Qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ kartasini tuzishda Arcgis dasturini qo’llash mavzusidagi argumentlashtirilgan esse



Download 44,5 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi44,5 Kb.
#416421
  1   2
Bog'liq
Esse 2


Qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ kartasini tuzishda ArcGIS dasturini qo’llash mavzusidagi
ARGUMENTLASHTIRILGAN ESSE
Qishloq xo’jalik kartasini tuzishda zamonaviy usul tizimi asosini ishlab chiqish va undan samarali va oqilona foydalanishning ilmiy asoslari va muammolari bo’yicha juda ko’p olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ularning ilmiy ishlarida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, shuningdek respublikamizning barcha sohalarida yer resurslariga bo’lgan extiyoj tobora ortib borayotgan sharoitda masofadan zondlash tizimlaridan to’laqonli foydalanish ishlari amalga oshirilgan. Melioratsiya tadbirlarini amalga oshirishda tashkiliy texnik tadbirlarning ahamiyati juda kattadir. Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi: melioratsiya loyihalarini, ixtisoslashgan meliorativ qurilish tashkilotlarining ishini, sug’orish va kollektor - zovur tarmoqlaridan foydalanish xizmatini o’z vaqtlarida va yuqori sifatli qilib tayyorlash, malakali meliorator kadrlar tayyorlash va boshqalar. Har bir hudud, xo’jalik va maydon uchun bu tadbirlarning aniq tartibli melioratsiya qilinadigan hududning tabiiy xo’jalik sharoitiga, melioratsiya maqsadiga va muddatiga mos bo’lishi kerak. Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi – bu ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik toʻliq emas, chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida koʻrsatilmagan, vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq va tushunish uchun osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, tahlil qilish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”.
Xozirgi kunga kelib, xalq xo’jaligininig deyarli barcha tarmoqlarida Geografik axborot tizimlaridan keng foydalanilmoqda. Geografik axborot tizimlar fani komp‘yuter texnologiyasi, dasturlarni rivojlanishi bilan keskin bog’liq. Shuningdek matematika, fizika, biologiya va ximiya fanlari bilan xam bog’liq. Masalan, masofadan ma‘lumot yig’ishni, distansion zondlash rivojlanishi kosmonavtikani rivojlanishiga bog’liq. Respublikamizda tumanlarning elektron raqamli kartalari OAZIS va PANORAMA dasturlarda ham tuzilmoqda. Ammo keyingi vaqtlarda ArcGIS dasturlarini qo’llash keng yo’lga qo’yilmoqda.
ArcGIS (ESRI firmasi) ESRI kompaniyasiing dasturi bo’lib bu dastur avlod sifatida bir necha seriyalar turkumida ishlab chiqiladi. ArcGIS dasturining ilk avlodi 1993 yili Arc/Info tizimi uchun qo’shimcha sifatida yaratildi va bu dastur ommaviy ravishda foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan. ArcGIS dasturi kartografik ma‘lumotlarni yaratish, tahlil qilish va tasvirlash uchun juda qulay dastur hisoblanadi. ArcGIS ning birinchi va ikkinchi versiyalari ma‘lum hudud bo’yicha tarqalgan geografik ma‘lumotlarni (ob‘ekt va xodisalar) ko’rish va tahlil qilish uchun eng oddiy va shu bilan birga samarali dastur sifatida ishlab chiqilgan. Bu dasturini qo’llash sohalari turlicha yani biznes va fan, ta‘lim va boshqaruv, ijtimoiy soha, demografik va siyosiy izlanish, sanoat ishlab chiqarish va ekologiya, transport va neftgaz sanoati, yerdan foydalanish va kadastr va boshqa sohalar. Ushbu dasturning keyingi avlodlari chiqishi bilan undagi funksiyalar ham tobora oshib boradi. Masalan 2-avlod vakilida geografik yelektron jadvallar bilan ishlashga, qaror qabul qilishga va statistik ma‘lumotlarni jadval ko’rinishda kiritish imkoniyatlari mavjud bo’lsa, uchinchi avlodida fazoviy tahlil va modellashtirish kabi funksiyalar bilan boyitilgan. Hozirgi kunda sanoatda va ishlab chiqarish sohasida ArcGISdasturning 10-avlodi ishlatib kelinmoqda va u yuqoridagilardan ko’ra ko’proq funksiyalar bilan to’ldirilgan va ishlash tezligi ham oshirilgan. «ArcGIS » dasturi quyidagi asosiy vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan:
- kartalarni yaratish va taxrirlash;
- kartalarni vizuallashtirish va loyihalash;
- mavzuli kartalar yaratish;
- geografik va semantik ma‘lumotlarni fazoviy va statistik tahlil qilish;
- geokodlash;
- ma‘lumotlar bazasi bilan ishlash;
- karta hisoboti va xulosalarini printer, plotterga yoki grafik fayllarga
o’tkazish.
«ArcGIS » dasturidan fazoviy ma‘lumotlar bilan ishlashda
foydalanish mumkin. Dasturining asosiy xususiyati - jadval ko’rinishida
oddiylik bilan ishga tushishi, Baza tipidagi fayllar va server ma‘lumotlar
bazasidan ma‘lumotlarni tasvirlashda, qayta ishlashda ularni yaxshi tushunish va
tahlil etishdir. ArcGIS dasturida foydalanuvchi uchun
tushunarli va qulay interfeys yaratilgan va kartografik qayta o’zgartirish
qanchalik berilgan bo’lsa ham berkitilgan. Operatsiyalar, tushunarli va oddiy
bo’lib, bazaviy ma‘lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga ega.

Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish