Qisasi Rabgʻuziy” asarining oʻziga xos xususiyatlari


Tabiiyki, asar tilida mavjud boʻlgan soʻzlarning ayrimlari bugungi kitobxon uchun tushunarsiz



Download 23,73 Kb.
bet3/4
Sana05.04.2023
Hajmi23,73 Kb.
#925066
1   2   3   4
Bog'liq
Qisasi Rabguziy gujum.uz

Tabiiyki, asar tilida mavjud boʻlgan soʻzlarning ayrimlari bugungi kitobxon uchun tushunarsiz. Vaqt oʻtishi, turli ijtimoiy-siyosiy voqealarning sodir boʻlishi natijasida turkiydagi baʼzi soʻzlar oʻz umrini yashab boʻlgan va isteʼmoldan chiqib ketgan. Masalan: ud, uy-sigir; toʻra – qonun-qoida; uv – uy, joy kabi soʻzlar. Shu bilan bir qatorda hayot sinovlariga bardosh bergan va bugungi kunda ham tilimizda faol qoʻllanilayotgan juda koʻp soʻzlar Rabgʻuziy yozib qoldirgan bebaho durdonaning har bir satrida uchraydi. Masalan, tishi-xotin soʻzi respublikamizdagi baʼzi viloyatlarning shevasida hali ham ishlatiladi.
Tirguk-tirgavuch. Xorazm shevasida u tirgak deb hozir ham ishlatiladi. Rabgʻuziy qoʻllagan ushoq soʻzi kichik, mayda-chuyda degan maʼnoni anglatadi. Bu soʻz Xorazm shevasida bugungi kunda jussasi kichkina bolalarga nisbatan ham ishlatiladi. Har holda qadimiy ushbu soʻzlar bugungi kunda oʻz mohiyatidan uzoqlashmagan. Sizloq – soʻzi asarda tish ogʻrigʻi maʼnosida ishlatilgan. Bugungi kunda ham qattiq ogʻriqli yaraga sizloq, sizlovuq deyiladi. Asarda takya qilmoq yaʼni yostiqqa suyanmoq soʻzi mavjud. Xorazm shevasida taka soʻzi bugun ham yostiq maʼnosida ishlatiladi. Tangmoq-oʻramoq; navmid-umidsiz, noumid; iya-ega, sohib; xarbuz-tarvuz; chanoq-yogʻoch idish, tovoq; ogʻ-toʻr, tuzoq; daf(dap)-doira; sichak (secha) – chumchuk; ovuch-kaft, hovuch; kirpich – gʻisht; ashoq-past; avlo-yaxshiroq, afzalroq; kezik(gazik)-navbat; qoʻndogʻlab-yoʻrgaklab; yurtugʻ (yirtiq kiyim – kechak)-teshik; oʻkcha-tovon; amurd (almurd)-nok; buz-muz. Xorazm shevasida bu soʻzlar bugun ham aynan shu maʼnoda ishlatiladi.
Koʻkilamoq-rashk qilmok; yozilamoq-yozilmoq; bagʻirsoq-rahmdil, oq koʻngil; isurmoq-mast, kayf. Bu soʻzlar ham hozir koʻpgina shevalarda ishlatiladi Shuningdek, oʻz mazmun – mohiyatidan biroz uzoqlashgan soʻzlar ham mavjud. “Bodiya” soʻzi asarda-choʻl, dasht, sahro, biyobon maʼnosida ishlatilgan. Xorazmda palov yeydigan maxsus idishni bodiya deb yuritishadi. Asarda “arigʻ” soʻzi pokiza, sof maʼnosida ishlatilgan. Xorazmda bugun bu soʻz ozgʻin, nimjon maʼnosida ishlatiladi. Asarda “yobon” soʻzi choʻl biyobon maʼnosida ishlatilgan. Xorazmchada bugun u yovon deb ishlatiladi. Choʻl, biyobondan tashqari qishloq maʼnosini ham anglatadi.

Download 23,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish