2. Mehnat resurslaridan foydalanish ko`rsatkichlari
Qishloq xo`jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga bo`linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16 yoshdagi o`smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan qishloq xo`jaligi yilining ayrim davrlarida foydalaniladi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o`ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Eng avvalo qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining bo`sh qolish holati yuz beradi.
Qishloq xo`jaligida resurslaridan foydalanishning darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi:
1). Har bir ishchi xodimning bir yilda ishlagan kunlari. Odatda, erkaklar bir yilda 280 kun, ayollar 240 kun ishlasa normal hisoblanadi.
2). Yil davomida ishlashi lozim bo`lgan kundan foydalanish koeffitsiyenti. Bu haqiqatda ishlagan kunlarni norma bo`yicha ishlashi lozim bo`lgan yillik ish kunlari miqdoriga bo`lish orqali aniqlanadi. Xo`jalikning mehnat resurslari holatini o`rganish uchun mehnat resurslari balansi tuziladi. Balans ma`lumotlari xo`jalikning iqtisodiy rivojlantirilishida ishlatiladi.
3). Mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi yil davomida bir ishchi xodim hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Bu ko`rsatkichni sarflangan kishi soatlariga nisbatan aniqlash mehnatning samaradorligini to`g`riroq aniqlash imkonini beradi.
Mehnat unimdorligi iqtisodiy kategoriya bo`lib, konkret sarflangan mehnatning natijaviyligi yoki samaradorligidir. Ayrim iqtisodchilar mehnat unumdorligini vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, deb biladilar. Boshqalari esa mehnat unumdorligi deganda mahsulot birligi uchun sarflangan vaqtni tushunadilar. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda mehnat unumdorligi konkret sarflanayotgan mehnatning ma`lum vaqt ichida mahsulot yarata olish qobiliyatidir, degan tushunchalar ham berilgan.

Konkret sarflanayotgan mehnatning natijaviyligi mehnat unumdorligidir, degan tushuncha mehnat unumdorligining mazmunini boshqalariga nisbatan aniqroq ifoda etadi.