Qishloq infratuzilmasida toza ichimlik suvi, gaz va transport ta’minoti ahamiyati.
Respublikada iste’mol qilinayotgan suv miqdorining 95% daryo va soylardan olinadi. Suvni iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida ko'plab kanal, zovur, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari qurilgan. Respublikada qishloq xo'jalik sug`orma dehqonchilikka asoslangan. Suv xo'jaligida umumiy suv sarfi soniyasiga 2500 m3 dan ortiq bo'lgan 75 yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd. m3 bo'lgan 53 suv va 25 sel omborlari, 32,4 ming km. xo'jaliklararo kanallar, 4889 nasos agregatlari o'rnatilgan, 1479 doimiy nasos stansiyalari, 10180 tik drenaj va suv chiqarish quduqlari, 30,4 ming km. xo'jaliklararo kollektorlar mavjud. Suv inshootlarini ekspluatatsiya qilish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan bog`liq barcha ishlarni Respublika Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va uning joylardagi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
O'zbekiston suv xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biri sifatida shakllandi va aholi hamda iqtisodiyotning suvga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirishga xizmat qiladi. Suv xo'jaligi tizimida melioratsiya qurilishini Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va "O'zsuvqurilish" davlat konserni olib boradi. Suv xo'jaligi qurilishi sohasida keyingi 25-30 yil davomida mavjud sug`oriladigan 4,2 mln. ga yerning qariyb 2,0 mln. gektari Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi va "O'zsuvqurilish" davlat
konsernining qurilish tashkilotlari tomonidan o'zlashtirildi. Sug`oriladigan yerlarning 3 mln. gektarga yaqini drenaj tarmoqlari bilan ta’minlangan, 2 mln. gektardan ortiqroq yer nasos stansiyalari yordamida sug`oriladi.
Melioratsiya va suv xo'jaligi tizimida bir qancha korporatsiya, ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy ishlab chiqarish, ilmiy tajriba korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. Korporatsiya va birlashmalarning har biri o'z tizimida o'nlab sanoat va qurilish industriyasiga ega. Sug`oriladigan dehqonchilikda mulkchilikning har xil turlari paydo bo'lishi, fermerchilikning taraqqiy etishi, suv tanqisligining kuchayishi va boshqa sabablar tufayli respublikada suvdan va unga bog`liq xizmatlar uchun pullik foydalanishga o'tish sohasida tegishli ishlar olib borilmoqda. Suvni tejash maqsadida kanallar o'zanida suv sizishini kamaytirish uchun qoplamalar yotqizilmoqda, tomchilatib va tuproq ustidan namlatib sug`orish usullari qo'llanilmoqda.
O'zbekiston Respublikasidagi suvga doir barcha munosabatlar O'zbekiston
Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g`risida"gi Qonuni (6 may,
1993y.) bilan tartibga solinadi. Irrigatsiya tizimi va suv resurslarini ko'p yillardan beri ma’muriy-hududiy prinsip asosida viloyatlar va tumanlar bo'yicha boshqarishga asoslangan amaldagi tizimi suv resurslarining cheklangani va unga bo'lgan talabning yildan-yilga ortib borayotganligi holida, iste’molchilarni ularning talabi asosida, o'z vaqtida mavjud suv resursi doirasida o'rnatilgan limit bo'yicha suv bilan kafolatli ta’minlashni, suvdan maqsadli va samarali foydalanishni, mablag`larning cheklangani holida, suv xo'jaligi tizimini o'z vaqtida ta’mirlash va ularni ishonchli va tezkor boshqarishni tashkil etishni, suvdan foydalanishda bozor munosabatlarini shakllantirishga va rivojlantirishga javob bermay qo'ydi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi "Suv resurslarini
boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to'g`risida"gi qarori bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib, mamlakatimizda irrigatsiya tizimlarini boshqarish ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o'tkazildi.
Respublikada suv resurslari boshqaruvi bilan shug`ullanuvchi mavjud 230dan ortiq suv xo'jalik tashkilotlar va xizmatlar negizida: 10ta irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari va birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo'lgan Farg`ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi tashkil etildi. Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida, shuningdek, 3ta magistral tizim boshqarmasi, 4ta magistral kanallar boshqarmasi, 52ta irrigatsiya tizimi boshqarmasi, birlashgan irrigatsiya markaziga ega bo'lgan Farg`ona vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasi tarkibida esa 3ta magistral kanal boshqarmalari tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan havza boshqarmalariga:
- suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish
asosida suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni tashkil etish;
- ilg`or texnologiyalarni joriy etish asosida suv xo'jaligida yagona texnika
siyosatini o'tkazish;
- iste’molchilarni suv bilan uzluksiz va o'z vaqtida ta’minlashni tashkil etish;
- irrigatsiya tizimlari va suv xo'jaligi inshootlarining texnik ishonchliligini
ta’minlash;
- havza hududida suv resurslarini oqilona boshqarish hamda uning tezkorligini oshirish;
- suv iste’molchilari bo'yicha suv resurslaridan foydalanishning aniq hisobi va hisobotini ta’minlash kabi muhim vazifalar yuklatildi.
Amalga oshirilgan islohot quyidagi imkoniyatlarni berdi:
- suv manbai bilan suvni bevosita iste’molchilari o'rtasidagi ortiqcha oraliq
bo'g`inlarni yo'qotdi;
- suvdan foydalanishni rejalashtirish va taqsimlashni hamda boshqarishni ilmiy asosda ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini berdi;
- suv manbai bo'yicha barcha iste’molchilarni ularning talabiga qarab
proporsional ta’minlash imkonini yaratdi, suv xo'jaligi tashkilotlari rahbar va
xodimlarining masuliyatini oshirdi;
- byudjet mablag`laridan maqsadli foydalanishni nazorat qilishni sonlashtirdi
va uning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoit yaratdi;
- suvdan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy qilish uchun puxta zamin
yaratdi.
Respublikamizda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Magistral kanallar (tizimlar) va Irrigatsiya tizimi boshqarmalari to'liq shakllandi. Hududiy Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmalari, Gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyalar, Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tasarrufiga o'tkazildi,
Suv xo'jaligida o'tkazilgan ushbu islohot natijasida:
- suvdan foydalanish rejalarini ishlab chiqish, suv olish va undan foydalanish
bo'yicha limitlarni o'rnatish, suv olish va undan foydalanish shartnomalarini tuzish, shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazish, suvning kundalik oldi berdisini, hisob-kitobi va hisobotini yuritish, suv resurslari balansini ishlab chiqishda tubdan o'zgarishlar ro'y berdi;
- Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining aloqador vazirlik va idoralar bilan
kelishilgan holda bergan takliflariga asosan O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining qarori bilan O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to'g`risida"gi qonuniga tegishli o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritildi. Vazirlik tomonidan aloqador vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda suvdan foydalanishda bozor prinsiplarini joriy qilish chora-tadbirlar dasturining loyihasi, cheklangan suvdan foydalanish tartibi, suvni iqtisod qilib maqsadli foydalangan holda suvdan foydalanuvchilarni rag`batlantirish tartibi to'g`risidagi Nizomlar loyihalari to'g`risida Vazirlar Mahkamasining qaror loyihalari tayyorlanib, ular belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda.
O'tkazilgan islohot natijasida suv olish va undan foydalanish tartiblari
takomillashib bormoqda. O'zbekistonning sug`oriladigan maydonlari asosan tuproq ustidan egatlar orqali, taxtalarga (marzalarga) bo'lib va cheklarga bo'linib bostirilib sug`orilmoqda. Bunday sug`orish usullari tuproq tuzilmasini buzilishiga, qatqaloq hosil bo'lishiga, suvning hisobdagi me’yoridan ko'p sarf bo'lishiga, tuproqni notekis namlanishiga,
suvni chuqur qatlamlarga shimilib ketishiga sabab bo'lmoqda va tuproqning
meliorativ holatini buzilishiga olib kelmoqda.
Yuqorida ko'rsatilgan sug`orish usullarining salbiy oqibatlarini tugatish uchun yangi sug`orish usullarini qo'llash talab qilinadi. Bunday sug`orish usullaridan biri egatlab sug`orishda egiluvchan ko'chma quvurlardan bosim ostida beruvchi PPA-165, PPA-300, PT-250, TAP-150, TPP-200 markali sug`orish mashinalaridan foydalanishdir. Ushbu quvurlar o'q ariqlar o'rniga ishlatiladi. Ulardagi har bir teshik qator orasining o'rtasiga to'g`rilanadi, teshiklarda bir xil diametrli maxsus klapanlar bo'lib ular yordamida egatga berilayotgan suvni rostlash mumkin. Sug`orish mashinalari yordamida egatlarga suv taralganda bir yo'la 2-3 gektardan 5-8 gektargacha maydonni sug`orish imkoniyatini beradi. Sug`orishda mehnat unumdorligi 2-3 barvar oshadi, suvning shimilishi esa oddiy usuldagiga nisbatan 8-10% kamayadi.
Yomg`irlatib sug`orish. Bu usulda suv maxsus qurilmalar va mashinalar
yordamida sun’iy yomg`ir tarzda o'simliklar ustidan purkab beriladi.
Yomg`irlatib sug`orishning afzalligi shundaki, bu usulda sug`orish jarayoni
to'liq mexanizatsiyalashadi, o'q ariqlar soni kamayadi, belgilangan suv me’yori aniq va bir tekisda sarflanadi, tuproq yuzasida mikroiqlim vujudga keladi, yomg`irlatib sug`orishda sizot suvlari ko'tarilmaydi, shu sababli tuproqda sho'rlanish va botqoqlanish sodir bo'lmaydi.
Yomg`irlatib sug`orish usulida egatlab sug`orishga nisbatan mehnat
unumdorligi 3-4 barobar oshadi va 15-20% suv tejaladi. Yomg`irlatish uchun
DDA-100M markali o'zi yurar agregat ishlatiladi. U bir vaqtda 120 m kenglikdagi maydonni sug`oradi. Sug`orish me’yori gektariga 700-800 m3 bo'ladi va bitta agregat bir sutka davomida 10-13 gektar ekin maydonini sug`ora oladi. Respublikamizda DKSH-64 "Voljanka", "Fregat" va boshqa markali keng qamraydigan yomg`irlatgich mashinalaridan ham foydalanish mumkin, ular suvni bir tekisda tuproqqa singish tezligida yomg`irlatadi.
Natijada gektariga 1000 m3 gacha suv berish va tuproqni 80-100 sm
chuqurlikda namiqtirish imkoniyati yaratiladi.
Tomchilatib sug`orish. Tomchilatib sug`orish usuli ekinlarga suv berishning eng ilg`or usullaridan biri bo'lib, bunda suv o'simliklarga to'g`ridan-to'g`ri maxsus jihozlar va qurilmalar yordamida tomchi tarzda yetkaziladi. Bu sug`orish usulining asosiy meliorativ afzalliklari shundaki, suv o'simliklarning ildizi tarqalgan faol qatlamida uzluksiz mo'’tadil namlik, havo, oziqa va tuz rejimlarini vujudga keltiradi.
Suvdan kecha-kunduz davomida foydalanish - bu suvning isrof bo'lishiga
qarshi ko'riladigan eng zaruriy tadbirlardan biridir. Barcha xo'jaliklarda biror ekin maydoni sug`orilayotganda unga kechayukunduz, uzluksiz suv berib turish kerak; suvni kollektor-zovur tarmoqlariga bekor tashlab qo'yish qat’iy man qilinadi. Buning uchun suvchilarning kunduzgi va tungi smenalarini belgilab qo'yish, ularni zarur inventarlar bilan ta’minlash, tunda sug`orish uchun maydonni o'z vaqtida tayyorlab qo'yish shart. Xo'jalikka keragidan
ortiqcha suv oqib kelayotgan bo'lsa, uni kamaytirish zarur.
Sug`orilmaydigan davrda kanallardagi suvni bekitib qo'yish bu suv
isrofgarchiligiga qarshi kurashda suv xo'jaligining muhim tadbirlaridan biri
hisoblanadi.
Xulosa.
Biz xulosa o’rnida shuni takidlab o’tishni joiz deb bildik. Men ushbu kurs ish orqali ishlab chiqarishni mamlakat va insonlar hayoti uchun qay darajada ahamiyati katta ekanligini anglab yetdim.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning asosiy masalamiz iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom ashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish, uning sifatini va raqobatga bardoshliligini jahon bozori talablari darajasiga yetkazibgina qolmay ularni istemolchiladga yetkazib berishdan iborat. Bunda tarkibiy o’zgarishlarda respublika uchun eng asosiy hisoblangan tarmoqlarni jumladan, yoqilg’i-energetika va g’alla komplekslarini rivojlantirishda iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash shuningdek, bu o’zgarishlar respublika iqtisodiyoti uchun ustuvor hisoblangan, boy tabiiy, mineral xom-ashyo, mehnat resurslariga asoslangan hamda istiqbolda xalqaro va davlatlararo mehnat taqsimotida, jahon bozorida O’zbekistonning mustahkam o’rin egallashini kafolatlovchi ishlab chiqarishlarni ildam sur’atlar bilan o’stirishga qaratilishi lozim. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg’ or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa, kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash, ichki bozorni to’ldirish uchun kerakli mahsulotni ishlab chiqaradigan kichik, ixcham texnologiyalarni konsepsiyasini va milliy dasturini ishlab chiqish zarurligi g’oyasi ilgari suriladi. Bunday dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirila boshlanishi - iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining ustivor vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |