MASALALAR
|
RUBELLA
|
Yuqori yuqumli, 90%
|
Yuqori yuqumli emas
|
Prodromal bosqich mavjud
|
Prodromal bosqich yo'q
|
Kuluçka 1 - 2 hafta
|
Kuluçka 2 - 3 hafta
|
Alomatlar 10 kun davom etishi mumkin
|
Semptomlar taxminan 5 kun davom etadi
|
Limfa tugunlari har doim ham shishmaydi
|
Limfa tugunlari doimo shishib ketadi
|
Koplik dog'lari mavjud
|
Forsxaymer dog'lari mavjud
|
Hozirgi fotofobi
|
Fotofobi yo'q
|
Yuqori isitma yoki undan yuqori 40oC
|
38.3 yoki undan past haroratda isitmaoC
|
Döküntü dog'lar bo'lgan dog'lardir
qo'shilishi mumkin
|
Döküntü tez ketadigan dog'lardir
|
Skarlatina (lot. scarlatum — och qizil rang) —aksariyat bolalarda uchraydigan infeksion kasallik. Isitma, umumiy intoksikatsiya, murtak bezlari va tomoqning yalligʻlanishi, teriga mayda toshmalar toshishi va h.k. bn kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi A guruhiga mansub gemolitik streptokokklar. Kasallik manbai — bemor, shuningdek, boshqa streptokokkli infeksiya (angina, faringit)lar bilan ofigan kishilar. Infeksiya havotomchi yoʻli orqali yuqadi. Baʼzi bemor foydalangan oʻyinchoq, idishtovoklar va boshqa ham S. tarqalishiga sabab boʻladi. Koʻproq 2— 6 yashar bolalarda kuzqish oylarida uchraydi. Yashirin davri oʻrtacha 2—7 kun. Odatda, toʻsatdan boshlanadi. Gavda harorati tez 39—40° gacha koʻtarilib, bemor holsizlanadi, boshi va tomogʻi ogʻriydi, koʻpincha qusadi. Kasallikning dastlabki kunlarida terida qizil, mayda nuqtasimon toshmalar paydo boʻladi. Tomoqda S.ga xos angina alomatlari koʻzga tashlanadi, qizargan yumshoq tanglay qattiq tanglayning oqish shilliq qavatida yaqqol ajralib turadi. Til qalin karash bilan qoplanadi. Jagʻ osti bezlari katgalashadi va paypaslaganda ogʻriq seziladi. Kasallikning avj olgan davri 4—5 kun davom etadi. Bu davrda angina, limfa bezlarining kattalashishi, toshmalar ortib boradi. Gavda harorati 39° va undan ham yuqori boʻladi. Bemorning eshushi xiralashishi, alahlash hollari kuzatilishi mumkin. 4—5 kundan soʻng harorat pasayib, bemor oʻzini yaxshiroq his qiladi. Til uchi tomonidan karashdan tozalanib boradi. Undan musaffo boʻlgach, til malinaga oʻxshab qipqizil boʻlib qoladi. Kasallikning 6kunlaridan sogʻayish davri boshlanadi. 10kunlariga kelib kasallikning barcha alomatlari yoʻqoladi. Kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab terida pust tashlash kuzatiladi, badandan mayda kepaksimon, qoʻl va oyoq kafti, panjalardan poʻst palahsa boʻlib koʻchadi. S.ning yengil, oʻrtacha ogʻir va ogʻir turlari ajratiladi. Kasallikning dastlabki kunlaridan boshlab qonda yaqqol ifodalangan leykotsitoz, eozinofiliya, oʻzgarishlar roʻy beradi. Eritrotsitlarning choʻkish tezligi (ECHT) ham ortib, soatiga 30–50 mm ni tashkil qilish mumkin. S.ning barcha turlarida ham turli asoratlar: nefrit, limfadenit, sinusit, yuraktomir sistemasining jarohatlanishi va boshqa kuzatiladi. S. bilan ogʻrigan bola, albatta, oʻrinkoʻrpa qilib yotishi shart, uni kasalxonaga yotqizishyotqizmaslikni vrach hal qiladi. Kasallik yengilroq kechganida bemorni uyda davolash mumkin. Davosi. Bemorning ogʻzi va tomogʻi 2%li soda eritmasi yoki 1:5000 nisbatdagi furatsillin eritmasi bilan chayib turiladi. Eritromitsin, penitsillin, bitsillin5 va boshqa antibiotiklar 7 kun davomida beriladi. Allergiyaga qarshi preparatlar qoʻllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |