo‘ygan bo‘lsa! Evoh! Uning uchun qarib
qolganman, axir undan o‘n yosh kattaman-a!»
Ular yemakxonadan boqqa chiqishayotganida xonim birdan
Jyulenning qo‘lini ushlab, uni mahkam qisdi. Muhabbatning bunday
namoyon bo‘lishini sira kutmagan va qattiq hayratga tushgan yigit
xonimga ko‘zlari yonib qarab qo‘ydi. Nonushta payti ayol unga juda
go‘zal ko‘ringan edi. To‘g‘ri, u yerga qarab o‘tirgandi, biroq uning
butun xayoli xonimning beqiyos latofatini tasavvur qilish bilan band
edi. Jyulenning otashin nigohi de Renal xonimning yuragiga taskin
berdi, u ayolning qalbidagi hadiksirashni butunlay tarqatib yuborgani
yo‘q, albatta, biroq xuddi ana shu hadiksirash uning eri oldidagi vijdon
azobini deyarli bo‘g‘ib qo‘ygandi.
Nonushta mahali ushbu janob hech nimani sezmadi, biroq Dervil
xonim to‘g‘risida bunday deb bo‘lmasdi: bu ayol, de Renal xonim jar
yoqasida turibdi, deya xulosa chiqargandi. Butun kun bo‘yi u, mar-
dona do‘stlik tuyg‘usiga bo‘ysunib, dugonasi o‘zini qanday dahshatli
xavf-xatarga qo‘yayotganini mash’um bo‘yoqlarda tasvirlab bermoq
uchun uni turli uchiriqlar bilan bezor qildi.
De Renal xonim Jyulen bilan yolg‘iz qolishni sabrsizlik bilan kut-
moqda edi: yigit hali ham uni sevadmi yoki yo‘qmi – u tezroq shuni
so‘rashni istardi. Tabiatan benihoya beozor bo‘lishiga qaramay, u
dugonasiga bir necha marta, meni o‘z holimga qo‘y, deb aytmoqchi
ham bo‘ldi.
Kechqurun Dervil xonim hiyla ishlatib, de Renal xonim bilan Jyu-
lenning o‘rtasiga o‘tirib oldi. Hozir Jyulenning qo‘lini mahkam qisib,
uni labimga bosaman, deb orzu qilib yurgan de Renal xonim yigit
bilan bir og‘iz ham gaplasha olmadi.
Bu to‘siq uning qalbidagi iztirobni kuchaytirdi, xolos. Shu tobda
u afsus-nadomat bilan o‘zini-o‘zi yozg‘irmoqda edi. O‘tgan kecha
xonasiga kirib kelganida u Jyulenni telbaligi uchun shu qadar qattiq
koyigan ediki, endi birdan bugun kelmasa-ya, deb xavotirlanmoqda
edi. U bog‘ni vaqtli tark etib, xonasiga kirdi-da, ichkaridan qulflab
oldi. Biroq betoqat bo‘lib bir joyda o‘tira olmadi. U yo‘lakka chiq-
di-da, Jyulenning eshigi oldiga borib quloq soldi. Ammo hadiksirash
va ehtirosdan qanchalik azob chekmasin, ichkariga kirishga jur’at
etmadi. Shunday qilsa unga juda ham past ketadigandek tuyuldi,
101
chunki provinsiyada bunday qiliqlar maynabozlik qilish uchun bit-
mas-tuganmas mavzu hisoblanardi.
Ba’zi xnzmatkorlar hali uyg‘oq edi. Oxiri ehtiyotkorlik yuzasidan
de Renal xonim o‘z xonasiga qaytishga majbur bo‘ldi. Ikki soat kutish
unga tinimsiz azobda o‘tgan ikki asrdek tuyuldi.
Biroq o‘zi «burch» deya ataydigan narsaga g‘oyat sodiq bo‘lgan
Jyulen tuzib qo‘ygan rejasidan xiyol bo‘lsa-da, chetga chiqmaslik shart
deb hisoblardi.
Soat kechasi birga zang chalgani zahoti u xonasidan asta chiqdi-da,
janob de Renalning qattiq uxlab yotganiga ishonch hosil qilgach,
bekaning oldiga kirdi. Bu gal u o‘z rolini ijro etish haqida kamroq
o‘ylagani uchun ma’shuqasi og‘ushida o‘zini baxtliroq his etdi. Endi
uning ko‘zi ochilib, qulog‘i eshita boshlagan edi. De Renal xonimning
o‘z yoshi to‘g‘risida aytgan gapi esa uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini
birmuncha oshirdi.
– Yo Xudoyim! Men sizdan o‘n yosh kattaman axir! Nahot meni
sevishingiz mumkin bo‘lsa? – deya takrorladi xonim. Chunki bu fikr
uning qalbini o‘rtamoqda edi.
Jyulen uning nima sababdan bunday xafa bo‘layotganini tushun-
masdi. Biroq u ayolning sidqidildan xafa bo‘layotganini ko‘rib, o‘zining
kulgili ko‘rinishidan cho‘chiganini deyarli unutib qo‘ydi.
Nasl-nasabi past bo‘lgani tufayli unga xizmatkor-o‘ynash kabi
munosabatda bo‘lishlari haqidagi ahmoqona xavfsirash g‘oyib bo‘ldi.
Jyulenning jo‘shqinligi uning tortinchoq ma’shuqasi qalbiga orom
bag‘ishlagani sayin xonim asta-sekin ko‘ngli joyiga tushib, seviklisiga
razm sola boshladi. Ularning baxtiga bugun Jyulenning qiyofasida
kechagi tashvish alomatlari deyarli sezilmasdi. Kechagi uchrashuv
esa shu tashvish tufayli uning uchun lazzatlanish emas, balki shun-
chaki bir g‘alaba bo‘lib qolgandi. Agar de Renal xonim Jyulenning rol
ijro etayotganini sezib qolganida bormi, bu qayg‘uli kashfiyot uning
butun baxtini abadulabad zaharlagan bo‘lardi. Buni u yoshlaridagi
katta farqning ayanchli oqibati, deb hisoblardi, albatta.
Garchi de Renal xonim muhabbat masalalari xususida hech qa-
chon o‘ylab ko‘rmagan bo‘lsa-da, provinsiyada sevgi bobida so‘z ket-
ganida, yoshlardagi farq davlatmandlikdagi tafovutdan so‘ng mazax
qilish uchun eng sevimli mavzu ekanligidan xabardor edi.
Oradan bir necha kun o‘tdi, Jyulen bekasini yoshlikka xos jo‘shqin-
lik bilan benihoya sevib qoldi.
102
«Yo‘q, chindan ham u juda mehribon ayol, naq farishtaning o‘zgina-
si, – deya mulohaza yuritardi yigit o‘zicha, – go‘zalligini aytmaysizmi,
unga teng keladigani bo‘lmasa kerak o‘zi».
U rol bajarish haqidagi fikrni deyarli miyasidan chiqarib tashladi.
Bir kuni samimiyligi tutib ketgan paytda xonimga u hatto o‘zining
barcha hadiklari haqida gapirib ham berdi. Uning bu iqrori qanday
jo‘shqin muhabbat bilan qarshi olinganini bilsangiz edi! «Demak, u
mendan boshqa hech kimni sevmagan ekan-da!» – deya shavq ila
takrorlardi ichida de Renal xonim. Xonim hatto siz e’zozlab yurgan
anavi portret kimniki edi, deb so‘rashga ham jur’at etdi. Jyulen bu
erkak kishining portreti edi, deb qasam ichdi.
Ahyon-ahyonda, nisbatan sovuqqon bo‘lgan va mulohaza yurita
olgan paytlari xonimning butun vujudini cheksiz hayrat tuyg‘usi
qoplab olardi, dunyoda shunday baxt mavjud ekan-u, u esa buni hatto
xayoliga ham keltirmabdi.
«Eh! Jyulen bilan o‘n yil ilgari uchrasha qolsam nima bo‘lar-
di-ya, – deya xayolan xitob qilardi u, – o‘shanda har qalay ancha
ko‘hlikkina edim».
Turgan gap, Jyulenning miyasiga bunday fikrlar kelmasdi. Uning
sevgisi hali ma’lum darajada shuhratparastlikdan ozuqa olardi: u
hech kim pisand qilmaydigan qashshoq, yo‘qsil bir yigit bo‘la turib,
shunday go‘zal ma’shuqaga ega bo‘lganidan boshi osmonda edi.
Uning zavq-shavqi, o‘z mahbubasining go‘zalligi oldida sajda qilishi
oxiri xonimning yoshlaridagi farqdan hadiksirashini birmuncha
tarqatib yubordi. Agar xonimning xiyol hayotiy tajribasi bo‘lganida
edi (ma’rifatliroq jamiyatda o‘ttiz yoshli ayol bunday tajribani allaqa-
chon orttirgan bo‘lardi), u bunday muhabbat uzoqqa borarmikin,
deya qo‘rqib, tinimsiz azob chekardi, chunki bu sevgi hamma narsa
yangilik bo‘lgani, barcha tuyg‘ular kishini hayratga solib, nafsoniyatni
qitiqlayotgani uchungina yashayotgandek tuyulardi.
Jyulen o‘zining izzattalab orzularini unutgan kezlarida de Renal
xonimning hatto shlyapalaridan tortib ko‘ylaklarigacha mahliyo
bo‘lib tomosha qilishi mumkin edi. Yigit ularning muattar isini
tuyib, mast bo‘lguvchi edi. U bekaning oynali javonini ochib, u yerda
hukm surgan go‘zallik va tartibdan bahra olardi. Bunday paytlarda
ma’shuqasi Jyulenning pinjiga kirib, unga tikilib turardi, uning o‘zi
esa kelinlar odatda nikoh arafasida to‘y savatiga terib qo‘yadigan
103
barcha sarpo bilan qimmatbaho taqinchoqlarni zavq bilan tomosha
qilardi.
«Shunday odamga erga tegishim mumkin edi-ku axir! – deya
o‘ylardi de Renal xonim. – Bunday otashqalb inson kamdan-kam
topiladi. U bilan yashash qanday lazzatli bo‘lar edi-ya!»
Jyulen masalasiga kelsak, u umri bino bo‘lib hech qachon ayollar
artilleriyasining bu qudratli zambaraklariga bunday yaqin kelgan
emasdi. «Bundan go‘zalroq liboslar Parijda ham topilmasa kerak!»
– deya xitob qilardi u o‘zicha. Bunday daqiqalarda u endi o‘z bax-
tiga raxna solishi mumkin bo‘lgan har qanday to‘siqni ham pisand
qilmay qolardi. Ma’shuqasining chin ko‘ngildan zavq-shavqqa be-
rilishi, uning sururi aloqalarining birinchi kunlari Jyulenni tadbirkor
va bema’ni qilib ko‘rsatgan o‘sha ayanchli mulohazalarni butunlay
unutishga majbur etardi. Shunday damlar bo‘lardiki, o‘zining do-
imiy riyokorlik qilish odatiga qaramay, uni sevadigan bu asilzoda
xonim oldida hayot qoidalaridan mutlaqo bexabar ekanligiga iqror
bo‘lish Jyulenga qandaydir izhor qilib bo‘lmaydigan bir quvonch
bag‘ishlardi. Ma’shuqasining oliy nasabi beixtiyor Jyulenning ham
nufuzini oshirmoqda edi. De Renal xonim ham, o‘z navbatida, barcha
kelajagi porloq, deya bashorat qilayotgan bu iste’dodli yigitga har xil
mayda-chuyda ishlarga rahnamolik qilishdan ruhan lazzatlanardi.
Hatto prefekt yordamchisi va janob Valenoning o‘zi ham Jyulenga
qoyil qolishgandi, shu boisdan xonim endi, bu odamlarning bari men
o‘ylaganchalik ahmoq emas ekan shekilli, deya o‘ylab qolgandi. Yolg‘iz
Dervil xonimgina Jyulenga nisbatan bunday his-tuyg‘ularni namoyish
etishdan o‘zini olib qochardi. O‘z gumonidan qattiq iztirobga tushgan
va ezgu nasihatlari butunlay es-hushini yo‘qotib qo‘ygan dugonasining
zardasini qaynatayotganini ko‘rgan Dervil xonim hech qanday izoh
bermay Verjidan jo‘nab ketdi: darvoqe, undan izoh so‘rashga jur’at
ham etishmadi. De Renal xonim avvaliga biroz yig‘lab oldi-yu, biroq
tezda o‘zini ilgarigiga qaraganda ancha baxtliroq his eta boshladi.
Dugonasi jo‘nab ketganidan so‘ng u deyarli hamma vaqtini o‘ynashi
bilan o‘tkazadigan bo‘lib qoldi. Jyulen hamma vaqtni ma’shuqasi bilan
o‘tkazgan paytlarda juda huzur qilardi, boz ustiga, uzoqroq yolg‘iz
qolgan kezlari Fukening taklifi hamon uning ko‘nglini bezovta qil-
moqda edi. Bu yangi hayotning birinchi kunlarida shunday daqiqalar
ham bo‘lgan ediki, shu paytga qadar qalbida sevgi his etmagan va
104
hech kim tomonidan sevilmagan Jyulen mug‘ambirlik qilmay, o‘zini
samimiy tutishdan g‘oyat lazzatlanib, de Renal xonimga bir necha
bor shu kungacha o‘zining hayoti mazmunini tashkil etgan shuhrat-
parastligi haqida gapirib berishga jazm etdi. U Fukening negadir
hanuzgacha xayolidan nari ketmayotgan taklifi to‘g‘risida xonim bilan
maslahatlashmoqchi bo‘ldi-yu, ammo arzimas bir voqea uning butun
samimiyatiga chek qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |