Kontraktatsiya shartnomasi – bu shunday hujjatki, bunda qishloq xo`jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi yetishtirilgan mahsulotni tayyorlovchiga yetkazib beradi, tayyorlovchi mahsulotni qayta ishlash yoki sotish uchun ushbu tovarni olishi va belgilangan tartibda to`lovni amalga oshirishi zarur.
Oldi-sotdi shartnomasi – bu shartnomada bir tomon (sotuvchi) ikkinchi tomonga (sotib oluvchi) tovarni sotishi, sotib oluvchi esa ushbu tovarni ma‘lum narxga sotib olishi kerak. Sotuvchi tovar ishlab chiqaruvchi ham bo`lishi mumkin yoki ulgurji va chakana tashkilotlar bo`lishi ham mumkin. Bu shartnoma ayni vaqtda sotuvchida mavjud bo`lgan tovarga yoki kelgusida ishlab chiqariladigan tovarga tuzilishi mumkin. Sotuvchi tovarni shartnomaga muvofiq nomi, miqdori, sifati, o`rami, qadoqlanishiga qarab ko`rsatilgan muddatda va belgilangan joyga yetkazib berishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |