ArcGIS dasturining afzalliklari
Hozirgi kunda, Respublikamiz xalq xo’jaligining turli sohalarida
geoaxborotlar tizimini yaratishda kosmik va aerosur‘atlardan keng ko’lamda
foydalanilgan holda aniqlik darajasi yuqori bo’lgan elektron raqamli kartalarni yaratish texnologiyasi yo’lga qo’yilib, mavjud 1:10000 va 1:25000 miqyosidagi elektron raqamli kartalar yangilanmoqda. Shu bilan bir qatorda turli formatlarda yaratilgan raqamli kartalar ArcGIS dasturi formatlariga o’girilmoqda. Gidromelioratsiya, yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash, irrigatsiya
tizimlarini tartibga solish, yer tuzish, davlat yer kadastri maqsadlari xamda
boshka maksadlar uchun xam tuziladigan raqamli kartalarni ArcGIS dasturida
yaratish asosiy o’rinni egallaydi. ArcGIS dasturining afzalligi quyidagilardan
iborat:
- Gidromelioratsiya, yerlarni meliorativ xolatini yaxshilash, irrigatsiya
tizimlarini tartibga solish, yer kadastri, bino va inshootlar kadastri maqsadlari
uchun yuqori aniqlikdagi karta va planlarni ishlab chiqish;
- yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarni turli miqyosdagi
raqamli kartalar bilan ta‘minlash tezkor ta‘minlash;
- karta yaratish jarayonining boshqa dasturlarga nisbatan tezkorligi;
- ma‘lumotlarni solishtirish imkoniyatini mavjudligi;
- Markazlashgan geoaxborotlar bazalarini yaratish;
- Masofadan turib raqamli kartalarni tahrirlash (internet tarmog’i);
- GPS va elektron taxeometrlarga kartalarni to’g’ridan to’g’ri yetkazish
imkoniyati;
- Geoaxborotlar bo’yicha interaktiv xizmatlar ko’rsatish;
- iqtisodiyot jixatdan afzalligi va vaqtning tejamkorligi.
ArcGIS dasturini qo’llash jarayonlarini asosida Toshkent viloyati Toshkent
tumani massivi yerlarining meliorativ tarmoqlari kartasini tuzishga muvaffaq
bo’ldik. Quyida tuzilgan kartadan fragment keltirilgan(ilovaga karang).
Yuqorida aytib o’tilgan afzalliklardan shuni xulosa qilib aytishimiz
mumkinki elektron raqamli qishloq xo’jalik kartalarini yangilash (yaratish)da
innovatsion texnologiyalarni qo’llanishi natijasida dala deshifrovka ishlarini
80% qisqartirishga, kameral xolatda ish bajarilishini 40% ga yengillashishiga,
materiallarni sifatini 30% ga oshirishga, ish sarfini 60% ga qisqartirishga
erishiladi.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda Qishloq xo’jaligini kartografiyalash bosqichlari, tuman qishloq xo’jalik yerlari kartasini tuzishda qo’llanilagan kartografik ishlar uslubini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar, qishloq xo’jalik tarmoqlari kartasini tuzishda zamonaviy ArcGIS dasturini qo’llash bo’yicha yo’riqlar va qishloq xo’jaligi kartalarini tuzishda zamonaviy usullar, jumladan masofadan zondlash materiallaridan foydalanishning kartografik ishlar uslubini takomillashtirish bosqichlari ishlab chiqildi. Qishloq xo’jalik yerlari kartalarini tuzishda geoma‘lumotlar bazasidan foydalanish. bo’yicha tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlarga ko’ra ArcGIS 10.5 dasturini qo’llashda tezkor ravishda zarur karta va planlarni tuzish va ularning sifatini oshirish, tarmoqlari punktlari o’rnining xatoligi kamayishi mumkin. Sug’oriladigan qishloq xo’jalik ekin yerlarining kartalarini tuzishda ArcGIS dasturi qo’llanildi. Bu ko’rsatgichlar an‘anaviy usullar yordamida bajarilgan o’lchashlar aniqligidan ancha yuqori hisoblanib, vaqtni tejashiga imkon yaratdi. Yirik masshtabli topografik s‘yomkalarni asosida ekin yerlarini kartasini tuzish uslubini takomillashtirishda ArcGIS 10.5 dasturini qo’llash va qo’yilgan umumiy talablari o’rganib chiqildi va tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |