14
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov
birligi
|
Yillar
|
2018 yilda 2016 yilga nisbatan o'zgarish
|
2016
|
2017
|
2018
|
+/-
|
%
|
1.
|
Yer maydoni
|
ga
|
59155,0
|
59155,0
|
66559,0
|
7404,0
|
112,5
|
2.
|
Mehnat resurslari soni
|
kishi
|
7389
|
7688
|
8856
|
1467
|
119,9
|
3.
|
Moddiy
resurslar
qiymati
|
mln
so’m
|
24806,1
|
25958,5
|
26958,4
|
2152,3
|
108,7
|
4.
|
Jami daromad
|
mln
so’m
|
571312,3
|
601591,9
|
721492,0
|
150179,7
|
126,3
|
5.
|
Jami
xarajatlar
|
mln
so’m
|
492896,0
|
518033,7
|
632819,6
|
139923,6
|
128,4
|
6.
|
Yalpi foyda
|
mln
so’m
|
78416,3
|
83558,2
|
88672,4
|
10256,1
|
113,1
|
7.
|
Asosiy yetishtirilgan mahsulotlar
|
|
|
|
|
-
|
paxta
|
tonna
|
34746,0
|
33945,0
|
19259,0
|
-15487,0
|
55,4
|
-
|
g’alla
|
tonna
|
81024,0
|
70722,0
|
46078,0
|
-34946,0
|
56,9
|
-
|
sabzavot
|
tonna
|
139672,0
|
156703,0
|
102909,0
|
-36763,0
|
73,7
|
8.
|
Rentabellik
darajasi
|
%
|
15,9
|
16,1
|
14,0
|
1,9 punktga pasaygan
|
*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer xo’jaliklarida 2016-2018 yillarda ishlab chiqarishning sifatiy ko’rsatkichlari va asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi. Tuman fermer xo’jaliklarining resurslar bilan ta’minoti yaxshilangan, jumladan, yer resurslarida - 12,5%, mehnat resurslarida - 19,9%, moddiy resurslar qiymatida - 8,7% o’sish kuzatildi. Olingan daromad 2018 yilda 721492,0 mln so’m bo’lib, 2016 yilga nisbatan - 150179,7 mln so’m yoki 26,3%ga oshgan. Jami xarajatlar - 20162018 yillarda 139923,6 mln so’mga yoki 28,4%ga oshgan. Yalpi foydada o’sish 13,1%ni tashkil etdi. Tuman fermer xo’jaliklarining rentabellik darajasi 2016 yilda 15,9%, 2018 yilda - 14,0%ni tashkil etib, 1,9 punktga pasaygan.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanishni tashkil etish
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida muhim omil mehnat resurslaridir. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar to’plamini ifodalaydi.
15
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu ishlab chiqarish sharotidan, foydalaniladigan texnologiyadan, texnika bilan ta’minlash darajasidan, qishloq mehnatkashlari uchun dehqon xo’jaliklarining mavjudligidan kelib chiqadi. Shunday xususiyatlardan biri ish davri va ishlab chiqarish davrining mos kelmasligidan kelib chiqadigan ish kunidan foydalanishning mavsumiyligidir. Mavsumiylik ish muddatining qisqaligidan, ayniqsa dehqonchilikda, ekish, hosilni yig’ish va boshqa jarayonlarning ob-havoga bog’liqligidan kelib chiqadi. Eng ko’p vaqt bizda hosilni yig’ib oladigan oylarga to’g’ri keladi (sentyabr-oktyabr), eng oz vaqt esa qish oylari (yanvar-fevral)ga to’g’ri keladi. Qishloq xo’jaligida ish kuchidan foydalanishning mavsumiyligi darajasini bildiradigan bir qancha ko’rsatkichlar mavjud:
Mehnat xarajatlarining oylik va o’rtacha oylik taqsimlanishi. Xodimlar sonini yoki oylar bo’yicha ishlangan kishi/soatlarini 12 oyga bo’lib topiladi.
Mehnatdan foydalanishning mavsumiylik koeffisiyenti. Tekshirilayotgan oydagi mehnat xarajatini o’rtacha oylik mehnat xarajatini o’rtacha oylik mehnat xarajatiga bo’lib topiladi.
Mavsumiy yuklamaning notekislik koeffisiyenti. Maksimal yoki minimal oydagi mehnat xarajatini o’rtacha oylik mehnat xarajatiga bo’lib topiladi.
Mavsumiy tebranishi. Maksimal oydagi mehnat xarajatini minimal oydagi mehnat xarajatiga bo’lib topiladi.
Ish kuchidan foydalanishning samaradorligini oshirishning muhim ahamiyati, yil davomida ish kuchidan bir tekis foydalanishni ta’minlaydigan, qishloq xo’jaligi mehnatining mavsumiyligini pasaytirish imkoniyatlarini izlab topishdadir.
Mavjud mehnat resurslaridan oqilona foydalanish natijasida yalpi ichki mahsulot, iste’mol va jamg’arma fondlari, binobarin, aholining turmush darajasi tezroq ko’tariladi. Amaliyotda, odatda mehnat resurslaridan foydalanish darajasi iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari bilan o’zaro bog’lab tahlil etiladi va baholanadi
Payariq tumani fermer xo’jaliklarida mehnat resurslari soni maqbullashtirish natijasida kamaygan (3.2.1-jadval).
i6
№
|
Ko’rsatkichlar
|
Yillar
|
2018 yilda 2016 yilga nisbatan o’zgarish
|
2016
|
2017
|
2018
|
+/-
|
%
|
1.
|
Fermer xo’jaliklari a’zolari
|
7389
|
7688
|
8856
|
1467
|
119,9
|
2.
|
xotin-qizlar
|
2616
|
2798
|
2869
|
253
|
109,7
|
-
|
salmog’i, %
|
35,4
|
31,6
|
32,4
|
-3,0
|
91,5
|
3.
|
Doimiy ishchilar
|
4581
|
4843
|
5579
|
998
|
121,8
|
-
|
salmog’i, %
|
62,0
|
54,7
|
63,0
|
1,0
|
101,6
|
4.
|
Yollanma ishchilar
|
2808
|
2845
|
3277
|
469
|
116,7
|
-
|
salmog’i, %
|
38,0
|
32,1
|
37,0
|
-1,0
|
97,4
|
5.
|
Rahbar xodimlar
|
1634
|
1710
|
1764
|
130
|
108,0
|
-
|
salmog’i, %
|
22,1
|
19,3
|
19,9
|
-2,2
|
90,1
|
6.
|
1 xo’jalik o’rtacha a’zosi
|
5
|
5
|
5
|
0
|
100,0
|
*Manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer
xo’jaliklari soni 2018 yilda 8856 kishi bo’lib, 2016 yilga nisbatan 1467 kishiga yoki
19,9%ga ko’paygan. Xodimlar tarkibi salmog’ida xotin-qizlar - 32.4%, doimiy
ishlovchilar - 63.0%, yollanma ishchilar - 37,0%, rahbar xodimlar - 19,9% ulushga
ega bo’lgan. Mehnat resurslari tarkibidagi xotin-qizlar salmog’i - 3,0, yollanma
ishchilar - 1,0 punkt pasayish, doimiy ishchilarda 1,0 punktga oshgan. 1 xo’jalikning
o’rtacha a’zolari soni 2018 yilda 5 kishi bo’lgan.
Paxtachilikda mehnat unumdorligini tahlil qilishda mehnat sig’imi va mehnat
unumdorligini o’rganib chiqamiz (3.2.2-jadval).
3.2.2-jadval
Payariq tumani fermer xo’jaliklari paxtachiligida mehnat unumdorligi
ko’rsatkichlarining o’zgarishi*
№
|
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
Yillar
|
2018 yilda 2016 yilga nisbatan
|
2016
|
2017
|
2018
|
+/-
|
%
|
1.
|
Ekin maydoni
|
ga
|
20312,0
|
19977,0
|
18843,0
|
-1469,0
|
92,8
|
2.
|
Yalpi hosil
|
tonna
|
46757,0
|
47700,0
|
20482,0
|
-26275,0
|
43,8
|
3.
|
Jami daromad
|
mln so’m
|
61345,2
|
87389,1
|
68073,0
|
6727,8
|
111,0
|
4.
|
Jami xarajat
|
mln so’m
|
57525,0
|
82278,2
|
84016,0
|
26491,0
|
146,1
|
5.
|
Yalpi foyda
|
mln so’m
|
3820,2
|
5110,9
|
-15943,0
|
-19763,2
|
-417,3
|
6.
|
Jami mehnat sarfi
|
ming kishi-soat
|
63375,5
|
62735,8
|
58424,6
|
-4950,9
|
92,2
|
7.
|
Mehnat sig’imi
|
|
|
|
|
|
|
-
|
mahsulot miqdorida
|
kishi soat
|
135,5
|
131,5
|
285,2
|
149,7
|
2,1 m
|
-
|
ekin maydonida
|
kishi soat
|
3120,1
|
3140,4
|
3100,6
|
-19,5
|
99,4
|
8.
|
Mehnat unumdorligi
|
|
|
|
|
|
|
-
|
mahsulot miqdorida
|
kg
|
0,74
|
0,76
|
0,35
|
-0,39
|
47,5
|
-
|
olingan daromadda
|
so’m
|
968,0
|
1393,0
|
1165,1
|
197,2
|
120,4
|
*manba: Payariq tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari.
17
jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Payariq tumani fermer xo’jaliklari Paxtachiligida mehnat sig’imi va mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarida o’zgarish kuzatilgan. 2018 yilda mehnat sig’imi 1 sentner mahsulot ishlab chiqarishga 285,2 kishi-soat; 1 gektar ekin maydoniga 3100,6 kishi-soat sarflangan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar mos ravishda 2016 yilga nisbatan 149,7 kishi-soat yoki 2,1 marta oshgan va 19,5 kishi-soat yoki 0,6%ga kamaygan.
Mehnat unumdorligi esa 2018 yilda 1 kishi soatda 0,35 kg yoki 1165,1 so’mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 2016 yilga nisbatan mos ravishda 0,39 kg yoki 52,5% kamayib, 197,2 so’m yoki 20,4%ga oshgan.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning hozirgi holati tahlili
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasida (54- bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; d) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”.
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo’llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo’ladi, ularni na qonunchilik, na sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab bo’lmaydi.
Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchisi uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to’lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko’ra esa, bunday qilib bo’lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan shaxsiy bitim ko’p hollarda mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarining kattagina qismidan mahrum etadi.
So’nggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki, respublikamizda, bir tomondan, ishchilarni yollab ishlatish bo ’yicha xususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan mehnatkashlar orasida ishsizlar soni oshib borayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |