.Qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha Prezident va Vazirlar mahkamasining qarorlarini o’rganish.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi deb ataladi) bo‘ysunadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatini, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan hududiy va tarkibiy tuzilmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qisqartirilgani — QXV;
b) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of agriculture of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — MA;
v) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo selskogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Minselxoz.
8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): 100140, Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy.
2-bob. Vazirlik tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar), tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (Quvasoy shahar) bo‘limlari);
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi 238-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2022-y., 09/22/238/0391-son)
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi;
Toshkent davlat agrar universiteti;
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi;
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Oldingi tahrirga qarang.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti;
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 135-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son)
Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi;
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi;
“Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi;
“Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Ma’muriy-xo‘jalik xizmati” davlat muassasasi;
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati va tahlil markazi” davlat unitar korxonasi;
“Agroservis operator” davlat unitar korxonasi;
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish;
mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish;
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish;
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri chet investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish;
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni monitoring qilish;
tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qaroriga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/4819/1263-son)
keng ko‘lamli zamonaviy moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish va sifatli qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatini oshirish orqali qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni rag‘batlantirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va rivojlantirish;
o‘simliklarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
ta’lim, fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tizimli asosda uzviy integratsiyalashni, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining yuqori malakali soha mutaxassislariga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash;
organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) doirasida barcha manfaatdor tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
(10-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 479-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2020-y., 09/20/479/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini joriy etish, ilg‘or tajriba va fan yutuqlarini, zamonaviy resurs tejovchi va intensiv agrotexnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
(11-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish;
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamg‘armalarini jalb etadi;
qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni xalqaro andozalar asosida moslashtirish va joriy etish bo‘yicha uslubiy-amaliy ko‘maklashadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib olish bo‘yicha subsidiya va subvensiyalarni ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va vakolatli organga kiritadi;
fan va ilmiy-tadqiqot faoliyatini texnologik va ilmiy sig‘imi yuqori bo‘lgan sohalarni moliyalashtirish, ushbu sohaga xususiy sektorning imkoniyatlarini maqsadli jalb qilishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tizimni shakllantiradi;
ilg‘or tajriba va fan yutuqlari natijalarini amaliyotga joriy etishni muvofiqlashtirish, ommalashtirish va monitoring yuritishni ta’minlaydi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni muvofiqlashtiradi;
b) qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratilishini rag‘batlantirish sohasida:
jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini va turlarini ko‘paytirishga doir takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash bo‘yicha joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, xomashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash, saqlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
qayta ishlash va saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini takomillashtirishga doir hamda qayta ishlangan meva-sabzavot, uzum, go‘sht, sut, yog‘ va don mahsulotlariga bo‘lgan tashqi bozor talabini o‘rganib, tahlil qilish va qayta ishlangan mahsulotlar brendlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
tibbiy me’yorlariga ko‘ra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab va ta’minlanish darajasini o‘rganib boradi va takliflar tayyorlaydi;
meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish va tizimli ravishda sotish, aylanma mablag‘larni shakllantirish maqsadida kooperatsiyalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatib boradi;
bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik, kartoshkachilik, pillachilik, ozuqa ekinlari, dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida fan va texnika yutuqlarini, resurslarni tejaydigan zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalarni, ilg‘or tajribalarni joriy qiladi;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, yuqori hosil beradigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini turlari bo‘yicha hamda mevali, tok va tut ko‘chatlarini mahalliy hokimliklar bilan birgalikda joylashtiradi;
aholini oziq-ovqat mahsulotlarga bo‘lgan talabini o‘rganish va hududlarda mahsulotlarini saqlash omborxonalari va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish bo‘yicha takliflar, manzilli dasturini tayyorlaydi va ushbu yo‘nalishlarga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
ichki va tashqi bozorlarda pilla mahsulotlarining raqobatbardoshligini, qayta ishlash korxonalarini barqaror va samarali ishlashini ta’minlash borasida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi;
qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish tizimida zamonaviy kooperatsiya munosabatlarini kengaytirish va yo‘lga qo‘yish orqali qo‘shimcha qiymat yaratishni yanada ko‘paytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
b1) meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi (ishlab chiqaruvchi) korxonalar bilan ushbu mahsulotlarni qayta ishlovchi, tayyorlovchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlar uchun sharoitlar yaratish sohasida:
oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni tayyorlashda, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan prognoz loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy tajribalar asosida qayta ishlash va chuqur qayta ishlash hamda ularning hajmlarini oshirish, xomashyo bazasini kengaytirish, zamonaviy qayta ishlash quvvatlarini yaratish va qayta ishlash jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat mahsulotlarining qo‘shilgan qiymati zanjiri yaratish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida ishtirok etadi;
ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda qishloq xo‘jaligida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqadi;
b2) mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va ularni diversifikatsiya qilish, hududlarning mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslaridan unumli foydalanish asosida oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishning strategiya va modellarini ishlab chiqish sohasida:
mamlakat oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining talab va taklif balanslarining prognozlarini ishlab chiqish, aholini ijtimoiy muhim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan modellarini ishlab chiqadi;
sohadagi yangiliklarni keng targ‘ib qilish maqsadida mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va agrologistikaga doir bo‘lgan seminarlarni tashkil etadi;
tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda maqsadli tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
b3) meva-sabzavot, go‘sht, sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy choralari — yangi vositalar va axborot tizimlarini yaratish, yuqori samara beruvchi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish sohasida:
oziq-ovqat sanoatida faoliyat olib borayotgan korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha loyihalar dasturini shakllantiradi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
b4) oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri chet investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qilish, prognozlash va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqish sohasida:
oziq-ovqat sanoatining rivojlanishiga xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalar oqimining ta’sirini tahlil qiladi va bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqadi;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtiradi;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga xususiy, xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi hamda rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganadi;
b5) zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish sohasida:
zamonaviy savdo va logistika markazlarini tashkil etish, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish choralarini ko‘rib boradi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xomashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etadi;
meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun korxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, maxsus saqlash omborlari va sovutish kameralarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarini tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan “b1 — b5” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
v) agrobiznesning klaster modelini keng joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, klasterlash jarayonining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish sohasida:
klasterlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilib boradi, mavjud muammo va tizimli kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
klasterlash jarayonining tashkiliy-iqtisodiy asoslari va klasterlar faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy o‘rganib boradi hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
turli ixtisoslashuvdagi klasterlar faoliyatining doimiy monitoringini yuritadi, ularni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganib boradi va ulardan respublikamiz sharoitida foydalanish imkoniyatlari va yo‘nalishlari borasida xulosalar tayyorlaydi;
klasterlarni tabiiy, moddiy-texnik va boshqa turdagi resurslar bilan ta’minlash tizimining doimiy monitoringini yuritgan holda uni yanada yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida klasterlarni tashkil etish va rivojlantirish, investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlariga vakolati doirasida har tomonlama ko‘maklashadi;
g) agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida moliyalashtirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligiga, hosildorligi past yerlar unumdorligini oshirishga, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘maklashadigan qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat xaridi uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirishga mablag‘larni o‘z vaqtida ajratilishi va ularni maqsadli sarflanishi bo‘yicha monitoring yuritadi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy jihatdan barqarorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
hosildorligi past yerlarning unumdorligini oshirishni ta’minlovchi qishloq xo‘jaligida serhosil ekinlarini joylashtirish va ularni ekilishini, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib, bozorlarda narx-navo barqarorligi ta’minlaydi;
hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat xaridi uchun mahsulot yetishtirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
sabzavot, poliz va dukkakli ekinlarni har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlari, suv ta’minoti, tashqi bozorning talablari (mahsulot turi va yetkazib berish muddatlari) asosida ekinlarni joylashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan issiqxonalarni turlari, hajmlari, miqdori hamda isitish manbalari bo‘yicha xatlovdan o‘tkazib, ularni faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |