Mavzu. “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida. Qiyosiy pedagogikaning
nazariy -metodologik asoslari.
Reja:
1.1. Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o'rni.
Kursning
predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari. Qiyosiy pedagogikaning boshqa
pedagogika fanlaridan farqi. Mazkur fanni o‘rganishning dolzarbligi.
1.2. Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar.
Melioristik yondashuv,
tarixiy-falsafiy yondashuv,
fanlararo yondashuv, ma’lumotli yondashuv,
etnomadaniy yondashuv.
1.1.
Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o'rni. Kursning
predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari. Qiyosiy pedagogikaning boshqa
pedagogika fanlaridan farqi. Mazkur fanni o‘rganishning dolzarbligi
Qiyosiy
pedagogika
tushunchasi.
Qiyosiy
pedagogika
yoki
komparativistika
dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib,
turli
masalalarni, jumladan, o`sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi
muammolarining jahon mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan.
Qadim
zamonlardayoq, falsafiy ta’limotlar mazmunida turli xalqlar va
mamlakatlarda bolalarga qanday ta’lim-tarbiya berganliklari to`g’risida anchagina
ma’lumotlar mavjud edi. Ularda ta’lim-tarbiya
metodlari va qadriyatlari
umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan yosh avlodga hayotiy tajribani qanday
etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari tahlil qilingan edi.
Zamonaviy
tilda qiyosiy pedagogika
komparativistika
deb ham ataladi.
Komparativizm
(lot.
comparativis
-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma’nosini
anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini
aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida
mujassamlashtiradi. Ingliz tilida “
to compare
” ham “taqqoslash” degan ma’noni
anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida,
shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar
rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta’lim nazariyasida
“komparativistika” tushunchasi “qiyosiy pedagogika” tushunchasi bilan bir sinonik
qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini “
pedagogik
komparativistika”
deb atasa ham xato bo`lmaydi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq “qiyosiy
pedagogika” emas, balki “qiyosiy ta’lim” atamasi ishlatiladi. Zero, “ta’lim” (ing.
“
education
”) so`zi pedagogika (“pedagogie”) so`ziga nisbatan keng ma’noda
qo`llaniladi. Chet el pedagogik an’anasiga ko`ra “ta’lim” so`zi rivojlanish, ta’lim
va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika
faqat bolalarning
ta’limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham
chet el ta’rifida “qiyosiy ta’lim” (“
education compare
”) iborasini “qiyosiy
pedagogika” (“
pedagogie comparative
”) ga nisbatan ko`proq
ishlatilishini
kuzatamiz. Biz “qiyosiy pedagogika”, “pedagogik komparativistika”, “qiyosiy
ta’lim” va “komparativistika” tushunchalarini bir ma’nodosh so`zlar qatorida
qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik
nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez
aynan bir xil hodisa va
jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi
kunda “qiyosiy pedagogika” tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan.
Umuman olganda,