Ta’m bilish a’zolarini tekshirish.
Ta’m bilish reseptorlari hayvonlarning tilida joylashadi.
Shuning uchun hayvonda ta’m bilish buzilsa, og’iz ochilib, til tekshiriladi. Ta’m bilishni tekshirish
uchun oziqaga ko’p miqdorda achchiq moddalar (achchiq qalampir, murch, gorchisa) qo’shib
beriladi. Hayvonning ta’m bilish a’zolari ishlasa, ko’p miqdorda achchiq moddalar qo’shilgan
oziqadan oladi, bir - ikki marta chaynaydi va oziqani tili bilan tashqariga chiqarib tashlaydi.
Reflekslarni tekshirish.
Refleks organizmdagi reseptorlar, nerv tolalari, bosh miya va orqa
miya, muskullar va boshqa a’zolarning mudofiqlashgan holda ish baxarishi natijasida amalga
oshiriladi. Yuqoridagi a’zolarning birortasi o’z vazifasini bajarmasi, refleks yoyi yuzaga chiqmaydi.
Oddiy reflekslar orqali markaziy nerv sistemasi, periferik nerv muskul apparati, nerv tolalarining
o’tkazuvchanligi va har xil a’zolarning ish holatini aniqlash mumkin. Organizmda yuzaki va chuqur
reflekslar farqlanadi.
Yuzaki reflekslar. Bularga teridagi va shilliq pardalardagi reflekslar kiradi. Teri reflekslari
mexanik, termik va issiqlik ta’sirotlari natijasimda yuzaga keladi. Teri refleksiga yelka, qorin,
urug’don yon tomonidagi teriga biror yengil buyum tegizilsa, hayvon teri osti muskullarining
qisqari bilan; qorin devorlariga tegilganda qorin devori muskullarinin qisqari bilan; urug’don
xaltasi yonidagi teriga ta’sirot berganda urug’donning yuqoriga ko’tarilishi bilan, tuyoqqa urib
ko’rgshanda hayvon oyog’ini ko’tarishi bilan javob beradi.
Shilliq pardalar refleksiga kon’yunitiva, aksa, yo’tal reflekslari kiradi. Ko’z kon’yunitivasiga
qog’oz bo’lakchasi bilan ta’sirot berganda ko’zni yumishi bilan; burun shilliq pardasi qitiqlanganda
aksa urish yoki pishqirish bilan; kekirdakning 1-2 halqasini qisganda yo’tal bilan sog’lom hayvonlar
javob beradi.
Chuqur reflekslarga paylar, muskullar va suyaklarning reflekslari kiradi. Bulardan eng ko’p
tizza va axill reflekslari tekshirish paytida qo’llaniladi. Tizza refleksi tekshirilganda tizza pastidagi
uzun payga bolg’acha bilan urib ko’riladi. Sog’lom hayvonlar bunga oyog’ini ko’tarishi bilan javob
beradi.
Axill refleksini tekshirganda, bolg’acha bilan shu pay uriladi. Sog’lom hayvonlar bunga
javoban oyoq poshnasini ko’taradi. Kasalliklar paytida bu reflekslar kuchsizlanishi, kuchayishi
yoki umuman bo’lmasligi mumkin. Reflekslarning pasayishi yoki umuman bo’lmasligi
falajlanishlar paytida kuzatiladi. Markaziy harakatlanuvchi nevron jarohatlansa, reflekslar
kuchayadi. Chuqur reflekslarning pasayishi sezuvchi nervlarning jarohatlanganligidan; umuman
bo’lmasligi - periferik nervlarning jarohatlanganligidan; kuchayishi miya po’stlog’i sohasining
tormozlanish xususiyati pasayganligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |