Bog'liq daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya
Qisqacha tarixi. Elektrokardiografiya usulning tarixi elektrofiziologiya fanining rivojlanishi bilan bog’liq.
1843 yilda yurakda biotok hosil bo’lish hodisasi aniqlangan. 1856 yilda baqa yuragining
birinchi biotoki yozib olingan. Bu paytda hali organizmdagi xujayra va to’qimalarning elektr tokini
o’tkazish xususiyati aniqlanmaganligi sababli baqaning ko’krak qafasi ochilib, elektrodlarning biri
yurak bo’lmachalariga, ikkinchisi - yurak qorinchasiga qo’yilgan. Elektrod simlari galvonometrga
ulanib, yurak biotokni yozib olingan.
XIX asrning oxirida Uoller yurakda hosil bo’ladigan biotoklar faqatgina yurakning o’zida
tarqalmasdan, balki organizmning hamma tomoniga tarqalishini aniqlagan. Bu yurak biotoklarini
yozib olishda elektrodlarni yurakka emas, balki organizmning boshqa joylariga ham biriktirish
imkonini yaratdi.
1887 yilda yurak biotoklarini yozib olish uchun birinchi asbob - kapillyar elektromer yaratildi
va shu asbob yordamida elektrokardiogramma yozib olina boshlandi. Buning uchun elektrodlar
hayvonning tanasiga biriktiriladi. Shisha idishga osh tuzi eritmasi solinib, ichiga naycha tushiriladi.
Bitta elektrodning simi eritma ichiga, ikkinchi elektrod simi naycha ichiga tushiriladi. Naychaning
eritma turgan joyiga linza yordamida yorug’lik to’plama tushiriladi. Biotok eritmadan o’tganda
naychadagi eritma ko’tarilib, biotok bo’lmaganda pastga tushib, ekranda tishchalar yozib olinadi.
Elektromer yordamida yozib olingan elektrokardiogramma 3ta tishchadan tashkil topgan. 1903
yilda Golland olimi Eyntxoven o’ta sezuvchi torli galvanometr yordamida yaxshi va aniq yozilgan
elektrokardiogrammani yozib olishga muvoffiq bo’ldi.
1925 yilda ishlatilishi oson, har qanday sharoitda qo’llab bo’ladigan katodli
elektrokardiografiya asbobi ishlab chiqildi. Hozirgacha shu asbobning takomillashtirilgan modellari
ishlatilmoqda. Birinchi elektrokardiogramma 1913 yilda, otlarda Marek tomonidan yozib olindi.
Lekin bu usulning veterinariyada keng qo’llanilishi katodli elektrokardiograf asbobi ishlab
chiqilgandan keyingina mumkin bo’ldi. 1932 yilda professorlardan P.S.Ionov va V.I.Skvorsovlar
itni klinik tekshirganda elektrokardiografiya usulini qo’lladilar. 1938 yilda R.V.Voskanyan birinchi
marta otlarda elektrokardiografiya usulini ishlab chiqdi. U elektrokardiografiyaning klassik 3
yo’nalish bo’yicha yozish uslubini ishlab chiqdi. Elektrokardiografiya usulining veterinariyada
rivojlanishiga
professorlardan
G.V.Domrachev,
I.G.Sharabrin,
P.S.Ionov,
P.V.Filatov,
N.A.Sudakovlarning xizmatlari katta. Hozirgi paytda bu usulni rivojlantirish va takomillashtirishda
Moskva
veterinariya
akademiyasidan
V.I.Cherkasova,
Qozon
veterinariya
institutidan
V.Ye.Chebotarov va Sverdlovsk shahridan M.P.Ro
щ
yevskiylarning xizmatlari katta.
Samarqand qishloq xo’jalik instituti ichki yuqumsiz kasalliklari kafedrasida bu usulni
takomillashtirish va O’zbekiston sharoitida hayvonlarda elektrokardiogramma yozib olish ustida
professorlardan R.V.Voskanyan va I.I.Nizomovlar ishlaganlar.