“Qiz bolaning kasbi –uning baxti” tadbir sehariysi
Boshlovchi:Assalomu- alaykum hurmatli davramiz qatnashchilari, aziz ustozlar, onajonlar,tengdoshlar. Assalomu- alaykum qimmatli vaqtini ayamay bugungi tadbirimizga ishtirok etishni ixtiyor qilgan qadrli insonlar.Xush kelibsizlar Bugungi”Qiz bolaning kasbi –uning baxti” deb nomlangan tadbirimizga.Shu o’rinda shoirning iboli qizlar haqida yozgan ajoyib she’rini yodga olmay ilojimiz yo’q.
Ko’cha kuyda yurmaganlar, kalta yubka kiymaganlar.
Tor shim nima bilmaganlar, Asli o’zbek go’zallari
Chaqqondirlar har ishda, Hunarli qiz farishta.
Bilimli qiz sarishta, Asli o’zbek go’zallari
Kanda qilmas salomini, shirin suxan kalomini.
Bilmas olam yomonini, asli o’zbek go’zallari
Hakamlar ha’yati bilan sizlarni tanishtiramiz
1.Maktabimizning M.M.IBDO,kasbhunarga yo’naltiruvchisi: Hamdamova Gulsara Ergashevna ,mehnat, rasm, chizmachilik uslub birlashmasi o’qituvchisi: Bo’ronova Gulsara Yusupovna , maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi:Arziqulova Fazilat Eshpo’latovna
Marhamat Guruhlar bilan tarnishing:
8-“A” sinfning” Qizilqum malikalari” guruhi .Guruh ishtirokchilari
Qo’li ko’ksida doim, so’zi shirin , muloyim.
Misoli Mohlaroyim, o’zbegimning qizlari.
1.Muzaffarova Maftuna
2Mirzoyeva Sarvinoz
3.Napasova Sitora
8-“B” sinfning “O’zbegim qizlari” guruhiGuruh ishtirokchilari
Mehmon kelsa , xush ko’rar, hol- ahvolini so’rar.
Uni mehrila o’rar, o’zbegimning qizlari.
1.Baxodirova Dildora
2.mahkamova Tursunoy
3.Sirojeva Robiyabonu
8-“V” sinfning “Orasta qizlar” guruhi.Guruh ishtirokchilari:
Ro’moli tushmas boshidan,o’sma tushmas qoshidan.
Ko’ylagi xon atlasdan ,o’zbegimning qizlari
1.Axtamova Nigora
2.Mustafoyeva Sug’diyona
3.O’roqova Shaxzoda
8-“G” sinfning “Lobar qizlar” guruhi.Guruh ishtirokchilari:
Kattalarga hurmatda, kichikkadir izzatda
Orastayu, oqila ,o’zbegimning qizlari
1. Rasulova Umida
2. Qodirova Ozoda
3.Muzrafova Gulnoza
Boshlovchi: Tadbirimizni boshlaymiz.1- shart ni “ An’analarga mos noananaviy usullar ” deb nomladik. Bunda qizlar tuxum bezatadilar. Bu mavzuni tanlaganimizning sababi shundaki, tuxum bilamiz vitaminlarga boy, to’yimli yegulik, lekin yosh bolalarning ko’pchiligi tuxumni xush ko’rmaydilar.Agar biz tuxumni noa’nanaviy bezatsak yosh bolalar ham , kattalar ham uni sevib iste’mol qilishadi..
1-shart ni 8- sinf qizlari bajargunlariga qadar 9- “A” sinf qizlari dolzarb mavzuni sahnaga olib chiqadilar.Marhamat tomosha qilamiz va qizlarning ishlarini ham kuzatib boramiz.
Boshlovchi:1- shartni hakamlar hay’ati baholagunlariga qadar 8-“A” sinf qizlari ishtirokida raqs tomosha qilamiz
Boshlovchi:1- shartni baholash uchun so’zni hakamlar hay’atiga beramiz
Boshlovchi:2- shartimiz”Yamoq tikish”deb nomladik.Deylik eng yaxshi ko’rgan kiyimimiz yirtilib qoldi,uni darhol tashlab yubormasdan, unga o’zgartirishlar kiritib, yamoq solib ko’rishga harakat qilamiz.Qizlardan bugun zamonaviy dizayn asosida yamoq solish talab qilinadi. 2-shart ni 8- sinf qizlari bajargunlariga qadar 9- “B” sinf qizlari dolzarb mavzuni sahnaga olib chiqadilar.Marhamat tomosha qilamiz va qizlarning ishlarini ham kuzatib boramiz.
Boshlovchi: 2- shartni baholash uchun so’zni hakamlar hay’atiga beramiz
Boshlovchi:3- shartimiz “Vaziyatdan chiqish ” deb nomlanadik.Bunda qizlar 3ta asosiy masalliqdan ajoyib yegulik tayyorlab beradilar. 3-shart ni 8- sinf qizlari bajargunlariga qadar 9- “V” sinf qizlari dolzarb mavzuni sahnaga olib chiqadilar.Marhamat tomosha qilamiz va qizlarning ishlarini ham kuzatib boramiz.
Boshlovchi: 3- shartni baholash uchun so’zni hakamlar hay’atiga beramiz
Hakamlar hay’ati guruhlarni quyidagicha baholadilar:
T/r
|
Shartlar
|
” Qizilqum malikalari” guruhi
|
“O’zbegim qizlari” guruhi
|
“Orasta qizlar” guruhi
|
“Lobar qizlar” guruhi
|
1
|
“ An’analarga mos noananaviy usullar”
|
7
|
8
|
7
|
10
|
2
|
”Yamoq tikish”
|
8
|
10
|
7
|
10
|
3
|
“Vaziyatdan chiqish ”
|
8
|
10
|
10
|
10
|
|
Jami ballar
|
23
|
28
|
24
|
30
|
|
|
|
|
|
|
Sinf o’quvchilariga quyidagi nominatsiyalar bo’yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandilar:
” Qizilqum malikalari” guruhi qizlariga “Orasta qizlar”, “O’zbegim qizlari” guruhi qizlariga “Pazanda qizlar”, “Orasta qizlar” guruhi qizlariga “Tikuvchi qizlar”, “Lobar qizlar” guruhi qizlariga ”Zukko qizlar” nominatsiyalari berildi.
3-fevral 2016 yil.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |