Qishloq xo’jaligi melioratsiyasi.
Mavzu: Zax yerlar va zax qochirish tizimlari.
Reja:
Zax qochirish to’g’risida umumiy tushunchalar.
Zax qochirish normasi va metodlar
3.Zax qochirish sistemasi va uning asosiy elementlari.
Tuprog’ining namligi ekinlarning normal rivojlanishi uchun zarur bo’lgan namlikdan ortiq bo’lgan yerlar zax yer deb ataladi. Yerlarning zaxlanish darajasi asosan sizot suvlari sathining joylashishi chuqurligiga bog’liq bo’ladi. Sizot suv sathi yer yuzasiga qancha yaqin joylashgan bo’lsa, o’sha yer tuprog’I shunchalik sernam va –zax bo’ladi. Sizot suv sathi chuqur joylashgan yerlarda esa tuproq quruq bo’ladi. Bu hol faqat qurg’oqchil rayonlarda yuz beradi.
Sizot suvlari manbai asosan uchta bo’ladi: 1) yog’in suvlari; 2) yer osti suvlari va 3) yer usti (daryo, dengiz, ko’l) suvlari (18-rasm). Gidrogeologlar o’tkazgan tadqiqotlarga qaraganda, sizot suvlarining 80-85% ini sug’orish uchun berilgan suvlar tashkil qiladi.
Yuqorida keltirilgan manbalar ta’sirida sizot suv sathining chuqurligi o’zgarib turadi. Yog’ingarchilik ko’payganda va yer usti suvlarining sathi ham ko’tarilganida sizot suvlarining sathi ham ko’tarilib, yerlarni zaxlantirib yuboradi.
Ba’zan yerlarni tez-tez va qayta –qayta suv bosaverishi natijasida hamzaxlanish –botqoqlanish hodisalari yuz beradi.
Tuproq tarkibidagi nam (suv) miqdoriga qarab yerlar quruq, zax va botqoq yerlarga bo’linadi. (18-rasm.v).
Tuproqdagi namlik to’la nam sig’imining 50-80%ini tashkil qilgan holdagina unga havo kira oladi va mikrobiologik jarayonlar yaxshilanib, ekin uchun yaxshi sharoit vujudga keladi.
Quruq yerlarda sug’orish yo’li bilan dehqonchilik qilinganidek, zax va botqoq yerlarning zaxini qochirish, sho’r yerlarning sho’rini yuvish yo’li bilan dehqonchilik qilinadi. Shuningdek, zax qochirish yo’li bilan ko’pgina yerlar sho’rsizlantiriladi va ekinga yaroqli holga keltiriladi.
Yerlardagi keraksiz namni chiqarib tashlash yo’li bilan tuproqda ekin uchun zarur bo’lgan suv, havo, issiqlik, mikrobiologik va oziq rejimini yaratish, zax qochirish melioratsiyasi deb ataladi.
Zax qochirish melioratsiya ta’sirida tuproqning xarakteri o’zgaradi, unda havo almashinuvi yaxshilanadi, tuproq ichidagi havo kislorod bilan boyiydi, ekin uchun zararli tuzlar –sho’rni yuvishga imkon tug’iladi. Havo aralash tuproqlarda har xil kimyoviy reaksiyalar sodir bo’ladi. Natijada tuproq biroz qiziydi. Bularning hammasi ekin uchun juda ma’qul sharoit hisoblanadi. Ortiqcha namlikni teritoriyadan chiqarish uchun zax qochirish tizimi quriladi.
Quruq iqlimli rayonlarda zax qochirish tizimi sug’orish tizimining bir qismi bo’lib hisoblanadi.
O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarida, albatta zax qochirish tizimi ham barpo etiladi. Sug’orishdan maqsad tuproqda ekin uchun zarur bo’lgan namlik yaratish bo’lsa, zax q1ochirishdan maqsad –sizot suvlari sathini pasaytirish va yerlarning sho’rlanib qolish xavfini bartaraf etishdir.
Shuning uchun ham ekin maydonlarida tuproqning suv rejimini rostlash maqsadida sug’orish –zax qochirish yoki zax qochirish –sug’orish tizimi barpo etiladi. Bunda ikki tomonlama rostlash yo’li bilan tuproqda namlik yaratiladi.
Zaxsizlantirilayotgan maydonlarda sizot suv sathini qanday chuqurlikkacha pasaytirish kerakligi muhim ahamiyatga ega.
Agar sizot suv sathi yetarli chuqurlikkacha tushurilmasa, tuproqda havo almashinuvi to’xtab, o’simlik uchun noqulay sharoit vujudga keladi.
Zax qochirishda ekin uchun tuproqdagi zarur bo’lgan namlikni saqlab qolish kerak. Buning uchun zax qochirish normasini, ya’ni sizot suv sathining qanday chuqurlikda saqlanishini bilish zarur.
Zassizlantirlayotgan yerlarda ekin rivojlanishining turli fazalarida va o’suv davridan boshqa paytlarda ham, ayni ekin uchun ayni joyda sizot suv sathining eng ma’qul chuqurligi zax qochirish normasini ifodalaydi.
Zax qochirish normasi iqlim sharoitiga, zaxsizlantirilayotgan dala tuprog’ining xarakteriga, ekin turiga qarab xilma –xil bo’ladi va o’zgarib turadi. Masalan, O’rta Osiyoning paxta yetishtiriladigan maydonlarida yerning sho’rlanish darajasini bilish zax qochirish normasini belgilashda katta rol o’ynaydi; tuproqning mexanikaviy tarkibiga qarab, 1.5dan 2.5 -3 m gacha bo’ladi.
Rivojlanish fazalarida ekin ildizlari turli chuqurliklarga tarqalgan bo’ladi. Demak, ayni o’simlik uchun zax qochirish normasi ham uning ildizi tarqaladigan qatlam chuqurligiga qarab o’zgaradi. Ildizi chuqurga ketadigan o’simlik (paxta) ekiladigan yerlarda zax qochirish normasi katta, ildizi yuza joylashadigan (bug’doy, arpa) ekiladigan yerlarda esa zax qochirish normasi kichik bo’ladi.
Zax qochirish normasi har bir maydon uchun zax qochirish –sug’orish tizimining loyihasini tuzishda aniqlangan bo’ladi.
Zaxlanish sababi va dehqonchilik maqsadlariga qarab tuproq nasmligi quyidagi metodlar bilan rostlanadi:
Turoq ustidagi va haydalama qatlam ichidagi ortiqcha suvlarni ketkazib yuborish;
Sizot suv sathini pasaytirish;
Zaxsizlantirlayotgan maydonga har xil keraksiz suvlar (yer osti va yer usti suvlari)ning kelib tushushiga barham berish;
Tuproqning g’ovaklik darajasini oshirish;
Tuproqda aeratsiyani kuchaytirish.
Suv rejimini rostlashmetodlarini tanlashda tegishli maydonlardan qishloq xo’jaligida foydalanish talablari va gidrologik, tuproq hamda iqlim sharoitlarini inobatga olish kerak.
Agar yer usti suvlari zaxlanish xavfini tug’diradigan bo’lsa (yoki u zaxlash manbai bo’lsa), uni tezda shu maydondan chetlashtirish zarur.
Yer usti suvlarining oqish tezligi katta bo’lsa, demak, uning yerga singishi ham kamayadi va aksincha sekin oqayotgan bo’lsa suv yerga ko’proq singadi.
Yonbag’irdan oqib tushadigan yog’in oqimlari sug’oriladigan maydonni zax bostirmasligi uchun yonbag’ir nishabiga ko’ndalang qilib ma’lum masofalarda ariqlar qaziladi. Yonbag’irdan oqib kelayotgan suv bu ariqlarga tushib, tezlikda shu maydondan chetlashtiriladi (18.2-rasm.a).
Yer osti suvlarini yer ichidan tezlik bilan ketkazish uchun ochiq yoki yopiq zovurlar –zax qochirish tarmoqlari quriladi va shu tarmoq vositasida sizot suv sathi rostlab turiladi (18.2-rasm, b).
Bazan tuproqlarning faqat ustki qatlami ortiqcha namiqib turadi. Uning pastki qatlamlari esa juda quruq bo’lib, ustki qatlamdan u yerga suv tez o’ta olmaydi. Ustki qatlamlardagi namlik esa goha juda tezda bug’lanib ketadi va ekin uchun zarur namlik yo’qoladi. Bu namlikni rostlab turish uchun ustki qatlamdagi ortiqcha suvni pastki qatlamlarga singdirish va shu yo’l bilan ustki qatlamda namlikning uzoq vaqtgacha saqlanishiga imkon berishi mumkin.(18.2-rasm,v).
Yuqorida aytib o’tilganidek zax qochirish texnikasi, asosan ekin maydonlaridagi ortiqcha namlik (suv) ni tezlik bilan chiqarib yuborish;
Shu maydonlarga ortiqcha suvlarning kelib tushishiga yo’l qo’ymaslik.
Yerlarning g’ovakligini oshirish unga uzviy o’g’itlar solish, umuman melioratsiya qilinayotgan maydonlarda tuproq sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir.
Zax qochirishning yana bir usuli bor. Bu usul daryo sohillarida ko’proq qo’llaniladi. Daryo toshqinlari paytida sohillar sun’iy usulda daryo suviga bostiriladi. Undagi loyqa shu sohillarga cho’kib qoladi. Bu loyqa tarkibida mineral moddalar ko’p bo’ladi. Ayni joyni bir necha marta suvga bostirish yo’li bilan cho’kkan loyqalar hisobiga o’sha joy sathi ko’tarilib qoladi. Natijada sizot suv sathi ancha chuqurda qolib ketadi. Bu usul kolmataj qilish den ataladi.
Shunday qilib yerlarni zaxsizlantirishning usul va metodlari zaxning kelish manbaiga, shu joyda qanday ekinlarning ekilishiga bog’liq ekan.
Maydonda joylashtirilishi vaziyatiga qarab zax qochirish tizimi ikkiga bo’linadi:
Gorizontal zax qochirish tizimi;
Vertikal zax qochirish tizimi.
Gorizontal zax qochirish tizimida zax qochirish elementlari gorizontal holda (0.002 nishablik bilan) joylashgan bo’ladi, vartikal zax qochirish tizimida esa bu elementlar vertikal quduqlardan iborat bo’ladi.
Agar qabul qilgichdagi suv sathi zaxi qochirilayotgan maydon sathidan pastda joyda bo’lsa, bu maydondagi suv o’sha qabul qilgichga o’z –o’zidan oqib tushadi. Agar qabul qilgichdan suv sathi maydon sathidan balandda tursa, bu maydondan yig’ilgan suv nasoslar bilan haydab chiqariladi va qabul qilgichga tushurib yuboriladi.
Zax qochirish tizimi asosan quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
Zax qochirish maydoni;
Shu maydondagi rostlash tarmoqlari;
Shu maydondan suv ketkazish tarmoqlari;
Suv qabul qilgichlar;
Zax qochirish maydonida kompleks meliorativ va agrotexnikaviy tadbirlar ko’rish yo’li bilan shu maydon tuprog’ining suv, havo va ozuqa rejimi rostlanadi.
Rostlash tarmoqlari vositasida ayni maydon tuprog’ininh suv-havo rejimi rostlanadi.
Suv ketkazish tarmoqlari rostlash tarmoqlaridan suv qabul qiladi va uni eng qisqa masofa orqali tegishli qabul qilgichlarga tashlab yuboradi. Qabul qilgichlar zaxsizlantirilayotgan maydonlaridagi barcha ortiqcha suvlarni magistral zax qochirish kanallari orqali qabul qilinadi va uni juda yirik gidrografik tarmoqlarga qo’shib yuboradi.
Tayanch atama va iboralar:
Zax yer- deb tuproqlarning namligi ekinlarning normal rivojlanishi uchun zarur bo’lgan namlikdan ortiq bo’lgan yerlarga aytiladi.
Aeratsiya – tuproqning havo o’tkazish qobiliyati.
To’la nam sig’imi- tuproqning kapillar va kapillarsiz g’ovaklari va boshqa barcha bo’shliqlari suv bilan to’yingan holdagi nam sig’imi.
Do'stlaringiz bilan baham: |