Qirqim va kesimlar



Download 194 Kb.
bet3/3
Sana07.07.2022
Hajmi194 Kb.
#754413
1   2   3
Bog'liq
O’zDSt 2 305 97 “Qirqim va kesimlar” ko`rinishlar chiqarish va ustiga qo’yish kesimlari. Kesimda turli materiallarning grafikaviy belgilanishi

7-shakl. 8-shakl.
Pog`onali qirqimlar bir necha parallel kesuvchi tekisliklar yordamida kesib hosil qilinadi (8-shaklda, A-A). Siniq qirqim kesuvchi tekisliklarning o`zaro kesishuvidan hosil bo`ladi. Bunday qirqimni chizmada tasvirlash uchun kesuvchi tekisliklar bir tekislikka joylashguncha shartli ravishda buriladi (9-shakl, A-A qirqim).









9-shakl. 10-shakl.
Agar kesuvchi tekislik detalning uzunligi bo`yicha kesib o`tsa, bunday qirqimni bo`ylama qirqim (10-shakl), agar kesuvchi tekislik detalning uzunligiga perpendikulyar kesib o`tsa, ko`ndalang qirqim deb ataladi ( -shakl, A-A kirkim).
Ko`rinish bilan qirqimni ajratish chizigg`i sifatida siniq to`lqinsimon chiziqlardan yoki simmetriya o`qlaridan foydalaniladi. Kesuvchi tekisliklarning vaziyati uzuk chizqklar orqali ko`rsatiladi. Kesim chiziqlari tasvir konturini tashqarisidan o`tkazilishi lozim.
Qarash yo`nalishini ko`rsatuvchi strelkalar chiziqning chekka uchlaridan 23 mm tashlab qo`yiladi (11-shakl).



11-shakl.

Murakkab qirqimlar uchun qirqim tepasiga A-A ko`rinishdashi yozuv yoziladi. Harfli belgilar alfavit bo`yicha avval ko`rinishlarga, qirqimlarga, so`ngra kesimlarga qo`yiladi.


Agar kesuvchi tekislik predmetning simmetriya tekisligi orqali o`tsa, gorizontal, frontal hamda profil kirkimlar ustiga A-A, B-B kabi yozuv yozilmaydi.
Simmetrik shakldagi ko`rinishning yarmi qirqimining yarmi bilan qo`shib tasvirlansa, simmetriya o`qlaridan ularni ajratish chizig`i sifatida foydalaniladi (12-shakldagi A-A, B-B qirqimlar).



12-shakl.


4. Chiqarish elementlari.

Chetga chiqarilgan elementlar - buyum biror qismining shaklini, o`lchamlarini va shu elementga tegishli boshqa ma`lumotlarni tushuntirish uchun ko`pincha kattalashtirib alohida bajarilgan qo`shimcha tasviridir ( -shakl). Chetga chiqarilgan elementlar tegishli tasvirlarda ko`rsatilmagan ma`lumotlarga ega bo`lishi va mazmun jihatidan undan farq qilishi mumkin (masalan, tasvir - ko`rinish bo`lishi, chetga chiqarilgan element esa qirqim bo`lishi mumkin). Chiqarish elementlardan foydalanilganda ko`rinish, qirqim yoki kesimda buyumning tegishli joyi yopiq ingichka tutash chiziq (aylana yoki oval) bilan ajratib ko`rsatiladi. Chiqarish elementi harfli belgi bilan belgilanib, chiqarish chizig`ining tokchasiga qo`yiladi. Chetga chiqarilgan elementning harfli belgisi va kattalashtirish masshtabi ko`rsatiladi. Masalan: A(2:1).





13-shakl.


5. Kesimlar.
Kesim - perdmetning bitta yoki bir nechta tekislik bilan fikran kesib hosil qilingan ta`siri. Bevosita kesuvchi tekislikda nima hosil bo`lsa, kesimda ham shu narsa ko`rsatiladi.
Kesimlar ko`rinishdan chetga chiqarilib yoki bevosita ko`rinishning o`zida ko`rsatilgan bo`ladi. Bevosita ko`rinishning o`zida tasvirlangan kesim konturi sG`3 yugonlikda, chetga chikarilgan kesim konturi esa asosiy tutash chiziqlarda chiziladi. Normal kundalang kesimlar olish uchun kesuvchi tekislikni tanlab o`tkazish kerak.





14-shakl
Download 194 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish