Qishloq xo`jaligi korxonalarini davlat tomonidan tartibga solish hamda qo`llab-quvvatlashni amalga oshirish shakllari va usullari



Download 88,5 Kb.
Sana09.12.2019
Hajmi88,5 Kb.
#29150
Bog'liq
Qishloq xo`jaligi korxonalarini davlat tomonidan tartibga solish

Qishloq xo`jaligi korxonalarini davlat tomonidan tartibga solish hamda qo`llab-quvvatlashni amalga oshirish shakllari va usullari

Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab-quvvatlash zarurati davlatning oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Davlatning qishloq xo`jaligi korxonalari qo`llab-quvvatlash bo`yicha asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:



  • ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari bo`lmagan hududda fermer xo`jaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirish (yo`llar, elektr uzatish, va aloqa liniyalari qurish, suv bilan ta’minlash, gazlashtirish, telefonlashtirish, radiolashtirish, yer tuzish, yerlarni melioratsiyalash;

  • ularga ishlab chiqarish obyektlari va turar joylarni barpo etishda yordam ko`rsatish;

  • kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko`maklashish;

  • navli urug` va qishloq xo`jalik ekinlarining ko`chat materiallarini, organik va mineral o`g`itlarni, qishloq xo`jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini yetkazib berish yuzasidan davlat tegishli agrotexnik xizmat ko`rsatish tizimlari orqali texnikaviy xizmat ko`rsatish;

  • qishloq xo`jaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda ko`maklashish;

  • chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratish, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda ko`maklashish;

  • chorva mollariga zooveterinariya xizmati ko`rsatish uchun zarur sharoitlar yaratib berish;

  • yetishtirgan mahsulotlarini tayyorlash va sotishda ko`maklashish;

  • konsalting va axborot xizmatlari ko`rsatish.

Qishloq xo`jaligining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda davlatning qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini tartibga solishdagi asosiy vazifalari sifatida yana quyidagilarni belgilash mumkin:

Huquqiy himoyalash va tartibga solish vazifasi – barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar bilan teng sharoitlarda faoliyat yuritishini ta’minlashga imkon beruvchi qonuniy-me’yorlar hujjatlarni qabul qilish hamda ularga rioya etilishini nazorat etishni nazarda tutadi.

Rag`batlantirish vazifasi – xususiy tadbirkorlik tashabbusi, adolatli raqobat kurashi hamda qishloq xo`jaligi korxonalari, shuningdek ularga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini turli iqtisodiy dastaklar yordamida rag`batlantirish va qo`llab-quvvatlash choralarini ifodalaydi.

Taqsimlash vazifasi - ijtimoiy adolat va himoyalash vositasi sifatida daromadlarni qayta taqsimlash, shuningdek qishloq xo`jaligi korxonalari moddiy-texnikaviy resurslardan imtiyozli asoslarda foydalanishiga sharoit yaratish maqsadida resurslar taqsimotiga tuzatishlar kiritish bilan bog`liq.

Ijtimoiy kafolatlash vazifasi – ijtimoiy ta’minot va himoyalashning samarali tizimini yaratish, shuningdek ta’lim, sog`liqni saqlash va madaniy tadbirlarga ehtiyojini qondirish bilan bog`liq chora-tadbirlarni o`z ichiga oladi.

Axborot-maslahat ta’minoti vazifasi - axborot ta’minoti tizimidan teng sharoitlarda, to`siqlarsiz foydalanish imkoniyatini yaratish, ular uchun iqtisodiy muammolarning samarali yechimini topish, xomashyo va resurslar ta’minoti, ilg`or texnika va texnologiyalarni qo`llash yuzasidan maslahatlar berishni nazarda tutadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi – xalqaro bozorlarda qishloq xo`jaligi korxonalari manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona ta’riflari va soliqlar orqali eksport uchun qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning qishloq xo`jaligi korxonalari qo`llab-quvvatlashdagi vazifalaridan biri ularning boshqa xo`jalik yuritish subyektlari bilan teng sharoitlarida faoliyat yuritishini ta’minlovchi huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratishdir. Bu qishloq fuqarolarining tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishiga shart-sharoitlar yaratish va bundan ularning manfaatdorligini oshirishni, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilishni hamda tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash choralarini nazarda tutadi.

Davlat qishloq xo`jaligi korxonalari mahsulotlariga barqaror talab va taklifning shakllanishini qo`llab-quvvatlaydi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlariga barqaror talabni shakllantirish uchun aholining daromadlarini o`stirish va qayta taqsimlash, iste’mol uchun zarur bo`lgan ba’zi mahsulotlarning baholarini tartibga solish kabi tadbirlar qo`llaniladi. Davlat iste’mol uchun zarur bo`lgan hamda startegik ahamiyatga ega bir qator mahsulotlarga davlat buyurtmalarini shakllantirish orqali ham ularning mahsulotlariga barqaror talabni yuzaga keltirishga hissa qo`shadi.

Davlatning yana bir muhim vazifasi qishloq xo`jaligi korxonalari samarali faoliyat yuritishga yetaklovchi sog`lom raqobat muhitini shakllantirishdir. Buning uchun qishloq xo`jaligi mahsluotlari bozorining ochiqligini hamda adolatli raqobat muhitini yaratish, nosog`lom raqobat va monopoliyaga qarshi kurashning samarali vositalarini qo`llash choralari amalga oshiriladi.

Davlat qishloq xo`jaligi korxonalarining jahon qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat bozorlarida teng huquqli subyekt sifatida qatnashishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bermog`i lozim. Buning uchun davlat:

- ularining eksportga yo`naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishga rag`batini oshirish;

- mahalliy bozorlarda qishloq xo`jaligi korxonalarini tashqi eksportyorlar raqobatidan yetarlilik darajasida himoyalash (protektsionizm) vositalarini ishga soladi.

Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida davlatning eng muhim vazifalaridan biri qishloq xo`jaligi korxonalariga xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmalarni barpo etishga ko`maklashishdir. Bu vazifani amalga oshirish dehqon va fermer xo`jaliklariga moddiy-texnik resurslar yetkazib beruvchi, mahsulotlarni saqlash, tashish, qayta ishlash va sotishga ko`maklashuvchi xizmat ko`rsatuvchi korxonalar tarmog`ini yaratish, bank, moliya va qimmatli qog`ozlar bozori, fond birjalari va yaramarkalar, axborot maslahat markazlari hamda ular manfaatlarini himoya qiluvchi uyushmalar, fondlarni tashkil etish va rivojlantirishni nazarda tutadi.

Davlatning qishloq xo`jaligi korxonalarini rivojlantirishni tartibga solish va qo`llab-quvvatlash borasidagi vazifalari ma’lum bir tamoyillarga tayanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillarni quyidagi tavsiflash mumkin:

- qishloq xo`jaligini rivojlantirish va aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda uning tutgan o`rni va ahamiyatini ilmiy tushunish;

- zarurat va yetarlilik darajasidagi protektsionizm siyosati;

- maqsadli-dasturiy tartibga solish;

- davlat homiyligining doimiy kafolatlanishi;

- qo`llab-quvvatlash tadbirlarining tabaqalangan holda qo`llanilishi;

- davlat aralashuvining rag`batlantiruvchi yo`nalishga egaligi;

- davlat aralashuvining ijtimoiy yo`naltirilganligi.

Davlatning qishloq xo`jaligi korxonalarini rivojlantirishni tartibga solish va qo`llab-quvvatlash sohasidagi faoliyati ma’lum bir shakllar hamda usullar asosida olib boriladi. Davlat qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatiga ma’muriy, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida bevosita yoki bilvosita ta’sir etadi (34-chizma).

Davlat real hokimiyati kuchidan foydalangan hamda qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini ma’muriy usullar yordamida tartibga solsa, iqtisodiy yoki institutsional usullar yordamida ularni qo`llab-quvvatlash choralarini amalga oshiradi. Erkin bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda davlatning ma’muriy usullar yordamida tartibga solish darajasi kamayib boradi. Ammo uning ahamiyati saqlanib qoladi. Chunki, xususiy mulk va tadbirkorlik erkinligi daxlsizligini himoyalash monopoliyani cheklash, qonun ustivorligini ta’minlash, ekologik muvozanatni saqlab turish kabi muhim tadbirlarni faqatgina kuchli davlat hokimiyati va ma’muriy usullar orqaligini ta’minlash mumkin.

Shu bilan birga iqtisodiy va institutsional usullar orqali qishloq xo`jaligi korxonalarini qo`llab-quvvatlash ko`proq ahamiyat kasb etib boraveradi. Chunki, ular ichki xo`jalik faoliyati hamda xo`jalik qarorlari qabul qilish erkinligini cheklamaydi. Aksincha, tadbirkorlik va tanlov erkinligi, shaxsiy manfaatdorlik va sog`lom raqobat muhitida xo`jaliklarning samaradorligini yuksaltirishda davlatning rag`batlantiruvchi rolini yuzaga chiqaradi.

Davlat qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini respublikada amalda bo`lgan qonunchilik doirasida tartibga solib turadi. Bu birinchi navbatda xo`jaliklarni tashkil etish va faoliyat yuritishi qoidalarini belgilash, ularda yerdan foydalanish, mehnat, mol-mulk va boshqa munosabatlarni tartibga solish hamda buxgalteriya, soliq va statistik hisobotlarni yuritish tartiblarini joriy etishni nazarda tutadi.



34-chizma

Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo`llab-quvvatlash tizimi

Qishloq xo`jaligi korxonalari tartibga solish va qo`llab-quvvatlashning iqtisodiy usullariga quyidagilar orqali amalga oshiriladi:



  • moliya-kredit tizimi orqali qullab-quvvatlash;

  • tabaqalangan va imtiyozli soliq tizimidan foydalanish;

  • baholar paritetini saqlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish va boshqalar.

Davlatning qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini iqtisodiy dastaklar orqali qo`llab-quvvatlash choralari bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshiriladi. Bevosita qo`llab-quvvatlash qishloq xo`jaligi korxonalarining rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan beriladigan iqtisodiy rag`batlantirish choralaridan tashkil topadi.

Bevosita qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`ridan-to`g`ri qishloq xo`jaligi korxonalariga yo`naltirilgan bo`ladi va ularning moddiy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunday chora-tadbirlar sirasiga soliqlar to`lashda yengilliklar berish, imtiyozli shartlar va foizlarda kreditlar berish, davlat buyurtmasi bo`yicha xarid qilinadigan mahsulotlarga kafillangan baholar belgilash, eksport-import operatsiyalarida qulay tarif va to`lovlar o`rnatish kabi iqtisodiy dastaklar kiradi.

Ba’zan davlat qishloq xo`jaligi korxonalariga qulay shart-sharoitlar yaratish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida bilvosita qo`llab-quvvatlash choralarini ishga soladi. Bilvosita qo`llab-quvvatlashda davlat ma’lum sohalarda to`g`ridan-to`g`ri imtiyozlar yaratmasdan, balki ularga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar korxonalariga imtiyozlar yaratadi. Bundan asosiy maqsad ushbu korxonalarning xo`jaliklarga yetkazib berayotgan tovar-moddiy qimmatliklar hamda xizmatlarining narxini sezilarli darajada pasaytirish va natijada fermer xo`jaliklariga qulay iqtisodiy sharoitlar yaratib berishdir. Garchi bilvosita qo`llab-quvvatlash choralarining obyekti bevosita fermer xo`jaliklari bo`lmasa-da, ular muhim ahamiyatga ega.

Fermer xo`jaliklariga soliq to`lashda sezilarli yengilliklar joriy etilgan. Amaldagi qonunchilikka muvofiq ular dastlab tashkil etilganidan boshlab 2 yil mobaynida yagona er solig`i to`lashdan ozod etilgan. Keyingi yillarda esa ular boshqa qishloq xo`jaligi korxonalari bilan teng sharoitlarda yer maydonining joylashgan o`rni va tuproqning unumdorligi darajasidan kelib chiqib belgilanadigan ball-bonitetlar asosida yagona yer solig`i to`laydilar.

Fermer xo`jaliklarini moliya-kredit tizimi orqali qo`llab-quvvatlash birinchi navbatda imtiyozli kredit berish mexanizmini qo`llash hamda kafolatlash jarayonini rivojlantirish bilan xarakterlanadi.

Tijorat banklarining kredit siyosatida dehqon (yuridik shaxs maqomidagi) va fermer xo`jaliklari uchun bir qator imtiyozlar belgilangan bo`lib uni quyidagilarda ko`rish mumkin:

- aylanma mablag`larni to`ldirishga beriladigan qisqa muddatli kreditlar kichik va o`rta biznes subyektlari uchun 1 yilgacha muddatga berilsa, dehqon va fermerlar uchun u kamida 2 yil qilib belgilangan;

- tijorat banklarida kichik va o`rta biznes subyektlarini kreditlash uchun «imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi»ni shakllantiriladi hamda har yili tijorat banklari foydasining 25 foizi imtiyozli jamg`armani shakllantirishga yo`naltirilmoqda;

- tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus jamg`armasi mablag`lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi miqdori O`zbekiston Respublikasi markaziy Banki qayta moliyalash stavkasining 50 foizdan ortiq bo`lmagan miqdorda belgilanadi;

- mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkalari markaziy bankning rasmiy qayta moliyalash stavkasidan oshiq bo`lmagan hajmda, tijorat banklarining maxsus mikrokreditlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan ajratilayotgan bo`lsa, imtiyozli foiz stavkalari belgilanadi.

Fermer xo`jaliklarini kredit bilan ta’minlashda budjetdan tashqari jamg`armalarning ahamiyati ortib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-sentabrdagi 366-sonli «Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo`jaliklarini mablag` bilan ta’minlash, moddiy-texnik ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlari berish, bank xizmatlari ko`rsatish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida» gi Qarori bilan kichik va o`rta biznes, dehqon va fermer xo`jaliklarini tashkil etishni rag`batlantirishni kuchaytirish maqsadida budjetdan tashqari jamg`armalarga davlat tomonidan bir qator vazifalar va imtiyozlar belgilab berildi.

Birinchidan, «Biznes-fond» ning davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga shakllantiriladigan kredit resurslarining kamida 50 foizi, Shuningdek, «Dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi» mablag`larining kamida 50 foizi har yili mikrofirmalar va kichik korxonalar, yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan dehqon xo`jaliklari va fermer xo`jaliklarining dastlabki (boshlang`ich) sarmoyasini shakllantirish uchun tijorat banklarida maqsadli kredit liniyalari ochishga yo`naltirilishi lozimligi qat’iy belgilab qo`yildi.

Ikkinchidan, fermer xo`jaliklariga dastlabki sarmoya uchun ajratiladigan mikrokredit Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdoridagi imtiyozli foiz stavkasi bo`yicha 3 yilgacha muddatda eng kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorigacha deb belgilandi. Bunda foizlar to`lashni 12 oyga kechiktirish va asosiy qarzni kredit olgandan keyin 18-24 oy o`tgach qaytarishni boshlash shartlari ko`zda tutiladi.

Budjetdan tashqari jamg`armalarning kredit liniyalari hisobidan fermer xo`jaliklariga beriladigan kreditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan loyihalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, quyidagi miqdorda belgilanadi:

- dastlabki sarmoyani shakllantirishga markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismi miqdorida;

- fermer xo`jaligini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo`jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish uchun markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida.

«Dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi» ning kredit resurslarini kengaytirish hamda uning manbalarini aniqlashtirish maqsadida 2001-yil 10-sentabrda Vazirlar Mahkamasining 366-sonli Qarori bilan jamg`armaga mo`ljallangan kimoshdi savdosida yer uchastkalarini fuqarolarning merosga qoldiradigan umrbod egalik qilishlari uchun sotishdan olinadigan tushumning 5,5 foizi, dehqon xo`jaliklaridan undiriladigan yer solig`i summasining 5 foizi va fermer xo`jaliklaridan undiriladigan yer solig`ining 2,5 foizi miqdoridagi mablag`lar va uni undirish tartibi aniq belgilab berildi. Ushbu qarorning ahamiyati shundaki, u «Dehqon va fermer xo`jaliklarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi» kredit resurslarini to`ldirishga yaqindan yordam beradi.

Respublikamizda davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan paxta va don mahsulotlarining xarid narxlarini ko`tarishga e’tibor berilmoqda. Jumladan, respublikamiz Prezidentining 2002-yil 20-avgustdagi «Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to`g`risida»gi farmoni bilan paxta ekadigan xo`jaliklarning yuqori sifatli raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishga rag`batini oshirish hamda narx belgilashda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan jahon amaliyotida qabul qilingan me’yor va tamoyillarni keng joriy etish maqsadida paxta xomashyosiga ichki xarid narxlari, eksport va respublika iste’molchilariga yetkazib berilayotgan paxta tolasining ulgurji narxlari jahon bozorida shakllanayotgan paxta narxi konyunkturasiga muvofiq belgilanishi tartibi joriy etildi. Buning natijasida fermer xo`jaliklarining davlat buyurtmalari bo`yicha yetkazib berayotgan paxta xomashyosi narxlari sezilarli darajada oshdi.

Davlatning fermer xo`jaliklari rivojlanishiga ko`maklashuvchi institutsional va infratuzilmalarni qo`llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu vazifani amalga oshirish fermer xo`jaliklariga moddiy-texnik resurslar yetkazib beruvchi, mahsulotlarni saqlash, tashish, qayta ishlash va sotishga ko`maklashuvchi xizmat ko`rsatuvchi korxonalar tarmog`ini yaratish, bank, moliya va qimmatli qog`ozlar bozori, fond birjalari va yarmarkalar, axborot-maslahat markazlari hamda fermerlar manfaatlarini himoya qiluvchi uyushmalar, fondlarni tashkil etish va ularni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Davlat bu yo`l bilan fermerlikning rivojini bilvosita qo`llab-quvvatlaydi.

Davlat tomonidan fermer xo`jaliklarining faoliyatini tartibga solib turish zarurati ma’lum organlar bo`lishini taqozo etadi. O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi tarmog`i va undagi korxonalar faoliyati quyidagi davlat va o`zini-o`zi boshqarish organlari tomonidan tartibga solib turiladi.

O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi mamlakatimizda olib borilayotgan agrar islohotlarga bevosita mas’ul vazirlikdir.



Dehqon va fermer xo`jaliklarining faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish O`zbekiston Dehqon va fermer xo`jaliklari uyushmasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan amalga oshiriladi. Albatta, bu uyushma dehqon va fermerlarning ixtiyoriy uyushmasi bo`lib, asosiy maqsadi ularga iqtisodiy masalalarda (bozordagi mahsulotning u yoki bu turiga talab, ularning narxi kabi) axborot berishdir. Dehqon va fermerlarga axborot berish yo`li bilan ularning ishlab chiqarishni nimaga yo`naltirish kerak, qaysi mahsulot turlarini ekish maqsadga muvofiq, yetishtirilgan mahsulotni qaysi bozorda va qay vaqtda sotish samarali ekanligi to`g`risida qaror qabul qilishiga ta’sir etiladi.




Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish