Kafedra mudiri: q.x.f.n. S.X.Ishimov Kotiba: N.Nazarova ToshDAU Termiz filiali Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi yig‘ilishining № 7-raqamli B A YO N N O M A S I 26-noyabr. 2021 yil
Termiz tumani
Rais -S.X.Ishimov Kotiba –N.P.Nazarova Qatnashdi : 14 kishi
KUN TARTIBI : 1. Filial Kengashi qaror va ko‘rsatmalari bilan kafedra a’zolarini tanishtirish (kafedra mudiri).
2. Talabalar davomati va akademik guruhlarda reyting jarayoning holati.
(Fan o’qituvchilari xisoboti) 3. Guruh murabbiylarining ta’lim tarbiyaviy sohasida olib borayotgan ishlari. 4.Kafedra assistenti E.Raxmonovning shaxsiy ish rejasining bajarilish ahvoli bo‘yicha hisobot. (X.Ismaylov).
1.Eshitildi: Kafedra mudiri q.x.f.n S.Ishimov filial Ilmiy Kengashi qarori va ko‘rsatmalari bilan kafedrada professor-o‘qituvchilarini tanishtirdi. U o‘z so‘zida barcha o‘qituvchilar bo‘layotgan yangi qaror va ko‘rsatmalar haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishlari kerak. Har bir professor-o‘qituvchilar o‘zi mustaqil izlanish va qo‘shimcha axborotlardan xabardor bo‘lishi kerak.
So‘zga chiqdi: Katta o‘qituvchi I.E.Abdullayev kafedradagi o‘qituvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida (ARM) ga borishligi va kitoblardan mutaola qilishligini, gazeta, jurnallardan foydalangan holda ta’lim sohasida bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishmoqda.
Qaror qilindi: Kafedra professor-o‘qituvchilar yangi qaror va ko‘rsatmalar bilan tanishtirilsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
2.Eshitildi: T.Xolbekov ma’ruza qildi. Kafedramizga tegishli bo‘lgan guruhlarning davomati va akademik guruhlarda reyting jarayonining holati (joriy va oraliq nazorati) haqida hamda kafedra o‘qituvchilarining xaftalik hisobotlarining topshirilishi yuzasidan ma’lumot berdi.
So‘zga chiqdi: T.Xolbekov o‘z so‘zida oraliq nazoratlarni o‘tkazish jarayoni adolatli bo‘lishi kerakligi talabalarning bilmini hisobga olish kerakligini aytdi.
Qaror qilindi: Akademik guruhlarning davomati 100% bo‘lishi taminlansin. Akademik guruhlarda nazorat ishlari adolatli o‘tkazish nazoratga olinsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
3.Eshitildi: X.Ismaylov ma’ruza qildi.
Kafedra assistenti E.Raxmonovning shaxsiy ish rejasini bajarilishi ahvoli bo‘yicha hisoboti muhokama qilindi. E.Raxmonovning 319 guruh bilan olib borayotgan ta’lim-tarbiyaviy ishlari sohasidagi ishlari va guruhning yutuqlari haqida gapirdi.
So‘zga chiqdi: A.Choriyev o‘z so‘zida guruh murabbiylarining ta’lim-tarbiyaviy sohasida olib borayotgan ishlari haqida gapirdi. O‘zi murabbiylik qilayotgan guruh talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlari olib borayotganligini aytdi. Kafedradagi barcha murabbiylar o‘zlari rahbarlik qilayotgan guruhda ta’lim-tarbiya jarayonlari olib borayotgani haqida gapirdi.
Qaror qilindi: Kafedraga tegishli akademik guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayoni yaxshi yo‘lga qo‘yilsin. Assistent E.Raxmonovning shaxsiy ish rejasini bajarilishi yaxshi deb topilsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.