Qisasi Rabgʻuziy” asarining oʻziga xos xususiyatlari


Biroq, ushbu asarning tili juda murakkab boʻlib



Download 23,73 Kb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi23,73 Kb.
#925066
1   2   3   4
Bog'liq
Qisasi Rabguziy gujum.uz

Biroq, ushbu asarning tili juda murakkab boʻlib, bugungi kitobxonning tushinishi juda qiyin. Shuning uchun ushbu kitobni qadimiy turkiy tildan bugungi zamonaviy oʻzbek tiliga oʻgirib, barcha kitobxonga tushinarli boʻlishiga intildik. Zero, oradan yetti asarlik davr oʻtgan. Turkiy adabiy tillar, turkiy tilda bunyod etilgan yozma manbalar shakllanish va rivojlanishning murakkab bosqichlarini bosib oʻtgan. Kitobni oʻqir ekanmiz, Nosiruddin Rabgʻuziy oʻz asarini ayni navroʻzi olam arafasida meʼyoriga yetkazgani ham tasodif boʻlmasa kerak, deb oʻylaymiz. Chunki, undagi insonlarni bir-birlariga jabr – zulm qilmay, nohaq qon toʻkmay, xarom – xarish ishlarga berilmay, sharm-hayoni eʼzozlab yashashga undovchi oʻgʻit va hikmatlari navroʻzi olam kabi bugungi kunda ham oʻz mohiyatini yoʻqotgan emas. Asarda eʼtiqod va iymonga sodiqlik, pok axloqning hirsu hasad, qonxoʻrlik, badnafslik ustidan gʻalabasi tasvirlanadi. Qadimiy turkiy soʻz sanʼatining goʻzal va gʻaroyib obidasida paygʻambarlar hayoti Sharqning donishmandligi ila goʻzal afsona va rivoyatlar orqali aks etgan.
Rabgʻuziyning kitobida taʼkidlanishicha, Odam Atodan Muhammad alayhis-salomgacha bir yuz yigirma toʻrt ming paygʻambar oʻtgan. Baʼzi paygʻambarlar bir davrda zamondosh boʻlib, yonma yon yashashgan. Masalan, Rabgʻuziy oʻz asarida Muso bilan Xizirni, Muso bilan Xorunni, Muso bilan Lutni, Dovud bilan Ishmuilni, Xizir bilan Ilyosni, Maxaharqiyo bilan Yunusni zamondosh deb tasvirlaydi. Masalan, Rabgʻuziy Ilyos paygʻambarning hayotini tasvirlaganida shunday suhbatni keltiradi:
Sen Jalil togʻida turgan Ilyosmisan?-soʻradi Armala. Bale, – javob qildi Ilyos. Men sen aytayotgan soʻz uchun uch yuz yetmish paygʻambarni oʻldirdim. Ularning yetakchisi sensan. Men seni oʻldi deb hisoblayman. Sen oʻz oyoqing bilan oʻlimga kelding.
Demak, Rabgʻuziy oʻz asarida taʼkidlashicha, Ilyos paygʻambar bilan zamondosh uch yuz yetmish paygʻambar boʻlgan. Rabgʻuziyning birinchi kitobida Odam Ato alayhis-salom, Shis alayhis-salom, Idris alayhis-salom, Nuh alayhis-salom, Hud alayhis-salom, Solih alayhis-salom, Ibrohim alayhis-salom, Ismoil alayhis-salom, Isʼhoq alayhis-salom, Lut alayhis-salom, Yoqub alayhis-salom, Yusuf alayhis-salom, Muso alayhis-salom kabi oʻn uch nafar paygʻambar hayoti va faoliyati haqida alohida hikoya qilinadi.
Ikkinchi kitobida esa Muso alayhis-salom, Xorun alayhis-salom, Dovud alayhis-salom, Ishmuil alayhis-salom, Sulaymon alayhis-salom, Maxaharqiyo alayhis-salom, Yunus alayhis-salom, Ilyos alayhis-salom, Jirjis alayhis-salom, Luqmoni raximahullohi, Uzayr alayhis-salom, Zakariyo alayhis-salom, Yahyo alayhis-salom, Iyso alayhis-salom, Zulqarnayn, Muhammad Rasululloh kabi oʻn yetti nafar yalovoch va tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, paygʻambarlarning zavjasi(xotini) yoki volidasi(onasi) boʻlgan avliyo, salohiyatli ayollarga ham lutfan alohida sahifalar bagʻishlagan. Odam Ato yonida Momo Havoni, Ibrohim paygʻambar bilan Sora raziyallohu anhuni, Ismoil paygʻambar bilan onasi Bibi Hojarni, Yusuf bilan Zulayhoni, Iysoning volidasi Bibi Maryamni, Muhammad Rasululloh yonida Xadicha raziyallohu anhu va Oyisha raziyallohu anhuni goʻzal tasbehlar bilan aks ettiradi.
Bu ikkala kitobda yigirma toʻqqiz nafar paygʻambar va tarixiy shaxslar haqida alohida qissalar mavjud boʻlib, ularning hayoti, faoliyati hadislar, sharqona rivoyatu hikmatlar orqali juda qiziqarli ifoda etilgan. Qurʼoni karimdan oyatlar keltirilishi asarning orginalligini oshirgan. Ikkinchi kitobning oʻzida yetti yuzga yaqin oyatu hadislardan misollar keltiriladi. Shuningdek, rivoyatlar va hikmatlar orqali farishtalar bilan parilarning, obidlar bilan zohidlarning farqi nimadaligi, Yaʼjuj bilan Maʼjuj haqidagi axborotlar asosli va gʻoyat goʻzal ifodasini topgan. Mis, simob, temir, oltin kabi kimyoviy elementlarning kashf etilishi, ishlatilishi ham ushbu soha egalarini, kimyogarlarni qiziqtirishi tabiiy. Kimyoviy elementlarning kitobdagi ifodasi ota-bobolarimiz azal-azaldan ilmu fanga juda qiziqqanligini oʻzida aks ettiradi.
Sharqda Iskandar Zulqarnayn deb tilga olingan shaxsning Aleksandr Makedonskiyga daxldorligi, Zulqarnayn nisbasiga oid talqinlar shunchalar xilma xilki, bu muammo yechimi dunyo olimlarini mudom oʻylantirib, bahslarga sabab boʻlib keladi. Chunki, uning tarixiy shaxs va adabiy obraz sifatidagi talqinlari baʼzan bir-biridan keskin farq qiladi, shuningdek, Zulqarnayn nisbasi haqida ham turli xil qarashlar mavjud. Zulqarnaynga oid ilk manba Qurʼoni Karim boʻlib, “Kahf” surasining 83: 98 oyatlarida u haqida qimmatli maʼlumotlar berilgan. Ushbu muborak manbada Iskandarning avval gʻarbga borib, bir qavmni toʻgʻri yoʻlga chaqirishi, keyin esa Sharqqa borib boshqa bir qavmni hidoyatga chorlashi taʼkidlanadi. Rabgʻuziy ham Zulqarnayn haqida Qurʼoni Karimga asoslanib yozganligi keltirilgan misollaridan koʻrinib turadi. Masalan: “Zulqarnayn Iskandariya nomli joydan boʻlgani uchun Iskandar deb ataldi. Zulqarnayn ham unga keyinchalik berilgan nom boʻlib, yer yuzining magʻribidan mashriqigacha bosib olib, boʻyinsundurgani uchun shunday ataldi. Qarn arab tilida muynuz(munguz, shox) demakdir. Ikki muynuzlik degan maʼnoni anglatadi. Zulqarnayn boshidagi kiyimi(dubulgʻasi)da oltindan ikkita shox bor edi. Mavlo Taolo unga paygʻambarlik yubordi. Urdilar shoxlari sindi. Yana aytishlaricha, u ikki qarnli boʻlib yashagan edi. Yana uning paygʻambarligiga ham ixtiloflar bor. Baʼzilar paygʻambar edi dedilar, baʼzilar Olloh yorliqagan malik edi dedilar.
”Kahf” surasidagi bu oyatni dalil qilib keltiradilar:”Darhaqiqat, Biz unga (Zurqarnaynga) bu Yerda saltanat-hukmronlik berdik va (koʻzlangan) barcha narsasiga yoʻl imkoniyat ato etdik”(18: 84)”.
Rabgʻuziy oʻzi yozgan soʻz boshida mengacha paygʻambarlar qissasi koʻp yozilgan ularndan oʻtib biror narsa deyishim qiyin deb maʼlumot beradi va kamtarligini ham namoyon etadi. Bitta shu jumlaning oʻzi ham ajdodlarimizning ilmga boʻlgan eʼtiborini anglatadi.
Rabgʻuziy Muhammad Rasululloh hayoti va faoliyatini goʻzal qahramonliklarning namunasi qilib koʻrsata olgan. Shuningdek, asarda Muhammad paygʻambar Hindistonga musulmonlikni qabul qilishlari uchun xat joʻnatgani taʼkidlanadi. Diplomatik aloqalarga ham oʻrin beradi.

Download 23,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish