Qurbaqa ko`ndalang-targ`il muskulida yuzaga keladigan shikastlanish
potesialini o`lchash. Shikastlanish potensialiga kaliy xloridning ta`siri
Ish uchun zarur vositalar: millivoltmetr, qutblanmaydigan elektrodlar o`rnatiladigan
shtativ,
agarli sifon, sovuq qonli hayvonlarga ishlatiladigan Ringer eritmasi,
fiziologik eritma, kaliy xloridning 1% li eritmasi, doka, ip,
preparat nabori,
qurbaqalar.
Qurbaqaning orqa oyog`idan boldir muskuli ajratib olinadi (boldir muskuli
preparatini tayyorlash metodi ilovada keltirilgan). Preparat o`lchov moslamasiga
shunday joylashtirilsinki, u eritma quyish uchun mo`ljallangan stakan (1)
ustida
vertikal holatda osilib tursin. Buning uchun muskulning distal qismidagi tog`ay
ligaturaga olinadi va shtativga o`rnatilgan sterjen (7) ga bog`lanadi
Muskul shikastlanish potensialini o`lchashga mo`ljallangan moslamaning sxemasi:1-eritma quyiladigan
stakan, 2-muskul, 3-dokadan tayyorlangan tasma, 4-agarli sifon, 5-kaliy xloridning to`yingan eritmalari
quyilgan stakanlar, 6-xlorlangan kumush elektrodlar, 7-sterjen, 8-ligatura.
Muskulni elektrodlardan biriga ulash maqsadida unga o`ralgan doka tasmaning
ikkinchi uchi elektrod tushirilgan kontakt eritmaga botiriladi. Muskulning ikkinchi
elektrod bilan bo`ladigan aloqasi agarli sifon vositasida amalga oshiriladi. So`ngra
muskulning proksimal tomonidan muskul uzunligining 1/5 ulushiga teng qismi
qirqib tashlanadi va stakan (1) ga quyib qo`yilgan
fiziologik eritmaga shunday
tushiriladiki, muskul uzunligining yarmi eritmaga botib tursin. Shu ishlar bajarilgach
o`lchash ishlari amalga oshiriladi.
Dastlabki 10 minut davomida muskulning shikastlanish potensiali uning fiziologik
eritmadagi holatida o`lchab olinadi. Bunday o`lchash ishlari har 5 minutda
takrorlanishi shart. So`ngra, stakan (1) dagi fiziologik eritma kaliy xloridning 1,1%
li eritmasiga almashtirilib, navbatdagi 20
minut davomida, shikastlanish
potensialining o`zgarishi qayd etiladi. Shunday qilib, har biri 5
minut davom
etadigan to`rtta o`lchashdan keyin o`lchash ishlari yana yangidan fiziologik eritmada
takrorlanadi. Bu xil o`lchash shikastlanish potensialining dastlabki kattaligi
tiklanmaguncha davom ettiriladi. Qo`lga kiritilgan ma`lumotlar koordinata
sistemasiga tushiriladi, ya`ni abtsissa o`qiga minutlarda ifodalangan vaqt, ordinata
o`qiga esa millivoltlarda ifodalangan shikastlanish potensiali kattaliklari tushiriladi.
Grafikda eritmalarning almashtirilish paytlari strelkalar vositasida ko`rsatiladi.
Eslatma.
1. Muskul va doka tasma qurib qolmasligi
uchun ular fiziologik
eritma bilan ho`llab turilishi shart. 2. Eritmalar almashtirilganda, muskul navbatdagi
eritma bilan chayilishi shart. 3. O`lchash ishlarini boshlashdan oldin, muskulning
qutblilik holati aniqlangan bo`lishi shart.
Ish bajarilib bo`lingach, grafik ma`lumotlari asosida, ish yuzasidan tegishli xulosalar
chiqariladi.