1.-jadval Qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish ko`rsatkichlari
|
2000y
|
2001 y
|
2002y
|
2003 y
|
2004 y
|
2005y
|
2006 y
|
2007y
|
Paxta
|
3002,4
|
3265
|
3122.4
|
2803,3
|
3536
|
3728,4
|
3600,3
|
3715,8
|
Bug`doy
|
3929,4
|
4072
|
5650,8
|
6103,1
|
5868,8
|
6401.8
|
6655,1
|
6771,8
|
Kartoshka
|
731,1
|
744
|
777,2
|
834,4
|
895,7
|
924,2
|
1021.0
|
1188,1
|
Sabzavotlar
|
2644,7
|
2778
|
2935,6
|
3301,4
|
3336.1
|
3517,5
|
4294,1
|
4669,9
|
Meva
|
790,9
|
801
|
842,9
|
765,8
|
851,7
|
49,3
|
1182.2
|
1269,1
|
Uzum
|
624,2
|
573
|
516,4
|
401,5
|
589,1
|
641.6
|
103.6
|
880,3
|
Poliz ekinlari
|
451,4
|
466
|
479,1
|
587,3
|
572,5
|
615,3
|
744,1
|
840,0
|
Gosht(tirik vaznda)
|
841,8
|
853,5
|
865
|
936,7
|
996,3
|
1061,1
|
1 139.8
|
1208,6
|
Sut
|
3632,5
|
3665,2
|
3721,3
|
4031,1
|
4279,8
|
4 554,8
|
4 855,6
|
5097.4
|
Tuxum
|
1254,4
|
1287,8
|
1368,9
|
1632,4
|
1859,9
|
19666.7
|
21281,1
|
2214,7
|
Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat slatistika qo`mitasi materialari.
Jadval ma'lumotlaridan ko`rinib turibdiki, 2000-2007 yillarda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari oshganligi respublika qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o`z samarasini berayotganligidan dalolat beradi. Sabzavotlar, poliz ekinlari, kartoshka, meva, sholi mahsulotlari, chorvachilikda sut, go`sht, tuxum, teri va jun mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlarda sotish joriy etildi. Bu esa xo`jaliklarning o`zlari yetishtirgan mahsulotlarini o`z ixtiyorida foydalanishga imkon yaratdi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi. Bu tadbirlar esa xo`jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo`jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini yaxshilashga hamda xo`jaliklarda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta rivojlantirishga yo`l ochdi. Hammamizga ma’lumki, dehqon o`zi hosil yetishtirib, uni sotish bilan shug`ullanmasa, ish unumi va samarasi bo`lmaydi. Ularga o`z vaqtida bank, servis xizmati, ta'minot, iste'molchi va qayta ishlash korxonalari yordami berilishi tufayli, ko`proq mahsulot ishlab chiqarilib iste'mol bozori boyitilmoqda. Respublikada qishloq xo`jaligi sug`orma dehqonchilikka asoslangan bo`lib, sug`oriladigan ycrlar maydonini kengaytirish, suv ta'minotini yaxshilash, daryolar oqimini mavsumiy tozalash, suv omborlari, to`g`onlar, ulkan o`zi oqar va magistral kanallarining qurilishi, irrigatsiya shoxobchalarini yaxshilash, yerlarni melioratsiyalash, qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash, etektrlashtirish, kimyolashtirishni yaxshilash evaziga ekinlar hosildorligini va mehnat unumdortigini oshirish imkoniyati mintaqalar bo`yicha yaratiladi.
O`zbekiston hududi qishloq xo`jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo`linadi:
1. Tog` va tog` oldi mintaqasi-respublika hududining 20 foizdan ortiq maydonini tashkil etadi. Ularga, lalmikor dehqonchilik (bug`doy, arpa, no`xat, zig`ir), bog`dorchihk va uzumchilik, mavsumiy bahorgi, kuzgi yaylovlar bo`lib, chorvachiligi go`sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan.
2. Sug`orma dehqonchilik mintaqasi - respublika hududining qariyb 20% ni tashkil etib, bu mintaqaga Farg`ona vodiysi, Mirzacho`l, Dalvarzin cho`li, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o`z ichiga oladi. Mintaqada paxta, don, sholi, makkajo`xori, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bog` va tokzorlar, tutzorlar, rezavor ekin maydonlari kiradi.
3. Cho`l yaylov niintaqasi - respublika hududining 60 foizini tashkil etadi. Hududga cho`l va suvsiz tekisliklardan iborat, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qoraqalpog`istonda va Farg`ona vodiysining markaziy qismida joylashgan yerlar kiradi.
Respublika hukumati tomonidan qishloq xo`jaligini rivojlantirish to`g`risida 2011yilga qadar strategik rejalar ishlab chiqildi. Unda yetishtirilgan malisulotlarni chet el investorlari yordamida qayta ishlash, saqlash va yetkazib berish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mahsulot hajmini oshirishda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga katta e'tibor berilgan bo`lib, uning istiqbolli yo`nalishlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha turli tadbiriy choralar ko`rilmoqda. Qishloq xo`jalik aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida oxirgi yilda hukumatning qator qarorlari qabul qilinib, aholini turmush darajasini yaxshilash, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam, kasanachilikni rivojlantirishga asosiy e'tibor berildi. Qishloq xo`jaligini rivojlatirishda ham qishloq aholisiga ish haqi to`lash tizimini yaxshilash, mehnat sharoitlarini yaratish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qishloq xo`jaligini industrial tarmoqqa aylantirish bo`yicha ko`plab chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2. Fanning qishloq xo`jaligini rivojlantirishda tutgan o`rni
Mamlakatimiz qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlar o`zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Qishloq xo`jaligida xo`jalik yuritishning, yerga egalik va undan foydalanishning yangi shakllari mujassamlanishi, boshqarish tizimining bozor munosabatlariga moslashib borishi, ekinlar strukturasining bozor talabiga qarab takomillashtirilishi, mamlakat qishloq xo`jaligidagi barqarorlikni ta'minlovchi asoslar bo`lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo`jaligining istiqbolda rivojlanishi to`g`risida birinchi Prezident I.A Karimovning "Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo`nalishlari to`g'risidagi Farmoni qishloq xo`jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni isliqbolli yo`llarini belgilab berdi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga turli xizmatlar ko`rsatuvchi hamda ularga amaliy yordam beruvchi bir qatori infratuzilmalarni;
- muqobil mashina-traktor parki muqobil MTP qishloq xo`jaligi korxonalarida shartnoma asosida mexanizatsiya ishlarini amalga oshirishni;
- suvdan foydalanuvchilar uyushmasini (SFU)ni qayta tashkil etish;
- yonilg`i-moylash materialiarini sotish shoxobchasi, mineral o`g`it va o`simliklarni himoya qilish vositalari sotish shoxobchasi,
fermer, dehqon va tadbirkorlarga yaqin hududlarda mini-bank tashkil etish;
xizmat ko`rsatish hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;
nasldor mollarni sotish va zooveterinariya xizmati ko`rsatish shoxobchasi;
axborot ta'minoti va konsalting xizmal shoxobchalari;
qishioq xo`jalik mahsulotlari tayyorlov tarmoqlari shoxobchalari tashkil etish ko`zda tutildi.
"Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti" fanining qishloq xo`jaligini rivojlantirishdagi o`mi qishloq xo`jalik tamioqlarini rivojlantirish to`g`risida olib borilayotgan islohotlami tezkor amaliyotga joriy etish, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlarni amaliyotga tatbiq etish yo`llarini, qishloq xo`jaligida yer, suv va moddiy resurslardan, asosiy, yordamchi va qo`shimcha tarmoqlami bir-biri bilan qo`shib olib borish bilan oddiy takror ishlab chiqarishdan sanoat usulida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga o`tish, qishloq xo`jaligi subyektlan o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash, xo`jalikni boshqarish va menejment, qishloq xo`jaligiga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini o`rganish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, mahsulotni bozor talabi bo`yicha yetishtirish sohasidagi iqtisodiy muammolarni talabalarga o`rgatish fanning asosiy o`rni bo`lib xizmat qiladi.
3. Fanning maqsadi va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shakllangan xalq xo`jaligida - sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport, aloqa, savdo va boshqa bir qancha tarmoqlar bir-birlari bilan uzviy bog`Iangan holatda faoliyat ko`rsatadi. Qishloq xo`jaligida 3 ta tarmoq bo`lib: asosiy, yordamchi va qo`shimcha tarmoqlardir. Xo`jalikning asosiy faoliyat olib boruvchi yo`nalishi paxtachilik va g`allachilik bo`lib, uni - asosiy tarmoq, asosiy tarmoqni rivojlantirish uchun chorvachilik tarmog`ini - yordamchi tarmoq, ularga ta'minot va servis xizmat ko`rsatuvchilar qo`shimcha tarmoq deb yuritiladi. Agrar tarmoqni rivojlantirish uchun iqtisodiy qonunlar va hukumal tomonidan olib borilayotgan islohotlar qishloq xo`jaligini rivojlant irishda asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Fanning vazifasi - bozor iqtisidiyoti talablari bo`yicha hukumat tomonidan agrar tarmoqni rivojlantirish to`g`risida belgilangan vazifalarni qishloq xo`jaligiga tatbiq etishga o`z hissasini qo`shishdan iborat.
«Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fani agrar tarmoqni rivojlantirishda samarali xizmat qiladi. Bu iqtisodiy fan bo`lib, qishloq xo`jaligi korxonalari ishlab chiqarishida qatnashuvchi barcha tarmoqlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan uzviy bogianishini o`rganish, bozor sharoitida qishloq xo`jaligida obyektiv iqtisodiy qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga tatbiq qilish, ishlab chiqarishni biznes reja asosida tuzish, qishloq xo`jaligi va uning tarmoqlariga rahbarlik qilish, menejment, ishlab chiqarishdagi fan yangiliklari, texnika va ilg`or tajribalarni joriy etish yo`llari, baho, pul-kredit, bozor munosabatlari asosida arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo`llarini ko`rsatadi. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fani keng ma'noda quyidagi iqtisodiy fanlarbilan: iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiygeografiya, biznes reja, iqtisodiy kibernetika, mikroiqtisod, tadbirkorlik, statistika, femier xo`jaligi iqtisodi, ishlab chiqarishni tashkil etish, servis xizmatlari iqtisodi, menejment, marketing va boshqa fanlarbilan uzviy aloqadadir. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining maqsadi qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi subyektlarda va unga xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarni ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq qilishdan iborat.
Fanning predmeti qishloq xo`jaligini tashkil etishning huquqiy-iqtisodiy asosini, ishlab chiqarish faoliyati va unga xizmat qiluvchi infratuzilma, iqtisodiy qonunlarni tatbiq qilish, moddiy ta'minot va korxonalar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarish munosabatlari va ish yuritishda mehnat unumdorligini oshirishni o`rganishdan iborat. "Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejment" fani qishloq xo`jaligidagi iqtisodiy samaradorlikni, qonunlar o`zgarishini va jamiyat rivojlanishini o`rganib sintcz qilib turadi. Qishloq xo`jaligi to`g`risidagi iqtisodiy qonunlar xo`jalikni ijobiy rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Fanning obyekti - qishloq xo`jalik korxonalari va ishlab chiqarishga bevosita o`z hissasini qo`shadigan barcha tarmoqlar faoliyatidir.
"Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti" fanining maqsadi qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtirishni ko`paytirish va unga xizmat qiluvchi tarmoqlar o`rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash; mehnat jarayonlarini bozor munosabatlarida rivojlantirish; mehnat unumdorligini oshirish; yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishda boshqaruv tizimini shakllantirish va menejment faoliyatini amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir. «Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining vazifasi qishloq xo`jaligida mahsulot yetishtiruvchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash orqali, mahsulot hajmini va sifatini oshiradi. Tovar ishlab chiqaruvchi subyektlarda mehnat jarayonlarini ilmiy asosda rivojlantirish bilan mehnat unumdorligini oshirish, yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishdan iboratdir. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish mulkchilikning turli shakllari asosida amalga oshirilmoqda.
4. Fanda qo`llaniladigan usullar
Tovar ishlab chiqaruvchi qishloq xo`jalik korxonalari faoliyatini tahlil qilish uchun har xil usullardan foydalaniladi. Ushbu usullar orqali ishlab chiqarishda ro`y beradigan hodisalarni iqtisodiy baholaydi. Ishlab chiqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi.
Statistik guruhlash usuli - yer fondidan ratsional foydalanish, mahsulot tannarxi, mehnat unumdorligining o 'sishi, mehnat resurslari, texnikalardan ratsioal foydalanish va boshqa ko`rsatkichlarni o`rganadi. Bu usul yordamida ko`rsatkichlarni tarkibini bir-biriga bog`liqligini ko`p yillik o`sish tendensiyalarini, qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlanadi.
2. Monografik usul - tajriba almashish maqsadida xo`jaliklarning umumiy va ayrim tarmoqlarning faoliyatini, ishlab chiqarish jarayonlarini, rivojlanish istiqbollarini aniqlab berishdan iborat.
3. Analitik hisob usuli - xo`jalikfaoliyatini tahlil qilish, xo`jalikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish yo 'llarini belgilaydi.
Qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni iqtisodiy fanlar orqali ijtimoiy hayotni chuqur tadqiqot qilib, keyingi yillarda katta yutuqlarga erishish uchun iqtisodiy fanga matematik tadqiqot usullari katta samara bermoqda.
4. Iqtisodiy matematik usuti - matematik raqamlardir. Qishloq xo`jaligining barcha ishlab chiqarish sohalari bo`yicha ko`rsatkichlarni tahlil qilishda matematik raqamlar 3 manbadan olinadi:
1) biznes rejadan;
2) xo`jalik yillik hisobotidan;
3) me 'yoriy ma 'lumotlar, texnologik karta va ma 'lumotnomalar.
Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo`linadi. Tayyorlash, iqtisodiy tahlil, abstrakt raqamlar, ma'lumotlar yig`ish va uni o`rganish.
5. Loyiha konstruktortik ishlari usuti - loyihalashtirilgan obyektlar va jamlab bo`lmaydigan har xil ko`rsatkichlami tahlil qilishdan iboratdir. Yuqoridagi usullar yordamida qishloq xo`jalik korxonalari va xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinib, kelgusida rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi.
Xulosa
«Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti va menejmenti» fanining predmeti qishloq xo`jalik tarmoqlarini yagona bir tizim sifatida o`rganishdan iborat.
Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikka asoslangan shakllarni rivojlantirishda yer-suv va moddiy resurslardan samarali foydalanib, mahsulot hajmi oshirilmoqda.
Fanning asosiy vazifasi qishloq xo`jaligi va unga xiz/nat qiladigan tarmoqlarda boshqaruv, menejment, ishni tashkil etish, tarmoqlarni ixtisoslashtirish, iqtisodiy qonun va qarortami amaliyotga tatbiq efish, ustuvorfaoliyatyurituvchi subyektlami rivqjlantirish yo llarini ko 'rsatish, xo`jalik va uning tarmoqlarida iqtisodiy va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish yo`llarini o`rgatishni o'z ichiga oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Скляренко В.К., Прудников В.М. Экономика предприятия: учебник – М.: ИНФРА-М, 2006. - 528 с.
2. Слепнева Т. А., Яркин йе.В. Экономика предприятия: учебник. – М.: ИНФРА-М, 2006. - 458с.
3. Экономика предприятия. Учебник / под ред. проф. Волкова О.И. и дос. Девяткина О.В. – 3-е изд., перераб. и доп. - М.: ИНФРА-М, 2006. - 601с.
4. Бухалков М.И. Планирование на предприятие: учебник. - 3-е изд., испр. И доп. – М.: ИНФРА-М, 2005. – 416 с.
5. Экономика предприятия. 3-е изд., перераб. и доп. Учебник для вузов / Под ред. проф. В.ЙА. Горфинкеля, проф. В.А. Свандара -М.: ЙУНИТИ-ДАНА, 2004, – 718 с.
6. Грузинов В.П. Экономика предприятия. Учебник. 2-издание. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003, - 295 с.
7. Mahmudov E. X. Korxona iqtisodiyoti. O’quv qo’llanma. – T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005, - 170 bet.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi // “Xalq so’zi” gazetasi, 2017 yil, 16 yanvar, №11(6705);
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’bekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli farmoni.//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.
Просветов Г.И. Экономика предприятия: задачи и решения. Учеб. практическое пособ. Учебное пособия. –М.: “Алфа-Пресс”, 2009. -560 стр.
Контор E.Л., И др. Экономика предприятии. Учебное пособие. – СП.: Питер, 2009. -224 стр.
Do'stlaringiz bilan baham: |