Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi yig‘ilishining № 11-raqamli B A YO N N O M A S I 21-Yanvar. 2022 yil
Termiz tumani
Rais -S.X.Ishimov Kotiba –N.P.Nazarova
Qatnashdi : 14 kishi
KUN TARTIBI : 1.Filial ilmiy Kengashi va ko‘rsatmalari bilan kafedra a’zolarini tanishtirish.(Kafedra mudiri) 2.Kafedra yarim o‘quv yilida dars yuklamalarining bajarilishi haqida. (Fan o‘qituvchilari). 3.Yarim yillik ilmiy hisobot.
4.Kafedra assistentlari A.Diyorov, t.f.n, O.G’ulomovlarning shaxsiy ish rejalarining ko’rilishi.
1.Eshitildi: Kafedra mudiri q.x.f.n. S.X.Ishimov ma’ruza qildi.
Kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar doim o‘z ustida ishlash, yangi qaror va ko‘rsatmalardan xabardor bo‘lib turishi zarurligini aytdi. Korrupsiya to‘g‘risidagi yangi qaror bilan tanishtirdi.
So‘zga chiqdi: E.Rahmonov– biz professor-o‘qituvchilar yangi qarorlar bilan tanishib boramiz. O‘qitishning yangi innovatsion texnologiyalari bilan tanishib borayapmiz. Har bir professo-o‘qituvchi yangi qaror va ta’lim to‘g‘risidagi qonunlardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi zarur.
Qaror qilindi: 1.Kafedra barcha professor-o‘qituvchilari yangi qaror va ko‘rsatmalar bilan tanishtirilib borilsin. 2.Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
2.Eshitildi: I.Abdullayev ma’ruza qildi:
U o‘z ma’ruzasida o‘quv yilida kafedra professor - o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilgan dars yuklamalarining bajarilishi bo‘yicha olti oylik hisobotlari haqida gapirdi. Hisobotlar shaxsiy rejada ko‘rsatilgan 4 ta bo‘lim yuzasidan yozilishi kerakligini tushuntirdi.
So‘zga chiqdi: N.R.Jalilov --- u o‘z so‘zida kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan professor- o‘qituvchilar o‘zlari shaxsiy rejasi asosida bajargan ishlari bo‘yicha hisobot yozishganini aytdi. Har bir professor-o‘qituvi tashkiliy metodik ishlar bo‘yicha turli xil ilmiy maqollar yozib ularni OAK tasarufidagi ilmiy jurnallar va ilmiy - amaliy konferensiyalarga jo‘natishganini aytdi.
Qaror qilindi: Barcha professor-o‘qituvchilar dars yuklamasining olti oylik hisobotini kafedra mudiriga topshirsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
3.Eshitildi: X.Ismaylov ma’ruza qildi:
U o‘z ma’ruzasida har bir professor-o‘qituvchi reja asosida bajarayotgan ishini hisobotini kafedra mudiriga topshirishi kerak. 1-semestr yakuni bilan hisobot yozayotganda talabalardan olgan oraliq va yakuniy nazorat ishlari, amaliyot hisobotlari, mustaqil ishlarni qabul qilishda obe’ktivlikka va sistemalilikka e’tibor berishlarini talab qildi.