- Hasharotlaming qanotlari ko‘krak qismining yon tomonidagi tana qoplag'ich burmasidan kelib chiqqan. Qanot juda yupqa ikki qavat plas- tinkaga о ‘xshash bo‘lib, har ikkala qavat о ‘rtasida juda tor tirqish bo‘ladi.
- Bu tirqish tana bo‘shlig‘ining davomi hisoblanadi. Qanotlardagi to‘rlar xitin naychalardan iborat. Naychalar orqali traxeyalar va nerv tolalari o‘tadi. To‘rlar qanotlar uchun tayanch vazifasini ham bajaradi. Qanotdagi to‘rlaming shakli sistematik guruhlami aniqlashda katta ahamiyatga ega. Qanot bo‘ylab joylashgan to‘rlar ko- stal, subkostal, radial, median, kubital, anal va yugal deb ataladi.
- Qanotlaming harakati juda murakkab bo‘lib, bir tomondan ulami hasharot tanasi bilan tutashish xususiyatiga, ikkinchi tomondan maxsus muskullaming qisqarishiga bog'liq. Odatda har bir qanot har xil yelkali richagdan iborat. Qanotlar ko‘krak tergitlari va plevritlariga yupqa elastik membranalar orqali tutashgan. Tutashish joyidan sal keyinroqda yon plastinkalaming kalta ustunchasi joylashgan. Bu ustuncha qanot richagi uchun tayanch vazifasini o‘taydi. Qanotlaming harakati quyidagicha sodir bo‘ladi. Ko'krakdagi dorzoventral va bo ‘ylama muskullar tergitlarni ko'taradi yoki tushiradi.
Hasharotlar qanotining tuzilishi.
A - qanotining tom irlanishi.
В - qanotining kesmasi:
1 - kostal tomir,
2 - subkostal tomir,
3 - radial tomir,
4 - medial tomir,
5 - kubital tomir,
6 - anal’ tomir,
7 - yugal tomir,
8 - traxeya.
Tergitlar tushganida qanotlaming qisqa yelkasi bosib, ko‘tarish plastinkasi yuqoriga ko‘tariladi. Tergit ko‘tarilganida esa qanotlaming plastinkasi pastga tushadi. Qanotlardagi bir qancha kichikroq muskullar hasharotlaming о ‘z tana о ‘qi atrofida buril- ishi uchun xizmat qiladi. Yirikroq hasharotlar (kapalaklar) qanotlarini bir sekund ichida 5-10 marta, mayda chivinlar 500-600 marta, juda mayda zaxkash chivinlar esa 1000 martagacha tebrantiradi. - Tergitlar tushganida qanotlaming qisqa yelkasi bosib, ko‘tarish plastinkasi yuqoriga ko‘tariladi. Tergit ko‘tarilganida esa qanotlaming plastinkasi pastga tushadi. Qanotlardagi bir qancha kichikroq muskullar hasharotlaming о ‘z tana о ‘qi atrofida buril- ishi uchun xizmat qiladi. Yirikroq hasharotlar (kapalaklar) qanotlarini bir sekund ichida 5-10 marta, mayda chivinlar 500-600 marta, juda mayda zaxkash chivinlar esa 1000 martagacha tebrantiradi.
- Ко‘pchilik hasharotlaming oldingi va keyingi juft qanotlari bir xilda rivojlanmagan. Faqat tuban tuzilgan hasharodar, masalan, ninachilaming qanotlari deyarli bir xil kattalikda bo‘ladi. To‘g‘riqanotlilaming oldingi qanoti birmuncha dag‘allashgan. Qo‘ng‘izlaming oldingi qanoti qalin va qattiq, ustki qanot - elitrani hosil qiladi. Ustki qanot ostki pardasimon qanotni muhofaza qilib turadi. Qandalalarda ustki qanotning asosiy qismi qattiqlashgan; shu sababdan ular chalaqattiqqanotlilar deb ataladi. Ikki qanotlilaming keyingi orqa juft qanotlari reduksiyaga uchragan; qanot qoldiqlari esa ovoz chiqarish vazifasini bajaradi. Ayrim hasharotlar (burgalar, bidar)ning qanotlari parazit yashash ta’sirida butunlay yo'qolib ketgan. Tuban hasharotlarda qanot rivojlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |