So‘zga chiqdi: T.Xolbekov u o‘z so‘zida professor-o‘qituvchilarning yarim yillik hisobotlari tayyorligini aytdi.
Qaror qilidi: Olti oy davomida qilgan ishlarining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
4.Eshitildi: Kafedra assistent o‘qituvchisi Azamat Diyorov va t.f.n. G’ulomov Oybeklarning shaxsiy ish rejasining bajarilishi to’g’risida qisqacha ma’lumot berildi. Kafedra assistenti A.Diyorovning shaxsiy ish rejasidan, t.f.n. G’ulomov Oybekga dars soati olib berildi. Kafedrada fan nomzodlari yo’qligi va bunday o’qituvchilar kafedraga juda ham zarurligini kafedra mudiri ta’kidlab o’tdilar.
A.Diyorovga 0.75 va G’ulomov Oybekga 0.5 dars soatlari ajratildi. Barcha o’qituvchilar ushbu o’qituvchilarni bir ovozdan qo’llab-quvvatlashdi.
Qaror qilindi: Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalari bajarilishi talab qilinsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Meva-sabzavotchilik va texnologiya fakulteti “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi yig‘ilishining № 15-raqamli B A YO N N O M A S I 31-Mart. 2022 yil
Termiz tumani
Rais -S.X.Ishimov Kotiba –X.O‘taeva
Qatnashdi : 14 kishi
KUN TARTIBI : 1.Kafedra o‘qituvchilarining tartib-intizomi masalasi.(Kafedra mudiri) 2.Kafedra o‘qituvchilari; X .Ismoilovning shaxsiy ish rejasining bajarilishi ahvoli bo‘yicha hisoboti (q.x.f.n.S.Ishimov ). 3.Ilmiy hisobot; q.x.f.n.S.Ishimov
4.Ochiq leksiya muxokmasi
5.Talabalar davomati va reyting nazorati. Qishki sessiya yakunlari. (Kafedra mudiri fan o‘qituvchilari)
4.Institut ilmiy kengashi qarorlari va ko‘rsatmalari bilan kafedra a’zolarini tanishtirish. (Kafedra mudiri).
5. Har-xil masalalar
1.Eshitildi: Yig‘ilishdagi birinchi masala yuzasidan S. Ishimov o‘qituvchilarning tartib intizomi xaqida gapirib o‘tdi. Ertalab ishga o‘z vaqtida kelish, darslarga o‘z vaqtida kirish va talabalarni fanga qiziqtirish kabi masalalar aytib o‘tildi.
Kafedra o‘qituvchisi X. Ismoilov shaxsiy ish rejasi namunali tarzda qilingani hamda qolgan o‘qituvchilarga malakali tajribali X.Ismoilovdan tajriba almashib malakasini oshirish kabi mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi. Kafedra mudiri q.x.f.n S.Ishimov filial Ilmiy Kengashi qarori va ko‘rsatmalari bilan kafedrada professor-o‘qituvchilarini tanishtirdi. U o‘z so‘zida barcha o‘qituvchilar bo‘layotgan yangi qaror va ko‘rsatmalar haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishlari kerak. Har bir professor-o‘qituvchilar o‘zi mustaqil izlanish va qo‘shimcha axborotlardan xabardor bo‘lishi kerak.
So‘zga chiqdi: Katta o‘qituvchi I.E.Abdullayev kafedradagi o‘qituvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida (ARM) ga borishligi va kitoblardan mutaola qilishligini, gazeta, jurnallardan foydalangan holda ta’lim sohasida bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lishmoqda.
Qaror qilindi: Kafedra professor-o‘qituvchilar yangi qaror va ko‘rsatmalar bilan tanishtirilsin. Nazorati kafedra mudiri zimmasiga yuklatilsin.