Ona tabiat chiqib keladi. Salom Quyosh tafti otash. Quyosh



Download 18,94 Kb.
bet1/3
Sana08.07.2022
Hajmi18,94 Kb.
#758593
  1   2   3
Bog'liq
Tadbir


Tabiat va inson tadbir ssenariysi
Sahna oldida 4ta lola turadi parda sekin ochiladi. Musiqaga mos lolalar uyg’onishadi. Sahnaga ona tabiat chiqib keladi. -Salom Quyosh tafti otash. - (Quyosh)salom ona tabiat. -Quyosh chiqding ufdan handon, cho’qqilarda yondi shafaqing. Zar to’n kiyib otash nurlaring. -(Quyosh) seni sevaman ona tabiat, endi kulay hamma vaqt. Musiqaga o’ynab chqib ketadi. Boshlovchilar chiqib kelishadi. 1-boshlovchi: Bu olamni katta bir boqqa o’xshatsak, siz uning mevali daraxtlarisiz. Bu ko’rkam hayotni bir ummon desak siz uning ulug’vor daryolarisiz 2-boshlovchi: Bizchi bu daryoning sho’x irmoqlari bu olam bog’ining navnihollari. Ulug’vor daryolar sizga assalom, yosh va sho’x irmoqlar salom assalom 1-boshlovchi: assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar. 2- boshlovchi: assalomu alaykum bugungi tabiat va inson tadbiri qatnashchilari. Tadbirimiz boshida go’zal bahorni tarannum etuvchi raqs tomosha qilamiz marhamat. (bahor valsiga raqs ijro etiladi)
1-boshlovchi: tabiat bu bizning onamiz. O’zimiz tug’ilib o’sgan joy ham tabiatning bir bolagidir. 2-boshlovchi: Tabiat bizni kiyintiradi, yedirib ichiradi quvontiradi. Tabiatni asrash esa har birimizning burchimizdir. Afsuski tabiat bizning sog’lig’imiz uchun ko’p ne’matlarni berayotganini hamma ham anglab yetolmaydi. 1-boshlovchi: keling hozir tabiat va inson o’rtasidagi munosabat haqida bir hikoya tinglaymiz. 1-o’quvchi (O’quvchi) Atrof qanday chiroyli, yam yashil maysa gullar. Bu go’zallik oldida so’zga ojizdir tillar. 2-o’quvchi(O’quvchi) Bir yonimiz daraxtzor bir yon alvon lolazor. Unda yashar turfa hil, hayvonu qush va jondor. Keling ular tilidan bir hikoyat so’zlaymiz, so’ngra fikrni jamlab, hulosa chiqaramiz. 3-o’quvchi(O’quvchi) yashil o’rmon daraxtzor unda hamma jonzot bor. (5ta o’quvchi daraxtlardek kiyinib oladi, orasidan quyon chiqib keladi) -(quyon O’quvchi) qishda qorday rangim oq, yozda kulrang qoraroq. Agar shunday bolmasa, holim kechadi qandoq.(quyon sakrab daraxtlar ortiga ketadi, bo’ri kirib keladi) -(bo’ri O’quvchi) Men bo’riman bo’riman, hayvonlarning zo’riman. Shox arslonning o’ng qo’li, quyonlarning sho’riman. Mana quyonning izi, qaydandir kelar hidi. Izlayin qayda o’zi balki mendadir ko’zi.(atrofga alanglaydi) qayda qolding quyonvoy, yashirinmay kelaqol. (bo’ri daraxtlar ortiga o’tib ketadi, daraxtlar silkinadi) -(bir daraxt O’quvchi) do’stlar nima qilamiz quyonni yashiramiz. Yo’lin poylab bo’rini, quritqmiz sho’rini. -(shunda bir daraxt 6-b Dilobar) qarang qarang kim kelar, biz tomon yeldek yelar. Axir bu go’zal jayron, ne yugurar men hayron. –(jayron yugurib keladi O’quvchi) ey do’stlarim daraxtlar, meni himoya eting. Ortimdan ko’p olomon quvar meni ho’p yomon. Jonimni etib omon, qo’rqinchdaman men hamon. (daraxtlar shohini egib jayronni yashirishadi. Shu payt bir to’da odamlar yugurib kelishadi) -(odamlar O’quvchi) qani joyron bir zumda ko’zdan g’oyib bo’ldiku. Bizlar qolib tashvishga, juda holdan toydikku. -(odamlardan biri O’quvchi) kelinglar shu makonda to’xtaylik birozgina. Jayronni tutish qochmas, dam olaylik sozgina. - (O’quvchi ) Tustovuqdan dimlama, quyonkabob qilamiz.( ular davraqurib o’tirib, archa shohlaridan qirqib, olov yoqib ovqat pishira boshlaydi. Shunda odamlar yagidagi maysalar qichqirishadi.) -(maysalar O’quvchilar.) opala jon akalar, Bizga yordam beringlar, bizni toptab ezdilar, uyimizni buzdilar. Oq qog’ozdagi cho’g’ni, tanamizga bosdilar. - (bir archa tilga kiradi O’quvchi) bu qanday zo’ravonlik Bu qandayin jaxolat. Qo’llarimni kesdilar, so’ng olovga bosdilar. Mana bir mitti qushcha, Yurak bag’rini tig’lar. Nobud bo’lgan onasin, Ko’rib u zor zor uig’lar. (Qush bolasi onasini izlab kelgan, odamlar uning onasini pichoq bilan kesib, archa shohlariga ilib olovga qo’yganini ko’rib yig’laydi.( qushcha O’quvchi) – Ey zolimlar zolimlar, topib bering onamni, yakkayu yagonamni. Endi qanday ko’ray kun onamsiz qo’rqinchli tun. ( jayronning hayoliga bir fikr kelib qoladi Hulkaroy)- Keling butun jonivorlar, bir joyga jam bo’laylik. O’rmon shohi arslonga arzimizni aytaylik. (barcha jonivorlar arslon yoniga borishadi) –( arslon O’quvchi) ho’sh jonvorlar kelinglar, nega mayus, xomushsiz? Arzlaringizni so’ylanglar, birgalikda hal qilurmiz. - ( jayron qo’rqa pisa so’z boshlaydi Hulkaroy) Holimiz ne kechadi, bilmay qoldik biz shohim. Kecha yo’qoldi bolam, ko’klarga yetdi ohim. Mana bugun to’palon hamma jabr ko’rmoqda . Shunday go’zal tabiat yo’qlik sari ketmoqda. (arslon bir nara tortadi) - Bu qanday hol bedodlik, Bu dahshat-ku yovuzlik. Ularga qanday chora ko’rmoq kerak ekan-a. (biroz u yoq bu yoqqa yurib o’ylaydi) - Men o’yladim men topdim, Barchamiz har tarafdan, O’rab qurshab boramiz, gar bizga tashlansalar, biz ham hujum qilamiz. Qani olg’a do’stlarim tabiat uchun kurashaylik. O’z haddini bilmagan yomonlar bilan olishaylik. (Bir o’quvchi) - Dupur dupur boshlandi kimning ko’zi yoshlandi. Tabiatni horlagan insonlar ham ho’rlandi. ( odamlar kechirim so’rashadi)- Kechir bizni dov daraxt, kechiring bizni hayvonlar. Kechir ona tabiat, hazon bo’lgan maysalar. ( ular insonlarni kechirishadi va barchalari birgalikda qo’l ushlashib) – Keling aziz do’stlarim, tabiatni asraylik. Toza havo yer suvni, o’rmonlarni saqlaylik. Zero shu tabiatdan bunyod bo’lgan jismimiz, shu tabiat qo’ynida go’zaldir har onimiz 1-boshlovchi: mana biz hammamiz tabiat qo’ynida bo’layotgan voqealarni guvohi bo’ldik. 2-boshlovchi: demak tabiatdagi hayvonlar ham o’t o’lanlar ham,tirik jonzotlar ekanda. Qissadan hissa shuki biz hech qachon tabiatni yomon holga tushirib qo’ymasligimiz, uni asrab avaylashimiz kerak. 1-boshlovchi: Atrofimizga bir qarang, tabiat juda go’zal, bundan biz zavqlanamiz. Shuning uchun biz daraxtlar shohini sindirmasligimiz, o’t o’lanlarni payhon qilmasligimiz lozim. 2-boshlovchi: tabiatda o’simliklar singari hayvonot olami ham juda rang barang. Ayniqsa qushlarning tashqi ko’rinishi, jarangdor ovozlari insonlar kayfiyatini ko’taradi. Keling davramizga qushlarni taklif etamiz. 1-boshlovchi: Assalom dunyoni bezagan qushlar , Bugun bayram sizni barcha olqishlar , Nomingizni ayting taniylik sizni, davramizga qo’shilib shod eting bizni. (saxnaga qushlar chiqishadi.) Qaldirg’och O’quvchi Qaldirg’ochman bahordan darak berib turaman, Loy va xas cho’pni tashib shiftga uya quraman. Ayvonidan joy berdi hatto menga odamzod, tong, sahar chug’irlashib qilaman ko’ngilni shod. Afrika, Hindistonda qishlab keldim charchadim, bugun bayram ekanku joy beringlar do’stlarim. Boyo’g’li : Men boyqushman patlarim chipor va sarg’ish, Boshimni egib mudom qilarman xonish. Kuzataman dunyoni tepada turib, O’z o’zig’im poylayman tunda ov’qilib. Foydali qushman men ham safingizda turaychi, o’troq qushman yumushim, xo’v o’sha kemiruvchi. Hamma: Og’ir bosiq boyo’g’li, marhamat kelgin, bizlarni ham o’zinga do’st deya bilgin. Jiblajibon: Turimiz ko’p ahillikda bizdan o’tmas biror jon, Jajji qushmiz rang barang nomimiz jiblajibon. Zax joyga uya qurib olti bola ochamiz, Hashoratlarni qirib bolamizni boqamiz. Yugurdakmiz juda chaqqon dumimizdan tanishar, Bizni ko’rib do’stlarimiz saflariga olishar. Hamma: Keling marhamat jajji qush jiblajibon, Davramizga qo’shilgin bo’lgin sog’-omon.
Vahmaqush: Og’irligin 10 gram, juda mitti qushchaman . Daraxtning shohlariga namatdan in quraman. Vahmachi demang aslo nomim mening vaxmaqush, O’zgartirib rangimni ishim doim ov qilish. Qishlash joyim bilsang Eron , Hindiston, Bag’ringdaman men bugun xur Vatan O’zbekiston. Hamma: Sizni do’st deb bilamiz vaxmaqush o’zimizga, Oldinroqdan joy olib ko’rining ko’zimizga. Oqqush: Noyob qushlar safidan joy olgan oqqushdirman, Chiroyli qanotim bor hammadan soz qushdirman. Maskanim ochiq qo’llar va Orol dengizi, boshimni egib goho dam olaman kunduzi. Patlarim hammadan ko’p qush o’zimman bilsangiz, Men ham sizga do’stdirman qatordan joy bersangiz Hamma: Xush kelibsan oqqushjon, Bo’l bugun bizga mexmon. Turna: Men turnaman gala bo’lib samolarda uchaman, Uchib o’tuvchi qushman ehtiyotkor bo’laman. Ozig’im yashil poya, don, baqa va molyuska, Xushovoz tovush bilan uchaman men olisga. Birpasgina davrangizga keldik biz, umr bo’yi sho’x va shodon bo’ling siz. Hamma: Davrammizga xush kelding go’zal turnaoy, raqsga tushib berarsan bugun hoynahoy. Hamma qushlar: Tabiatning ko’rkimiz barchamiz ahil-inoq, Foydamiz tegar sizga biz bilan bo’ling o’rtoq Raxmat sizga odamlar, bayram bilan kutdingiz, barcha qushlarni yig’ib ko’nglimiz shod etdingiz. Hayr endi do’stlarim in qurishga shoshaylik, Yurtni obod qilishga hissamizni qo’shaylik. 1- boshlovchi: mana aziz mehmonlar qushlarni ham o’z uyalariga kuzatdik. Ularni asrab avaylasak tabiat go’zalligiga yanada chiroy qo’shgan bo’lamiz. 2-boshlovchi: inson salomatligi uchun tabiat ne’matlarining ahamiyati katta, ayniqsa bog’bonlarimiz yetishtiradigan shirindan shakar mevalarimiz judayam vitaminlarga boy. Ho’sh ularning bizga qanday foydasi bor ekan. Kelinglar buni mevalarning o’zlaridan eshitsak. - (bir o’quvchi O’quvchi) Bor ekanda yo’q ekan, och ekanda to’q ekan, Qadim qadim zamonda, nomi yo’q bir tomonda. Katta bir bog’bor ekan, Unda bog’bon chol bor ekan. Bir kun bog’da daraxtlar, shox saylamoq bo’ldilar, shu masala yuzidan, bog’bonga arz qildilar. Tinglab daraxtlar arzin, debdi bog’bon ularga.... Bog’bon O’quvchi. Insonga eng keragin shox qilayin sizlarga. Endi so’zlang birma bir, qanday foydangiz bordir. Yong’oq O’quvchi. Xotirani mustahkamlar mayiz bilan yesang qo’shib, Barglarimni qo’ysang agar pashsh, kuya ketar qochib. Olma O’quvchi Juda hushbo’y hidim bor, Menda vitamin bisyor, Kimda bor zob kasali, urug’imdir foydali. Sharbatim juda hushta’m, semirtirmaydi hech ham. Behi O’quvchi. Meni oshga solishar, hatto qilishar do’lma. Mening hidim ham hushbo’y, qarindoshimda olma. Ichimni o’yib asta dimlashadi qasqonda, yeyishadi azonda. Anjir O’quvchi Sutga solib qaynatib ishgan mahal, chekinadi sizda bo’lsa gar yo’tal. G’amlasangiz mendan qilib murabbo, qishda bo’lmas shomollashda muammo. Tut O’quvchi Bahorning ilk mevasiman, baxsh etaman sizga darmon. Isitmangiz tushiraman, mevamdan yeng ko’payar qon. Ananas O’quvchi Ajnabiyman foydam bo’lmasa agar, narhim ham bo’lmasdi baland bu qadar. Mashhurman nomimdir mening ananas, menga hech bir meva kelolmaydi bas. Shaftoli O’quvchi. Mening ismim shaftoli, mevam juda foydali. Turlarim ko’p mendayin, meva yo’qdir mazzali. Uchrayman hamma joyda, barglarim ko’pi foyda. Damlama qiling undan terlataman bir zumda. Gilos O’quvchi Gullayman qiyg’os chaman, ishtahani ochaman. Sharbatim ham mazzali keling boqqa yegali. Anor O’quvchi. Yesangiz meni oqshom, yurakka beray orom. Dilingizga zavq sochay, Ishtahangizni ochay. Qorningiz og’rib qolsa, po’stlog’im bo’lar davo. Nok 6-e O’quvchi Qomatim ham zap kelishgan, ko’rkidirman dasturhonni. Gar tanangiz zaharlansa, tozalayman shunda qonni. Uzum 6-e O’quvchi Tanamdagi jingalak davo bosh-u quloqqa. Og’risa buyrak, yurak , yegali keling boqqa. Yangi bargim bor choyda, mazza bo’lar ham foyda. Hamma: aytingchi bog’bon bobo, qaysi meva eng a’lo. Bog’bon: Shirin shakar barchangiz, insonga ko’p foydangiz. Aytayin so’ngi so’zim, sira hafa bo’lmangiz. Kamtarga derlar kamol shoh sizlarga ne darkor. Tengi yo’qsiz hammangiz, ta’m lazzat bor betakror. 1- boshlovchi: mana mevalarning inson uchun qanday foydasi borligini ham bilib oldik. Inson umri hamma narsadan azizdir, biz uzoq umr ko’rishimiz uchun sog’lig’imizga e’tibor berishimiz shart. 2-boshlovchi: sog’liqni asrash uchun esa, a’zolarimizning tozaligiga rioya qilishimiz, spirtli ichimliklar, tamaki, narkotik moddalardan saqlanishimiz zarur. Hozir biz a’zolarimiz so’zlarini tinglab ko’raylikchi ular bizga nima deyisharkin. Ko’zlar 8-a O’quvchi Dunyoni anglaydi inson biz bilan. Borliqni kuzatar faqat biz bilan. Biz tufayli insonga yorug’ bu olam. Bizsiz zimistonda qolgaydir odam. 2-ko’z 8-d O’quvchi Tabiatning bor go’zalligin, Oy, Quyosh, yulduzlar va koinotning. Barini odamzod anglar biz bilan, ota ona, farzand, qarindosh urug’, Barchasining diydoriga to’yar biz bilan. Shuning uchun qadrimizni bilib Ollohim, Boshning tepasidan bizga joy bergan. Qoshni soqchi qilib koprikdan o’q yoy, Qovoqlardan ajib darparda qilgan. Quloqlar 8-a O’quvchi Suvlarning shildirashi qushlar sayrashi, Odamzod ko’ngliga huzur bag’ishlar. Yoqimli kuy navo qo’shiqlar, Insonlarga yaxshi kayfiyat berar. Bularning hammasi bizlar tufayli. O’z yaqinlarining yoqimli sasi, Yuragiga dalda malham beruvchi, Ota ona, ustoz, bobo, buvilar, o’git nasihatlari barcha barchasin, Eshitib qalblarga jo qilish asli, Bularning barchasi bizlar tufayli. Og’iz 8-d O’quvchi Men tufayli hayot go’zal desam, nechun deya so’rarsiz. Och qoringa hech gap yoqmas buni yaxshi bilarsiz. Jag’larim ovqat chaynar, tishlarim ovqat maydalar, tilginam ta’mni sezar tanglay yutib yuborar. So’ng esa qorin to’yar. Yegan kabi og’zimiz, shirin ham achchiq ovqat. Bir og’izdan eshitarsiz ham shirin ham achchiq gap. Shuning uchun deyishar, “til besuyak” bilib qo’y. Lekin tilsiz bir kungina, aziz tengdosh yashab ko’r. Qo’l va oyoq 8-a O’quvchi Insonlar orosida qo’l oyog’ing but. Shahdam qadam tashlash, eng katta boylik . Epchil chaqqon bo’lish, yurish yugurish, qanchalik baxtliligi, sizlarga tanish. Tengdoshlaring orasida mazzaku futbol tepish. Qizlarga to’y bayramlarda, zavqli-ku raqs tushish. Bizlar tufayli bularning bari shuni bilib qo’ygin inson bolasi. Bosh miya 8-a O’quvchi Hukmronlik menga mos, buyruq berish menga xos. Hammangni boshqaraman ham nazorat qilaman. Har joyda bor ayg’oqchim bordir 5 ta yordamchim. Bir vazirga suyanib ish ko’raman har doim. Aqlingiz menga bog’liq, zehningiz menga bog’liq. Ko’p o’qing bilim oling hammasi shunga bog’liq. Yurak 8-a O’quvchi Hamma a’zolarga havasim kelar. Chunki ular o’z vaqtida dam olib turar. Menchi ishlayman hech tinim bilmay. Ammo urib turaman hech afsus qilmay. Mening charchashim aslo mumkinmas. Uzoq vaqt to’htashimga yo’l qo’yib bo’lmas. Inson hayot momoti bog’liqdir menga. Yuraklarni chiniqtirib kiringiz mingga. O’pka 8-d O’quvchi Nafas olmasdan inson, qanday tashay oladi? Kislarodsiz odamzod, darhol halok bo’ladi. Hujayralar tirikdir, faqat kislorod bilan. Uni tashib yuradi qonimiz shiddat bilan. Shuning uchun o’pkangiz, asrang aziz bolalar, Chunki butun tanaga havo borara bizlardan. Jigar 8-a O’quvchi Asli to’playman qandni , ishlab chiqaman o’tni. Toqatim yo’q achchiqqa, hech yoqtirmayman sho’rni. Filtirlash mening burchim, shundadiz mening kuchim. Bo’lsin jigarim sog’lom,desangiz aziz o’g’lon, Ko’p siqilish mumkinmas, hatto qo’rqib ham bo’lmas. Diabed, serroz, sariq, men bilan bog’liq dardlar. Chekish ichish zarardir, siz saqlaning ulardan. 1- boshlovchi: 2-boshlovchi: Tingladik a’zolarimiz so’zlarini ham, Mana eshitdingiz ta’riflarni ham Chiroyli ko’zlaru nafsho’r og’izni. Sizga so’yladilar ichki a’zolar. Hushyor va ding turuvchi quloqlarni ham, Hukmron miyayu, quvnoq o’pkalar epchilgina qo’lu oyoqlarni ham. Kamtargina jigar-u betinim yurak. - Ularning barchasin asramoq kerak.

Download 18,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish