Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Qon zardobidagi anorganik fosfor miqdorini aniqlash



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

Qon zardobidagi anorganik fosfor miqdorini aniqlash. 
Fosfor fizialogik faol elementlardan biri hisoblanib, hayvon organizmi yashashi uchun 
zarurdir. Fosforning 85% suyaklarda saqlanadi va kalsiy bilan birgalikda suyaklarning xususiyati va 
vazifasini amalga oshirilishini taminlaydi. Bundan tashqari fosfor muskullar (8-9%) asab to’qimasi 
(0,7%), va qon (0,2%) tarkibiga kiradi: qonning fosfat buferi, kislota ishqor muvozanatini 
saqlashda, fermentativ jarayonlarni boshqaradigan fermentlar faolligini ta’minlashda, organizmda 
energiyani tashuvchi moddalar (ADF, ATF, fosfogen) tarkibiga kirib, organizmda moddalar 
almashinishi jarayonlarini me’yorida saqlaydi. 
Organizmdagi umumiy fosfor tarkibiga anorganik fosfor (fosfor kislotasi tuzlari) va organik 
fosfor 
(fosfolipidlar, 
fosfatlar, 
lipidli 
fosfor; 
fosfor 
nukleoproteidlar, 
fosfoproteidlar, 
adenozindifosfor va adenozintrifosfor kislotalari, geksofosfatlar, triozofosfatlar) kiradi. Klinik 
ahamiyatga ega bo’lgan anorganik fosfor saqlanadi.
Fosfor hayvon organizmiga asosan ingichka ichaklardan so’riladi, ingichka ichaklarda 
fosforning so’rilishini u yerdagi ishqoriy muhit ta’minlaydi. Ichak ichidagi moddalarda kalsiy va 
magniy ko’p bo’lsa, vitamin D yetishmasa fosforning so’rilishi yomonlashadi. Fosfor organizmdan 
asosan siydik orqali, kam miqdorda tezak orqali, sut beradigan sigirlarda sut orqali chiqariladi.
Hayvon organizmida fosforning almashinishini qalqonsimon, qalqonsimonoldi bezlari, D 
vitamini va buyraklar boshqaradi. Qon zardobidagi anorganik fosfor V.F.Korom
ы
slov va 
L.A.Kudryavseva takomillashtirgan Ammon va Ginsburg usulida (askorbin kislotasi yordamida) 
aniqlanadi.
Qon zardobi olingan zahoti anorganik fosforni aniqlash zarur. Chunki qon zardobi 
saqlanganda organik fosfor birikmalari parchalanib, anorganik fosfor miqdori ko’payadi.
Kasalliklar paytida yoki noto’g’ri oziqlantirilganda qon zardobidagi anorganik fosforning 
miqdori o’zgaradi. Anorganik fosfor miqdorining kamayishiga gipofosfatemiya deyiladi va bu raxit, 
osteodistrofiya, D gipovitaminozi, giperparatireoz, atrofik rinit kasalliklarida bo’lishi mumkin. 
Anorganik fosfor mifdorining ko’payishiga giperfosfatemiya deyiladi va bu muskullar zo’riqganda, 
gipoparatireoz, D gipervitamiozi, nefrit, piyelonefrit, nefroz, leykoz kasalliklarida, suyak singanda; 
jigar atrofiyasida, natriy xlorid bilan zaharlanganda kuzatiladi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish