Insonparvar yondashuv
ta’lim jarayonida shaxs, uning o’rni, ahamiyatini
aniqlash yo’l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o’rinda pedagogning
ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o’rinda turadi. Turli
mamlakatlarda ta’limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish
hamda ta’limni insonparvarlashtirishda o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shgan
ta’lim va maorif arboblarini o’rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu
yondashuv turli ta’lim tizimlarida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro
munosabatni, u yoki bu ta’lim muassasasida har bir ta’lim oluvchining ijtimoiy va
individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.
Tarixiy yondashuv
turli davlatlarda ta’limning davrlar va o’zgarib boradigan
tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni,
dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga
oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta’lim tizimini shakllantirish va
rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni
hisobga olish zarur.
Madaniy yondashuv
jamiyatning umumiy madaniy rivojlanishi asosida
ta’lim jarayonida yuz beradigan o’zgarishlar, yuksalishlarni kuzatish imkoniyatini
beradi.
Etnopsixologik yondashuv
xalqlarning milliy xususiyatlari asosida milliy
qadriyatlari, urf-odatlari, an’analarining yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga ta’sirini
o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Har bir xalq, millatning o’zigagagina xos
madaniy-ma’naviy boyligi, mentaliteti ta’limning rivojlanishini belgilovchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi.
Aksiologik yondashuv
ijtimoiy tajribaning avloddan-avlodga o’tishi
jarayonida qadriyatlar va g’oyalarning hal qiluvchi ta’sirini tahlil qilishga yordam
beradi.
Qiyosiy pedagogika bugungi kunda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining
rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarining farqli xususiyatlarini qiyosiy
o’rganadi. Qiyosiy pedagogika mamlakatda tanlangan maktab siyosatini yangilash
va hayotiylashtirish uo‘llarini belgilashda maslahat berish, qabul qilingan qarorlar
natijalariga ta‘sir ko‘rsatadigan shart-sharoit, tanlangan siyosatning oqibatlarini va
uni amalga oshirish yo’llarining to’g’riligini oldindan ko’ra bilish kabi vazifalarni
tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |